§ 9. O'QUVCHILAR IQTIDORINIANIQLASHDA METODLAR HAM DA




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/36
Sana02.02.2023
Hajmi3.57 Mb.
#40785
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)

§ 9. O'QUVCHILAR IQTIDORINIANIQLASHDA METODLAR HAM DA 
PSIXODIAGNOSTIK TESTLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Kadrlar tayyorlash tnilliy dasturi ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda 
ijtimoiy hayotda to’g'ri yo’I topa bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol 
vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodni 
shakllantirish, har tomonlama kamol topgan, jamiyat, davlat va oila oldida o'z 
javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik 
g’oyani ilgari suradi. Insonning ijtimoiylashganlik darajasini uning shaxsiy 
sifatlari ifodalaydi. Insonning shaxsiy sifatidagi xususiyatlari individuallik 
tarkibining ajralmas qismi bo'lib, individuallikning o'zi insonning alohida shaxs 
sifatida kamol topishi ijtimoiy taraqqiyot jarayonida namoyon bo'ladi.
O’quvchilarning iqtidorini rivojlantirishda ta’lim metodlari va pedagogik 
texnologiyalarni qo'llashning nazariy asoslarini tadqiqot maqsadiga muvofiq 
holda ishlab chiqish uchun biz "Ta'lim to’g'risida”gi Qonun hamda "Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”da belgilab berilgan o'quvchilarning saviyasini jahon 
talablari darajasiga ko'tarish, ularni faol ijodiy mehnatga tayyorlash hamda 
ularning iqtidorini aniqlab, ta'lim jarayonida ularni rivojlantirib borish 
mezonlariga amal qildik.
Ilmiy ishlarni olib borishda quyidagi tadqiqot metodlar foydalanish asosida 
shaxs haqida to'liq tasaw ur hosil qilishimiz mumkin bo’ladi.
9.1. 
Kuzatish metodi. Imperik metodlar turkumidan muhim o’rin 
egallagan diagnostik xususiyatli metodlardan biri - kuzatish metodidir. Kuzatish 
metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:
- voqelik (atrof-muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan 
qismlarga, yo'nalishlarga ajratish (nemischa < lotincha "kvantifikatsiyalash", 
ya’ni eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash);
- kuzatishning ko'lami (hajmi), xususiyati va o’ziga mosligini aniqlash, 
ya’ni uning nimalarga qaratilganini belgilab olish;


104
- kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, 
ko'rinishning o’ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni 
frantsuzcha - lotincha "fiksatsiyalash"];
- kuzatish 
davomida 
to'plangan 
omillar, 
Ma’lumotlar, natijalarni 
matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil 
yakunlari bo’yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish.
Psixologik kuzatish olib borishdan ko’zlangan maqsad quyidagilardan 
iborat:
- kuzatiluvchi vaziyat, holat va obyektni maqsadga muvofiq tanlash, uning 
oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;
- kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, 
sxematik ifodalashni yaratish, yig’ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.
Kuzatishning bosqichma-bosqichliligi tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari 
quyidagilardan tashkil topadi:
- kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy 
talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik 
holatlar], natijalarning tahlili, talqini va g’oyalarini ilgari surish.
Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: 
izchil, epizodli, dala sharoitli, labaratoriya-sunhiy, tabiiy, xronologiyali, davriy, 
bir martali kabilar.
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo'llash 
maqsadga muvofiq:
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo’lib, vazifalariga qarab 
ulaming har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish, 
kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish 
(o'smirlarda yuqori natija beradi), xulq - atvor portretini tahlil qilish va hakozo.
Kuzatish yakunlari bo'yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, 
etnopsixologik, hududiy xususiyatlami qathiy ravishda sharhlash, yosh davrlari.


105
jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish - psixologik bilimlarning 
boyishiga olib keladi.
9.2. Biograflya (tarjimai hol) metodi. 
Inson psixikasini - tadqiq qilish 
uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to'g’risidagi og'zaki va yoznia ina'lumotlar 
odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga 
ega.
Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to'plangan tarjimai holga aloqador 
materiallar: 
esdaliklar, 
xatlar, rasmlar, 
tavsiflar, 
magnitofon 
ovozlari, 
fotolavhalar, hujjatli 
filg'mlar, 
Videokamera 
tasviri, taqrizlar, 
tanbehlar 
ham 
o’rganilayotgan shaxsni 
to’laroq tasawur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol metodi inson psixikasining suhbat va tajriba rnetodlari 
vositasida o’rganib bo'lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur 
metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: shehriyat, musiqa, 
nafosat, tasviriy sanhat, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning 
mahnaviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, istehdod, salohiyat kabi fazilatlari 
kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos individual va 
ijtimoiy xususiyatlari taniqli shaxslar bildirgan mulohazalarda, asarlarda o’z 
ifodasini topadi.
9.3. 
Anketa metodi. 
Anketa odatda 3 xil bo'lib, birinchi xilida anglashilgan 
motivlami aniqlashga mo'ljallangan savollardan iborat bo’ladi, ikkinchi xilida 
esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan 
tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketaga sinaluvchiga havola 
qilinganda kamida to'rt-besh to’g’ri javoblar ballar yordamida baholanadi. 
Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari, 
qobiliyatlarini, 
o'ziga, 
tengdoshlariga 
katta-kichiklarga 
munosabatlarini 
aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter 
xislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yigfib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga 
muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson


106
psixikasining ayrim tomonlarini o'rganish uchun boy material to’plash imkonini 
beradi, lekin unda olinadigan muammolar doimo holisona xususiyatga ega 
bo’lavermaydi. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini 
bajaruvchi to'g'ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqish kerak.
9.4. Sotsiometriya metodi. 
Bu tadqiqot metodiga AQSHlik Djon Moreno 
asos solgan bo'lib, kichik (birlamchi) guruh a’zolari o’rtasida emotsional, hissiy 
munosabatlami bevosita o’rganish va darajasini o’lchashda qo'llaniladi. Mazkur 
metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o’zaro munosabatlarini 
aniqlash uchun uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so’raladi. Olingan 
ma'lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. 
Ulardagi 
miqdor 
ko'rsatkichlari 
guruhdagi 
odamlarning 
shaxslararo 
munosabatlari mazmuni yuzasidan ma'Ium bir xulosaga kelinadi. Biroq 
ma'lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko'rinishini aks ettiradi xolos. 
Natijalarga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o'ziga xosligi, psixologik 
mexanizmlari, barqarorligi, puxtaligi, o'zaro bir-birini taqozo etuvchanligi 
haqida xulosalar chiqariladi. SHu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga 
molik g'oyalar, qonuniyatlar ilgari suriladi, amaliy ko'rsatmalar beriladi, aniq 
tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to'g’risida mulohazalar 
yuritiladi.
9.5. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. 
Bu metod psixologiyada 
inson xotira tafakkuri, qobiliyati va hayolining xususiyatlarini aniqlash 
maqsadida keng qo’llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, 
modellar, to'qigan narsalar, tikkan qo’g'irchoqlar, to'qib, so'zlab berilgan 
hikoyalar, texnik konstruktsiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlil qilish 
orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy 
hayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to'plash mumkin. Mazkur metodda ijod 
mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi 
bilan tekshiruvchi o'rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi 
to'g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi


(o'qituychi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijüdiyotiga baho 
beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, origirialligi, hajmi, 
xususiyati bilan keskin tafovut qilishi nazarda tutiladi. îjodiy faoliyat 
mahsuliarini tahlil qiiish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlaming psixik 
xususiyatlari to’g'risida Ma’lumotlarto'plash mumkin.
Faoliyat mahsulotlarini o'rganish inson ruhiyatini o'rganish metodiari 
ichida o'ziga xos o’rinni tashkil etadi. Shuni tahkidlab o'tish joizki, inson 
ruhiyatini o'rganishda yuqorida bayou qilingan metodlardan tashqari yana 
ayrim qo'shimcha metodlardan ham foydalaniladi. Ehtirof etish joizki, 
qo'llanilayotgan har bir metodning o'ziga xos ijobiy, afcal tomonlari bilan 
birgalikda qiyin va saibiy tomonlari ham mavjud. SHu bois konkret shaxs 
ruhiyatini o'rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilan kifoyalanib qolish 
mumkin emas, Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, obyektivlik, 
tekshiruvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tomonlarga 
suyanish darkor.
9.6. 
Test m etodi. llmiy psixoiogik manbalarda qayd qilinishiga ko'ra, 
intellekt - lotincha so'zdan olingan bo'iib, u odatda aq!-;drok, anglash, 
tushunish, fahmlash degan mahnoni anglatadi.
înson intellektual taraqqiyotidagi tezkor kutilmaganlik hodisaiari nafaqat 
moddiy negiz xossalari bilan izohlanadi, balki idrok maydonining paydo bo’lishi, 
"sunhiy" tizinining vujudga kelishi, fazoviy aloqalar, biologik va psixologik 
imkoniyatlardan to’laroq foydalanish evaziga moddiy asosning ikkilanuvchi 
"tabiiy" va "sunhiy” manbalar bosh omil ekanligini tahkidlab o’tish maqsadga 
muvofiq.
Intellektual testlar mohiyatiga milliy va umumbashariy fazilatlar 
to’g’risidagi g’oyalarni singdirish yuqori natijalami beradi.
Qobiliyatîarni o'icnash muammosi XIX asming oxiri - XX asrning boshlariga 
kelib izchil liai qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Ayzenk va 
boshqalar tomonidan o'rganildi. Ular qobiiiyatlar va iqtidonii o'rganish uchun
107


108
maxsus testlardan foydalandilar va ular intellektni diagnostika qilishda asosan, 
test usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdilar. "Test” 
inglizcha so'z bo'lib, sinash tekshirish demakdir. Odatda shaxsning aqliy 
taraqqiyotí, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa psixik 
xususiyatlarini tekshirishda qo'lianiladigan qisqa standart topshiriq, misol, 
masala, jumboq, syujetli rasmlar test deb ataladi. Ijtimoiy amaliyotda test 
odamning qanday kasb-hunar egallashi mumkinligi, uning kasbga nisbatan 
yaroqliligi yoki Iayoqatsizligi, istehdodli shaxslar va aqli zaiflarni aniqlashda, 
muayyan hamkorlik faoliyatga insonlarni saralashda keng ko’lamda qo’llaniladi. 
Mazkur metodning qiymati shuki, uning yordamida tajribaning ilmiylik darajasi, 
tekshiruvchining 
mahorati, 
qiziqishi, 
to’plagan 
empirik 
psixoiogik 
ma'lumotlaming obyektivligi, statistik ishonchlilik ko'rsatkichi bir necha 
mezonlarga asoslanib tahlil qilinadi.
Shaxsning psixoiogik xususiyatlari serqirra bo’lganligi munosabati bilan 
ularning har qaysisini alohida-alohida aniqlash maqsadida turlicha testlardan 
foydalaniladi. Shaxsning eng muhim xususiyatlaridan biri intellektual 
darajasidir, ayniqsa, ularning standart va nostandart, umuminsoniy, maxsus 
ko’rinishlari izlanish maqsadidan kelib chiqqan holda amaliyotga tatbiq qilinadi.
Shaxsning intellektual darvjasini o'rganishdagi dastlabki urinishlar XX 
asrning 2-yarmida chet ellarda, ayniqsa, AQSH, Angliya, Fransiya kabi bir qator 
mamlakatlarda keng tarqalgan.
Test yaratilish tarixini tahlil qilsak, u holda unga ilmiy yondashishning 
timsoli sifatida angliyalik antropolog va psixolog Freensis Galg’ton (1822-1911) 
tadqiqotlarini ko’rsatib o'tish mumkin. Galg'ton o'zining laboratoriya sharoitida 
o'tkazgan tajribalarini birinchilardan bo’lib, "aqliy testlar” deb atagan. Muallif 
o’zining bir qator intellektual testlari yordamida yuksak elitaga mansub insonlar 
oilasi muhitidan kelib chiqib, aqliy taraqqiyot darajalarini aniqlashga harakat 
qildi.


109
Asrimizning boshlarida psixologiya fanining taraqqiy etishida laboratoriya 
sharoirida, maxsus moslamalar yordamida o'tkazilgan test mashg’ulotlari, 
sinovlari muhim ahamiyat kasb qildi. Mashhur psixolog Djeyms Kettel (1864- 
1944) tomonidan ishlab chiqilgan intellektual testlar mutaxassislaming 
tadqiqot ishlarida ommaviy ravishda qo’llanila boshlandi. Kettel 50 yildan ortiq 
intellekt va istehdodga oid testlar majmuasini ishlab chiqdi. Dj. Kettel ishlab 
chiqqan testlarning ahamiyati shundaki, ularning yordamida tanaga tahsir 
etuvchi qo’zg'atuvchilarning idrok qilinishi vaqtini refleks tezligi, reaktsiya 
muddatini, teriga tahsir o'tkazishda hosil bo'luvchi og'riq chegarasi, harflar 
qatorini esda saqlab qolish darajalarini aniqlash mumkin.
1895-1896- yillarda insonning aqliy qobiliyati darajasini o’lchash uchun 
turli tiplarga nisbatan ehtiyoj yanada ortib bordi. Frantsuz psixologi A. Bine va 
uning shogirdi T. Simon 1905 yilda insonning aqliy o’sishi va istehdodi 
darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg'a surganlar, shu tariqa 
psixologiyada intellektual testlar nazariyasi keng yoyildi.
Ana shundan so’ng, bu metod AQSHda keng ko'lamda qo’llanila boshlandi, 
ayniqsa, bu test yordamida abiturentlarni o’rta va oliy o’quv yurtlariga qabul 
qilishda, maktab o'quvchilarini saralashda, xarbiy xizmatga va havo flotiga 
kadrlarni, rahbarlik lavozimiga kishilarning loyiqligini aniqlashda foydalandilar.
A.Bine va T.Simon shkalasi o'z aavrining mashhur metodikalaridan bin edi. 
Ushbu metod 1908-1911- yillar davomida qayta ishlab chiqildi. 1908- yilda 
qayta ishlab chiqilgan ikkinchi shkala esa hamma yosh darajalari bo’yicha 
turkumga ajratib chiqildi. 1916- yilda Stenford universitetida L.M.Termen va 
uning hamkasabalari tomonidan tayyorlangan shkalaga ko'p o'zgarish va 
qo'shimchalar kiritildiki, oqibatda ularning o’zining yangi bir shkalasi vujudga 
keldi. Aynan shu variantda ular intellekt koeffitsenti tushunchasini kiritdilar. 
Stenford shkalasining so’nggi uchinchi tahriri esa bizda hozirgacha qo’llanib 
kelinmoqda. Bu testda yosh davr xususiyatiga binoan guruhlarga ajratilgan.


110
Stenford-Bine shkalasi qator testlardan iborat bo’lib, 2 yoshli boladan tortib 
to katta yoshdagi shaxslarning aqliy qobiliyatlarini o'lchashga mo'ljallangandir. 
Ushbu shkalaning ilmiy qiymati shundaki, unda sinaluvchilarning aqliy yoshini 
hamda intellektiial koeffitsentini aniqlash uchun keng imkoniyati mavjud. 
Mazkur shkalaga binoan, intellekt koeffitsenti 124 va undan ortiq ballga ega 
bo'lgan bolalar istehdod egalari deb hisoblanadilar. Stenford-Bine shkalasi ko'p 
yillar mobaynida intellektual qobiliyatlarni aniqlashning yagona usuli bo'lib 
xizmat qilib keldi, shuningdek, yangi intellektual testlarning validlik mezoni 
sifatida undan foydalanildi. Shu o’rinda LM.Termenning ham o’ziga xos o’rni 
bor, u asosan, bolalarning intellektual qobiliyatlarini o'rganish bilan 
shug'ullangan. Termen tomonidan tanlab olingan sinaluvchi bolalar ko'p 
hollarda juda erta paydo bo’lgan jismoniy va aqliy rivojlanishlari bilan o’z 
tengqurlaridan ajralib turadilar.
Jahon 
psixologiyasi 
fanida 
ijodiy 
istehdodni 
o’rganuvchi 
qator 
psixologlaming testlari mavjuddir. Ijodiy istehdodni o'rganuvchi testlar orasida 
P.Torrensning testi (1966) alohida ahamiyatga ega bo’lib, uning yordamida 
insonnig intellektual taraqqiyoti tadqiq qilinishi mumkin. Testning yana bir 
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning yordamida bolalardagi yashirinib 
yotgan ijodiy potensial va rezerviar aniqlanadi.
Yuqorida sanab o'tilgan bir qancha olimlar aql so'zidan ko’ra intellekt 
so’zini ko’proq ishlatib, bu so'zning o'ziga xos talqini borligiga e'tiborni 
qaratganlar. Chunki ularning fikricha, intellektual potentsialga ega bo'lgan 
shaxsnigina qobiliyatli deb atash mumkin. Intellektual potentsial esa bir 
tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan - shaxsga bevosita 
aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki, u borliqni va 
bo'ladigan hodisalarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Shu o'rinda 
"intellekt” so’zining lug’aviy mahnosini tushunib olaylik. Intellekt lotincha so’z 
intellectus - tushunish, bilish va intellectum - aql so’zlari negizidan paydo 
bo’lgan tushuncha bo’lib, u aql-idrokning shunday bo'lagiki, uni o’lchash.


111
o'zgartirish, rivojiantirish mumkin. Bu - intellekt va u bilan bog’liq qobiliyatlar 
ijtimoiy harakterga ega ekanligidan darak beradi.
Psixodiagnostik testlaming hammasi ham bizning ta’lim tizimimizga to’g’ri 
kelavermaydi. Shuning uchun ham ulam i yaxshi o'rganib chiqib bizga mos 
keladigan qilib ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Hozirda beriladigan metodlar 
kundalik 
faoliyatlarda 
foydalanish 
mumkin 
bo’lgan, 
milliy 
muhitga 
moslashtirilgan va bir necha marta amaliy sinovlardan o’tkazilgan metodikalar 
majmuasi tavsiya etiimoqda. Bunda psixologiya fanlari doktori, professori
B.R.Qodirovningxizmatlari katta.
Bugungi kunda aqliy qobiliyatiarning har xil yo'nalishlarini turli 
yoshlardagi shaxslarda aniqlashga qaratilgan ko'plab metodikalar ishlab 
chiqilganligi mahlum. Biroq shaxslarni saralash juda katta javobgarlik talab 
etadigan voqelik bo’lib, bu ishga yengil-elpi qarash yoshlarning taqdiriga, ruhiy 
holatlariga salbiy tahsir ko'rsatishi mumkin. Shu sababli tanlash, saralash 
ishlari, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, juda katta ilmiylikni 
talab etadi va maxsus tayyorgarlikdan o’tgan vrachlar, psixologlar tomonidan 
amalga oshiriladi. Ta’kidlash joizki, saralash metodikalari va testlar mukammal 
ishlangan bo’lishi va qator ilmiy talablarga javob berishi kerak. Azaldan 
ma'lumki, o’lchov asbobi qanchalik nozik va aniq bo’lsa, o’lchov natijasi ham 
shunchalik aqin, hayotga yaqin bo'ladi. Aqldek nodir xislatni o'lchash 
metodikalari tobora murakkablashib, chamalab bilishdan aniqlikka yaqinlashib 
bormoqda. Shu bilan birga aqliy zakovotni aniqlash bir zumda emas, uzoq vaqt 
davom etadigan va bir necha hayotiy va tadqiqiy bosqichlardan iborat o'ziga xos 
tanlov jarayoni bo'lib, uni o’ylangan, mukammal talablarga javob bera oladigan 
metodika va testlar yordamidagina amalga oshirish mumkin.
Yuqorida qayd etilgan metodlarni birgalikda qo'llab ish ko’rsak, shundagina 
shaxs haqida batafsil rna'lumotlarga ega bo'lib, ularning iqtidorini aniqlashga 
ilmiy jihatdan to'g'ri yondashgan bo’lamiz.


112
Iqtidorlilikka xos bo'lgan xususiyatlarni bilgan holda bir necha metodlarni 
o’rganib, tahlil qilib chiqib, "Q-saralash" metodini eng maqbul metodlardan biri 
sifatida ehtirof etdik. Bu metod psixologiya fanlari nomzodi A.I.Rasulov 
tomonidan qayta ishlangan bo’Iib, unda shaxsning individual, psixologik- 
emotsional, aqliy rivojlanishi, ijtimoiy pozitsiyasi va boshqa xususiyatlari 
o'rganiladi.
Metodikaga ko'ra, tekshirilayotgan shaxsga raqamlangan bir qancha 
kartochkalar va javob varaqasi taqdim etiladi. Har bir kartochkada shaxs haqida 
aniq fikr mavjud bo’Iib, sinaluvchi kartochkada keltirilgan tasdiqlarning o’z 
tabiatiga xos yoki xos emasligiga qarab, ularda bayon etilgan tasdiqlarni 
mahqullaydi yoki inkor etadi, ya’ni javob varaqasida keltirilgan tasdiqlar raqam 
yoniga "ha" yoki "yo’q" so’zini yozib qo'yadi.
Ushbu metodika asosida shaxs xususiyatlari ni o'rganish natijalari +1 va -1 
oralig'idagi qiymatiar orqali tahlil etiladi.
"Q-saralash" 
metodikasining 
maqsadi 
faqat 
shaxs 
xususiyatlarini 
aniqlashdan iborat bo’lmay, balki ta’lim-tarbiya jarayonida iqtidorlilikka xos 
bo'lgan xususiyatlarni rivojlantirish bilan uzviy bog’liq. Pedagog chora- 
tadbirlarni ko'rish uchun ta'lim-tarbiya jarayonining kechishi, shaxs 
sifatlarining rivojlanishi haqida o’z vaqtida atroflicha ma’lumotlarga ega bo'lishi 
kerak.
Bizning maqsadimiz iqtidorlilikka xos bo’lgan xususiyatlarni o’rganish va 
shakllantirishdan iborat Keyingi metod aqliy zakovat tashxisining sotsiometrik 
usullaridan biri "Iqtidorli o'quvchilarni aniqlash metodikasi".
Metodikaning asosiy g’oyasi psixologiya o’quv qo'llanmalarda keltirilgan 
Dj.Morenoning "sotsiometriya" metodikasidan olingan bo'lib, o'zbek inilliy 
muhitida, guruh o’quvchilari orasidan eng zukkolarini, ayrim fanlarga 
moyilliklarini so’rab bilish maqsadida, to'la qayta ishlangan. Umumiy aqliy 
rivojlanganlikni, intellektual salohiyati bilan ajralib turgan yoshlarni aniqlashga 
qaratilgan ushbu sotsiometrik metodika o'rta maxsus ta’lim muassasalari


113
o’quvchilari 
guruhida o’tkazishga 
mo'ljallangan. 
Metodikaning yutuqli 
tomonlaridan biri shundaki, uní o'quvchilarda o'tkazishdan oldin maxsus javob 
varaqalarini ko’paytirish talab etilmaydi va oddiy bir varaq qog'ozda anonim 
tarzda o'tkaziladi.
Metodikani o'tkazish ketma-ketligi.
Maqsad: Iqtidorli o'quvchilarni aniqlash.
Ishning bosqichlari:
1-bosqich. Ishning maqsadi tushuntiriladi.
2-bosqich. Olingan natijalartahlil qilinadi.
Tahlil natijalari bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Dastlab, birinchi savolga beriigan javoblar alohida ishlanadi, ya’ni birinchi 
savolga guruh bo'yicha qayd qilingan barcha familiyalar alohida jadvalga 
(matritsaga) ko'chiriladi. Agar bir familiya har xil o’quvchilar tomonidan qayta- 
qayta ro'yxatga olingan bo’lsa, ikkinchi martadan boshlab, o'sha familiya 
qarshisida navbatdagi javob varaqasidagi uning tartib raqami qo’yiladi. Buni 
quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin.
1-jadval
Iqtidorli o'quvchilar_________ _____ _____ _____
TYr Ismi va familiyasi
Ko’rsatkichlar
"N"
"M”
"K"
1.
Po’Iatova Barrio
1,1,2,1,1,1,1,1,1,1
10
11
1,1
2.
Kasimova Dilnoza
2,1,2,3,1,1,1
7
11
1,4
3.
Yunusova Nargiza
1,1,2,3,1,2,1
7
11
1,4
4.
Tadjieva Sayyora
2,1,1,3,1,1
6
9
1,6
Xuddi shu tartibda boshqa savollarga beriigan javoblar maxsus varaqalarga, 
matritsalarga ko'chiriladi. Shunday qilib, yetti savolga beriigan javoblardan 
yettita birlamchi matritsalar tuziladi. Shu bilan birinchi bosqich tugaydi.
2-bosqich ma'lumki, matritsalarda guruhdan ko'pchilikning nazari tushgan 
faol o’quvchilar ro'yxati va ular oigan ovozlar miqdori ko’rinib turibdi. Endi bu 
ovozlarga tartib bilan ishlov bersak, biz ístagan ma'lumotlarni olamiz. Yuqorida, 
1-jadvalda keltirilgan ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonida, uning davomida 
quyidagi amallar bajariladi: jadvalda keltirilgan har bir o’quvchilarning oigan


114
ovozlarini sanab chiqamiz va bu son "N" ni, ya'ni mazkur o’quvchining guruh 
o'quvchilari tomonidan tilga olinish sonini tashkil etadi.
So'ng o’quvchi oigan ovozlarning tartib o’rinlari jamg'ariladi. Yig'indi "M” 
ko’rsatkichini beradi. Bu ko'rsatkich yaxlit holda biron bir mazmunga ega emas, 
bu to'plagan ballarni ko'rsatadi, xolos. Endi “M” ko'rsatkichining "N” 
ko'rsatkichiga nisbatidan *K" ko'rsatkichini topamiz. Ya'ni "M" ni “N" ga 
bo'lamiz. Shunda bo'linma "K" mazmunga ega bo'ladi. Ravshanki, bu ko’rsatkich 
qanchalik 1 ga yaqin bo'lsa, ya’ni kichik bo’lsa, demak bu o’quvchi yuqori 
darajada tan olinganligiga yakdillik bilan ovoz berilgan, degan xulosani beradi. 
Aksincha, *K" natija 3ga yaqin bo'lsa, unda shu familiyali bola mavqeiga nisbatan 
guruh barqaror fíkrda emas va demak, unga nisbatan ishonarli fikrning 
yo’qligidan darak beradi.
Shu tarzda har bir jadvaldagi ahamiyatga sazovor o'quvchilarning 
ma’lumotlariga ishlov beriladi, ya’ni N,M,K ko’rsatkichlari chiqariladi.
Shunday qilib, yettita birlamchi jadvalga ma'lum tartib bilan barcha 
o’quvchilardan olingan ma'lumotlarni kiritdik va har bir matritsaning oxirida 
N,M,K ko’rsatkichlarni chiqarib ularning orasidan 50 va undan ortiq foiz ovoz 
oigan o’quvchilarning "N” ko’rsatkichlarini belgilab qo’ydik. Shu bilan ikkinchi 
bosqich ishlovlari tugaydi.
3-bosqich, buning uchun yana bitta jadval tuziladi. Ushbu jadvalga yettita 
jadvalning har birida iqtidorli deb tan olingan, ya’ni faqat 50 va undan ortiq foiz 
oigan o'quvchilarning N,M,K ko’rsatkichlari ko'chiriladi.
2-jadval
F.I.
A
B
V
G
D
E
I
Jam i
N M
K
N
M
K
N
M
K
N
M
K
N
M
K
N
M
K
N
M
K
N
M
K
P.B
10 11 1,1 10 11 1,1
D.K
7
11 1,4
7
11 1,4
Y.N
7
11
1,4
7
11 1.4
T.S
6
9 1.1
6
9 1,6


U S
Endi bu jadvalda faqat uch va undan ortiq matritsada 50 va undan ortiq foiz 
ovoz oigan o’quvchilar belgilanadi, xolos. Agar bunday o'quvchi bor bo'lsa, 
iqtidorli deb atalishi murnkin. O’quvchini quyidagi mezonlar asosida sinf yulduzi 
sifatida tan olish mumkin: 1) uch va undan ortiq matritsada guruh zukkosi 
sifatida qayd etilgan bo'lishi kerak; 2) sakkizinchi matritsaning oxirgi ustunida 
umumlashtirilgan N ko'rsatkichi yuqoriligi bilan oddiy zukkolamikidan, albatta, 
ajralib turishi kerak. O'quvchilarga beriladigan savollar: 1 - savolda aniq 
fanlarga; 2 - savolda tabiiy fanlarga; 3 - savolda gumanitar fanlarga; 4 - savolda 
badiiy did sohasiga; 5 - savolda ijtimoiy sohaga; 6 - savolda tillarga; 7 - savolda 
boshqaruv sohasi, pedagogikaga bo'lgan layoqati so'raladi.
iqtidorli o'quvchilarni aniqlash metodikasi bo’yicha juda ko'plab, 
psixodiagnostika vositalari mavjud. Ulardan yana birini ko'rishimiz mumkin.
Guruh a’zolari o'rtasida har tomonlama yetuk, aqlli, o'tkir zehnli, faol va 
ko’pchilikning hurmatini qozongan 10 nafar o’quvchining ism-familiyalarini 
yozishlari so’raladi.
So’ngra o’quvchilar orasidan eng mehnatsevar, tirishqoq, intiluvchan, o’z 
ustida tinmay ishlaydigan, faol 3 nafar o’quvchini tanlaydilar va A ustuniga 
tegishli ism-shariflarning qarshisiga "+" belgisini qo'yadilar. Ya’ni A ustuniga 
jami bo'Iib 3 ta "+" belgisi qo’yilishi kerak.
So'ng В ustunida ham ro'yhatdagi 10 nafar o'quvchilar orasidan 3 nafarini 
ajratish kerak bo’ladi. Bunda o’quvchilardan ijodkor, har qanday sohadagi 
muammoni qiynalmasdan, yengil hal eta oladigan, hozirjavob, o’tkir zehnli 
bo’lgan 3 o’quvchini belgilashlari so’raladi. Shu o’rinda o’quvchilaming 
diqqatiga havola etilishi zarur bo’lgan holat shundan iboratki, ular A ustunida 
belgilagan o'quvchilarni keyingi ustunlarda takroran belgilashlari yoki istagan 
boshqa o'quvchilarni tanlashlari mumkin. Biroq har bir ustunda tanlab 
belgilanayotgan 3 nafar o'quvchining fazilatlari shu ustunda so’ralayotgan 
mazmunga javob berishi kerak, xolos.


116
Uchinchi, V ustunida yana o'sha ro'yhatdagi o'quvchilar orasidan, 
qiziquvchanligi, tashkilotchiligi, o’z aql-farosati bilan boshqalarni o'ziga 
ergashtira oladigan, ularga o’z tahsirini o’tkaza oladigan, faolligi bilan ajralib 
turadigan 3 kishining ism-shariflari qarshisiga "+" belgisini qo'yish so'raladi.
Shunday qilib, A,B,V ustunlarining har biriga 3 martadan jami 9 ta "+” 
belgisi qo'yiladi va shu bilan guruh o'z vazifasini bajarib bo’lgan hisoblanadi. 
Shundan so'ng javob varaqalari tezda terib olinadi.
Olingan ma'lumotlarning tahlili va ularni qayta ishlash.
Ma’lumotlarni olish jarayonini mazmunan tahlil etgan holda Ta'kidlash 
mumkinki, "A" ustunidagi ma'lumotlar o’quvchining irodaviy xislatlarini, 
qiyinchiliklardan qo'rqmasligini, sabr-bardoshligini aniqlashga qaratilgan. Har 
qanday istehdodning zamirida yotuvchi bu muhim ko’rsatkichni mehnatsevarlik 
omili deb atashimiz mumkin.
"B” ustuni o'quvchilaming aqliy imkoniyat saviyalarini aniqlashga 
qaratilgan. Shubhasiz, fikrlashda, fahm-farosatda, hozirjavoblikda sezilarli 
darajadagi afcalliklarga ega bo'lmagan kishida aqliy istehdod to’g’risida so’z 
yuritish mumkin emas. Shu sababli, shartli ravishda B ustunini zukkolik omili 
deb nomlash mumkin.
"V" ustuni esa o’quvchilaming ijtimoiy yetukligi, har qanday guruhga, 
jamiyatga bosh bo’lish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan. Shu sababli, "ilg’orlik" 
tushunchasini to’liq aks ettirish maqsadida tashkilotchilik, qiziquvchanlik omili 
kiritilgan bo’lib, V ustunida o’z ifodasini topgan.
Ko'rinib turganidek, har uchala ko’rsatkich ham iqtidorlilikning muhim 
hayotiy qirralarini o’zida mujassam etadi va ularning bir insonda jamlanishi 
juda katta salohiyat, aqliy va ijtimoiy yetuklikdan darak beradi.
Yuqoridagi mulohazalarga tayangan holda olingan ma'lumotlarni qayta 
ishlashning quyidagi usuli tavsiya etiladi.
Dastlab, har bir o’quvchining javob varaqasidagi ma'Iumotlari alohida 
ishlanib, keyin olingan natijalarni umumlashtiruvchi jadvalga ko’chirib chiqish


117
maqsadga muvofiqdir. Bu quyidagi tartibda amaJga oshiriladi. Javob 
varaqasidagi "+" belgilari soni satrlar bo’ylab gorizontal yo'nalishda sanab 
chiqiladi. Ravshanki, javob varaqasida keltirilgan 10 nafar o'quvchining 
qarshisidagi "+” belgilari soni 0 dan 3 gacha bo'lishi mumkin. Agar biror 
o'quvchi uchala ustunda ham tanlagan bo'lsa, unga 3 ball qiymat beriladi. Agar 
o’quvchi ism-sharifining qarshisigi 2 ta "+" belgisi qo'yilgan bo'lsa, bu talabaga 2 
ball beriladi va agar uchta ustundan faqat bittasida "+" belgisi mavjud bo’lsa, bu 
o'quvchi 1 balga ega bo'ladi. A,B,V ustunlarining birortasida ham belgilanmagan 
o'quvchilarga ball qo'yilmaydi va umumlashtiruvchi jadvalga ularrting ism- 
shariflari ko'chirilmaydi.
Demak, har bir o’quvchi topshirgan javob varaqalarida faqat 1,2 yoki 3 
ballga ega bo’lgan shariflargina maxsus umumlashtiruvchi jadvalga ko'chiriladi. 
Bunda matritsa tuziladi, unga javob varaqalaridagi ball olgan o’quvchilarning 
shariflari tegishli ballari bilan navbatma-navbat ko’chirilaveraai. Agar biron bir 
o’quvchining sharifi jadvalda aw al qayd qilingan bo'lsa, sharifi yana qaytadan 
yozilmay, awal yozilgan sharifi qarshisida uning javob varaqasidagi bali 
qo'yiladi. Shunday qilib, barcha javoblar matritsaga ko'chirilgach, matritsada 
eng ko’p ovoz olgan o’quvchilarni bevosita ballarining ko'p-kamligidan bilsa 
bo’ladi. Bu yerda N ko'rsatkichi - ovozlar soni, M esa - ularning yig'indisi. Ushbu 
ma'lumotlardan foydalanib, tadqiqot natijalarini qayta ishlashning quyidagi (3 - 
jadval) usulini bajarish mumkin.
Tadqiqotda, masalan 15 kishi [ n=15) ishtirok etayotgan bo’lsa, bir 
o’quvchiga ko'pi bilan 15 kishi ovoz bergan bo’lishi mumkin. Ravshanki, agar 3 
baldan baholanganda, u yoki bu o'quvchining ballar yig’indisi (M) ko’pi bilan 45 
ga teng bo’lishi mumkin (3-15=45). Biroq real holda M 45 dan 
(3-n dan) 
kichikdir. Yig'indi M ning foizi kamaygan sari tilga olingan o'quvchining 
“reytingi" tushib boradi. Xullas, miqdorning foizlardagi qiymati - K ko'rsatkichi


118
М 
Я it
хо» % ;
formula orqali tasavvur
jiuia muhim o’lchov birligi bo’lib, uni 
qilish va hisoblab topish mumkin.
Bu yerda M - o’quvchilarga berilgan barcha ballarning (+) jamlanmasi, n - 
tadqiqot o'tkazilayotgan paytda unda ishtirok etayotgan guruh a’zolarining jami 
soni. Olinadigan natijalarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida n jami guruh 
a’zolarining 75-80 foizidan kam bo’lmasligi kerak. n ning 3 ga ko’paytmasi esa 
har bir o'quvchi olishi mumkin bo'lgan maksimal ovozlar sonini aks ettiradi.
К ko’rsatkichi kamida 50 foizga teng bo’lgan o’quvchilar alohida diqqatga 
sazovordirlar.
3 - jadval
t/r
Guruhning eng ilg'or 
o'quvchilari
Mehnatsevarlik
Zukkolik
Tashkilotchilik
1
Po’latova Bamo
+
+
2
Qosimova Dilnoza
+
+
3
Yunusova Nargiza
+
4
Tojieva Sayyora
+
+
Olingan natijani qayta ishlash
4 - jadval
T/r
Ismi va 
familiyasi
Bailar
N
M
K= 
• 100  
3 n
1.
Po'latova B.
3, 2, 3, 3, 1, 2, 2, 3,1, 2, 2, 2,1, 2, 3, 2, 
3, 3, 3, 2, 2,1, 2, 2, 2
26
54
69,23 %
2.
Qosimova D. 3,2,1,2,3,2,
2,
3,2,2,1,2,1,3,2,2,1,2,2,2
20 40
51,28 %
3.
Yunusova N. 3,2,2,1,1,3,2,2,3,2,2,3,2,2,3,2,3,3,2,2
20 45
57,69 %
4.
Tojieva S.
2,2,3,3,1,2,2,3,1,2,2,2,1,2,3,2,3,3,3,2,1
21 45
57,69 %
Umuman olganda, yuqoridagi barcha metodikalar iqtidorli va ijodkor 
yoshlarni aniqlashga qaratilgandir.


119
Download 3.57 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 9. O'QUVCHILAR IQTIDORINIANIQLASHDA METODLAR HAM DA

Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish