§ 10. MEHNAT VA TEXNIKA TURLARI BO'YICHA SINFDAN VA MAKTABDAN




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/36
Sana02.02.2023
Hajmi3.57 Mb.
#40785
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)

§ 10. MEHNAT VA TEXNIKA TURLARI BO'YICHA SINFDAN VA MAKTABDAN 
TASHQARI OLIB BOR1LADIGAN TASHKILIYISHLAR 
10.1. 
Mehnat ta’limiga asoslangan darsdan tashqari mashg’ulotlar.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida darsdan tashqari mashg’ulotlarning barcha 
shakllarini shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin.
Birinchi 
guruhga 
to’garaklar 
kiradi. 
To’garak 
darsdan 
tashqari 
mashg'ulotlarni tashkil qilishning keng tarqalgan va chuqurtadqiq etilgan shakli 
hisoblanib, ixtisoslashuvidan qathiy nazar ularning ko'plab umumiy tomonlari 
mavjud. Shuning uchun turli tipdagi to’garaklarning rahbarlari boshqa 
ixtisosdagi to'garaklar ishidagi kasbga yo’naltirishga oid ilg'or tajribalarni 
chuqur o'rganib, eng yaxshi tomonlarini o’z ishida qo'llashlari yuqori natijalarga 
erishish imkonini beradi. Albatta, to'garak ishini kasb tanlashga yo'llash asosida 
olib borish o'ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, uning metod va shakllarini 
belgilashga ma’lum darajada tahsir ko’rsatadi.
Maktablarning ish tajribasida turli-tuman to’garaklar uchraydi. O’quv 
predmetlari bilan bog'liqük 
to’garaklarni uch guruhga: predmetga doir, 
predmetlararo va predmetdan tashqari to’garaklarga ajratish mumkin.
Predmetga doir to’garaklar deb, bevosita mehnat tarbiyasi bilan bog’liq 
bo’lgan to’garaklarga aytiladi. O’z mazmuniga ko’ra bu to’garaklar mehnat 
darsida o'quvchilar bajargan ishning davomi bo’lib, bunda o’quvchilarning 
faoliyati yanada murakkabroq, kengroq yo'lga qo’yiladi. Predmetga doir 
to’garaklar jumlasiga duradgorlik, chilangarlik, tokarlik to'garaklari, aralash 
to'garaklar (yog'ochga va metallga ishlov berish to'garaklari, qo’lda va 
dastgohlarda amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajarishga oid to’garaklar) 
kiradi.
Predmetga doir to’garaklar, darsdan tashqari mashg’ulotlar hozircha 
kasbga yo'naltirish ishida tegishli o'rinni egallaganicha yo’q. Amalga oshirilgan 
lcuzatishlar hamda tajriba-sinov ishlarimiz natijasida aniq bo’ldiki, bu turdagi


IZO
to'garak rahbarlari odatda fanlararo aloqadorlik hamda egallangan nazariy 
bilimlarning amaldagi tatbig’i doirasi bilan o’quvchilarni tanishtirishga 
yetarlicha e’tibor bermaydilar. Natijada, predmetga doir to’garaklar tashkil 
qilingandan so'ng bir ikki oy o’tgach o’z ishini to’xtatadi, chunki o'quvchilarning 
mashg'ulotlarga bo'lgan qiziqishi yo'qoladi. Bu muammoni hal qilishning eng 
maqbul yechimi, bizning fikrimizga ko’ra, fanlarga oíd har bir tushunchaning 
amaliy tatbig'iga ko'proq e'tibor qaratísh, ularni amalda namoyish qilish, 
mashg’ulotlarda amaliy yo’naltirilganlikka e’tibor qaratish orqali erishiladi. Bu 
vazifalar hal etilganida ijodiy izlanishga chanqoq, o’z kuchlarini sinab ko'rishni 
istagan o'quvchilar o’z imkoniyatlarini ishga solishi uchun sharoit yaratilad i.
Predmetlararo to'garaklar ichida fizik-texnik to'garaklar eng keng tarqalgan 
mashg'ulot turi hisoblanadi. Bu turdagi to'garaklarda o'quvchilarni kasbga 
yo’naltirish ishlarining mazmuni to'garakning nomidan kelib chiqadi. Bunda 
o'quvchilar fizika kursida o’rganiladigan muayyan qonuniyatlarning amaldagi 
tatbig'i bilan tanishadilar, bu esa ularning turli kasblarda qo'llanilish asoslarini 
ham bilib olishga imkon yaratadi. Shuningdek, o'quvchilar modelg' 
konstruktsiyasi, uning detallarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqar 
ekanlar, texnologik bilim va uquvlarni o’zlashtiradilar, modelg’ detallarini 
yasaganda esa ularning amaliy ko’nikmalari takomillashadi.
Predmetdan tashqari to’garaklar hozirgi vaqtda darsdan tashqari 
mashg’ulot sifatida keng tarqalgan. O’quvchilar faoliyatining mazmuniga ko’ra 
bu to'garaklar turli turnan bo’lishi mumkin. Mazkur holda gap shunday 
predmetdan tashqari to’garaklar haqidagina boradiki, ularning ishlari uchun 
maktab ustaxonalaridan moddiy baza sifatida foydalaniladi yoki o'quvchilar 
faoliyati mehnat darslarida olingan bilim va malakalarga tayanadi.
Hozirgi kunda maktablar va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatida 
o’quvchilar texnik ijodkorligi to’garaklarining quyidagi tipian vujudga kelgan:
Tayyorlov texnika to’garaklari (kichik maktab yoshidagi o’quvchilar 
uchun). Ularda o'quvchilar jonli va oson shaklda texnika elementlari hamda eng


121
oddiy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar, qog’oz, plastmassa, metall va 
boshqa materiallarga ishlov berish bo'yicha oigan boshlang’ich ko’nikmalarini 
rivojlantiradilar. O'quvchilar texnik o'yinchoqlar, mashina va mexanizmlarning 
sodda modellarini, eng oddiy avtomatik qurilmalar, o’quv ko’rsatmali 
qo'llanmalar, 
maktab 
hamda 
uy-ro’zg’or 
buyumlari 
va 
hokazolarni 
tayyorlaydilar. Bu tipdagi to’garaklar faoliyatida yasalgan o’yinchoqlar va 
modellar bilan o’yinlar hamda musobaqalar o’tkazish muhim o’rin tutadi. 
Tajriba-sinov ishlari natijalariga ko'ra aytish mumkinki, tayyorlov texnika 
to'garaklaridagi mashg’ulotlar keyinchalik 
maktab yoshidagi o'quvchilarni 
kasbga yo'naltirish ishida barcha shakldagi mashg’ulotlar uchun propedevtik 
vazifani o’taydi.
Fan-texnika (fizika, fizika-texnika, ximiya, ximiya-texnologiya, agroximiya
astronomiya va boshqa] to'garaklar o’quvchilarning maktab o'quv rejasidagi 
turli fanlar bo'yicha oigan bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko'nikmalarini 
mustahkamlash, ta'lim kabinetlarini jihozlash uchun asbob-uskunalar yaratish 
va shu asosda o'quvchilarni kasbga yo’naltirish maqsadlarida tashkil qilinadi.
Sport-texnika to'garaklari maktablar va maktabdan tashqari muassasalarda 
faoliyat yuritadi. Bular aviamodelg', raketa-kosmik modellashtirish, avtomobilg’ 
modelchilari, kema modelchilari, kartingchilar, ternir yo’l modelchiligi, 
radioboshqarish, suv-motor va boshqa to’garaklardan iboratdir.
Mazkur to'garaklarda o’quvchilar modellarni va ishlaydigan texnikani 
konstruktsiyalash va tayyorlash bilan shug'ullanadilar, keyin esa ana shu 
modellar bilan sportning texnik turlari bo'yicha modelchi-sportchilaming 
musobaqalarida qatnashadilar.
O’quvchilar sport-texnika to'garaklarida tegishli texnika tarmog’ining tarixi, 
uning xalq xo'jaligida va mamlakatimiz mudofaasida qo'llanishi bilan, 
samolyotlar, avtomobillar, kemalar, radio apparatlari va boshqa texnikalar 
bo'yicha konstruktorlar texnik tafakkurining xususiyatlari bilan tanishadilar.


122
O'quvchilar bu to’garaklarda ishlar ekanlar, materiallarga ishlov berishga va 
ularning xossalariga bevosita aloqador ho'lmagan, lekin buyumlarni tayyoriash 
jarayoni 
o'quvchilar 
texnik 
mehnat 
darslanda 
cgallagan 
mehnat 
operatsiyalariga ko’p jihatdan tayanadigan ko’plab yangi bilim hamda uquvlami 
o'zlashtirib olishadi. To'garaklarning bu guruhiga o'quvchilar ular uchun yangi 
bo'lgan mehnat faoliyati turlari bilan tanishtiradigan, ijtimoiy jihatdan foydali, 
ular uchun qiziqarli to’garaklami ham kiritish mumkin. Masalan, keyingi 
yillarda zarb qilish, muqovachilik, zargarlik to’garaklari va boshqa to'garaklar 
kengtarqaldi.
Ishlab chiqarish-texnika to'garaklari maktablardagi va maktablararo 
ustaxonalar bazasida, o’quv-ishlab chiqarish va sanoat korxonalar bazasidagi 
yosh texniklar markazlarida va boshqa maktabdan tashqari muassasalarda 
tashkil qilinadi. Odatda bunday to’garaklar ro’yxati mahalliy sharoitlarga ko'ra, 
aw alo o’quvchi to'garakda olgan bilimlarini, o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalarida o’zlashtirgan amaliy malakalarini keyinchalik qay darajada 
takomillashtira olishga ko'ra belgilanadi. Bunday to'garaklar mahalliy 
korxonalarda, qishloq xo’jaligi tarmoqlarida keng tarqalgan biror kasbga 
qiziqadigan maktab yoshidagi o’quvchilarni birlashtiradi.
Badiiy amaliy to'garaklar respublikamiz mustaqillikka erishgan yillarda 
keng e’tibor berib kelinayotgan milliy qadriyatlarimiz bilan bog’liq halq 
hunarmandchiligi bilan uzviy bog’liq holatda tashkil etiladi. Bu turdagi 
mashg'ulotlarda amalda qo’llanadigan asbob-uskuna, jihoz va moslamalar, 
mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan 
texnika vositalari 
bilan 
ishlashning amaliy bilim, ko’nikma va malakalarini egallash asosiy maqsad 
sifatida belgilanadi. Mashg’ulotlar mazmuni quyidagi vazifalarning yechimini 
topishga qaratiladi:
xalq hunarmandchiligi sohalaridagi ishlab chiqarish mazmuniga ega 
vazifalami yechish, tajribalar o’tkazishi, o'ichov-tekshiruv, asbob-uskunalaridan 
to’g’ri foydalanishi;


«
bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, talablari asosida sifatli, xaridorgir, 
istehmol mollari va mehnat mahsulotiarini tayyorlashga odatlanishi;
o'zlari tayyorlangan mahsulotlami o'zlari istehmolchiga yetkazishni 
o'rganishi.
Darsdan tashqari mashg'ulotlaming ikkinchi guruhiga ekskursiyalar, fan 
olimpiadalari, ko’rgazmalar, o’quvchilar konferentsiyalari, kasbning eng yaxshi 
ishchisini aniqlash uchun o'tkaziladigan tanlovlar, ishlab chiqarish ilg'orlari 
bilan bo'ladigan uchrashuvlar kabi tadbirlar kiradi. Bu turdagi mashg’ulotlar 
mohiyati va afzalligini belgilab beruvchi jihati ko’plab o'quvchilarni jalb qilish 
imkoniyatining mavjudligi bo'lib, shu sababli ular tadbirlarning ommaviy 
shakllari deb yuritiiadi. Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlarimiz sanab o'tilgan 
barcha shakldagi mashg'ulotlaming yuksak darajada samarali ekanligi 
tasdiqladi. Ular o’quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari 
to'g’risidagi tasawurini kengaytirish, ularni turli kasblar bilan tanishtirish 
imkonini beradi.
Bu mashg'ulotlaming kamchiligi o'quvchilarni foydali mehnatga, bevosita 
ijodiy faoliyatga jalb qila olmasligi bilan belgilanadi. SHuning uchun o'quvchilar, 
darsdan tashqari mashg’ulotning mazkur shakli bilan birga boshqa to’garak 
ishida ham qatnashsalar, maqsadga muvofïq bo'ladi. Ko’pchilik vaziyatlarda bu 
tavsiyamiz o'z tasdig'ini topmoqda, jumladan, tashkil etiladigan ko’rgazmalarda 
to'garak a'zolari o’z ishlarini namoyish qiladilar, ya'ni ikki tipdagi 
mashg’ulotlami uyg’unlashtiradilar.
Ko’rgazmaga ko’plab ta'lim muassasalarida katta ahamiyat bilan qaraladi, 
o’quvchilar bunday tadbirlarga yil davomida tayyorgarlik ko'rib boradilar. Biz 
tajriba-sinov etib belgilangan umumiy o'rta ta'lim maktablarida o’quvchilaming 
o’zi haqida biror esdalik qoldirishi hatto anhanaga aylangan. Bunday esdalik 
faqat texnik mehnatgagina emas, balki qishloq xo’jaligiga va maishiy xizmatga 
oid bo'lishi ham mumkin. Ko’pincha, yaxshi ko'rgazmalar butun maktabning 
iftixori bo'ladi.
123


124
Ishlab chiqarish ilg'orlari bilan uchrashuvlar yaxshi samara beradi. Lekin 
buning uchun tegishli tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi. Bu 
ish tashabbuskorlar, ya'ni ana shu uchrashuvlami uyushtíruvchilar guruhini 
tashkil etishdan boshlanadi. Tashabbuskorlar guruhi uchrashuvda muhokama 
etiladigan savollar va masalalar doirasini belgilab beradi. Shundan keyin ana 
shu savollarga javob bera oladigan mutaxassislar tanlanadi. Uchrashuvning 
o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishiga to’laroq javob bera olishi uchun 
ko'riladligan masalalarning tegishli qirralariga ko'proq e'tibor qaratiladi.
Darsdan tashqari mashg'ulotlarning uchinchi guruhiga o’quvchilarning 
mehnat birlashmalari kiradi. Mehnat birlashmalari nisbatan ancha ilgari paydo 
bo’lganiga qaramasdan, keyingi yillarda ayniqsa keng qo’llanila boshlandi. 
O’quvchilarnig mehnat birlashmalari ta'limni unumli mehnat bilan qo’shib olib 
borishning samarali shakli sifatida mehnatda tarbiyalash, kasb tanlashga 
yo'llash, ishlab chiqarish asoslari bilan tanishtirish va mehnatga ijodiy 
munosabatni shakllantirish vositasi sifatida namoyon bo'ladi.
Mehnat birlashmalarini tashkil etish, faqatgina, o’quvchilarning moddiy, 
xom 
ashyo 
ta'minotini 
mustahkamlabgina 
qolmasdan, 
balki, 
milliy 
qadriyatlarimizni tiklash, kasbiy ta'lim-tarbiya berish, kasbga yo'naltirish, 
tayyorlash, tanlash, moslashtirish kabi dolzarb muammolarni ijobiy hal etishda 
ham muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Shunday ekan, har bir maktabda bugungi 
bozor iqtisodiyoti sharoitini hisobga oigan holda, o'quvchilarning talab, ehtiyoj 
va qiziqishlarini qondirish uchun mehnat birlashmalarining tashkil etilishi 
bozor munosabatlari sharoitining zaruriy ehtiyojidir.
Birlashmaga jalb etilgan o’quvchilar o'z mehnatlari natijalarini ko'rib, 
chuqur ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Mehnat faoliyati ularda mustaqillik, 
mehnatsevarlik, erkinlik, ijodkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tashkilotchilik 
kabi sifatlami shakllantiradi. Mehnat birlashmalari o’quvchilarni intizomlilik, 
do'stlik, birdamlik, tejamkorlik, mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalab, 
ularni kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorlaydi.


125
Mehnat birlashmalarida qatnashuvchi o’quvchilar shu jamoaniiig qiziqish 
va intilishlari ruhida tarbiyalanib, aniq bir maqsadni amalga oshirish uchun 
harakat qiladi, uning yutuq va kamchiliklarini dildan his qiladilar. Mehnat 
topshiriqlarini o'z vaqtida sifatli bajarishga, ijodiy yondashgan holda hamda 
xom ashyo materiallaridan imkon qadar unumli foydalanishga javobgarlik 
hissini sezish ruhida tarbiyalanib boriladi. Birlashmada tashkil etiladigan 
mehnat jamoa a'zolarining ehtiyojlarini to’Iaroq qondirishga, jamiyat va tabiat 
boyliklarini asrash va ko'paytirishga hamda o’quvchilarni barkamol shaxs 
sifatida tarbiyalashga qaratilgan bo'lishi talab etiladi. Birlashmada kasbga 
yo'naltirish mehnati o'quv, xizmat ko’rsatish, xom ashyo va mahsulotlarini 
tayyorlash mehnati asosida amalga oshiriladi.
10.2. 
O'quvchilar bilan individual ishlar olib borish. O'quvchilarni 
maktabdan va sinfdan tashqari ishlarini har xil formalarda tashkil qilishning 
asosiy vazifasi, ularni ijtimoiy foydali faoliyatda faol ishtirok etishini, shaxsiy 
qiziqishlarini, moyilligi va imkoniyatlarini to’liq ishga solishdan iboratdir. 
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarga pedagogik rahbarlik qilishdan maqsad 
o'quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash faqat maktabdagina emas balki 
ijtimoiy tashkilotlar orqali texnik ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. 
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi 
umumiy o'rta maktablarida fanlardan oigan bilimlarni texnik masalalarni 
yechishga to'liq safarbar etishdir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil 
qilish va olib borish ta’lim va tarbiyaning umumiy printsiplari asosida amalga 
oshiriladi. O'quvchilarning mehnat va texnika turlari bo’yicha sinfdan va 
maktabdan tashqari ishlarini quyidagi 3 ta guruhga birlashtirish mumkin:
1. O'quvchilarning individual ishlari.
2. O’quvchilarning 
qiziqishiga 
qarab 
to’garaklar, 
klublar, 
ijodiy 
birlashmalaridagi guruh mashg’ulotlari.
3. Juda ko’p sonli o’quvchilar ishtirokidagi ommaviy tadbirlar


126
O’quvchilarning individual ishlar bilan shug’ullanishi bu ijodiy jamoada 
islilashga zamin yaratadigan ijodga qiziqishning boshlang'ich bosqichi 
hisoblanadi. Bunda o'quvchilar o'zidan katta yoshdagi o'quvchilar, o'qituvchi 
yoki boshqa mutaxassisning rahbarligida har xil texnika va texnologiyalarni 
modellashtirish va loyihalashtirish bilan shug'ullanishida texnikaning biror 
turiga qiziqadigan o'quvchilar bir-biri bilan xabarlashib guruhlarni tashkil 
qiladi, natijada texnik to'garaklar paydo bo'ladi. To'garaklardan yetishib chiqqan 
o'quvchilarning ta’lim yo’nalishi bo’yicha chuqur shug'ullanishiga rahbarlik 
qilish ham individual ish turiga kiradi.
10.3. 
O'quvchilarni maktabdan 
tashqari 
ishlarga 
jalb 
qilishning 
gruppaviy formasi. 
Guruh shaklida texnikyechimlarni ishlab chiqish yuzasidan 
uyushtiriladigan baxslar quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi:
1.Bahs qatnashchilari muammoning haqiqiy holatini to'g'ri baholash, 
muhim holatlarni ikkinchi darajali masalalardan ajratish hamda muammoni hal 
etishdan ko'zlangan maqsad va vazifalarni to’g'ri belgilab oladilar.
2. Guruh a’zosi bo'lgan boshqa o'quvchilar fikrini eshitish, o'z fikr- 
mulohazalarini ular bilan umumlashtirish va uyg’unlashtirish.
3. Hech bir sohadagi alohida mutaxassis qaralayotgan muammoni 
atroflicha qamrab ololmasligi va aynan muammolami hal qilishning jamoa 
shakli samaradorligining amaliy tasdig’ini topishi.
4. Ko'plab muammolaming yechimlari bir nechta yo'nalishda hal etilishi 
mumkin bo’lgan yechimlarga ega ekanligini aniqlash.
O'quvchilarning darsdan bo’sh paytlarida texnikaning birorta yo'nalishi 
bo’yicha texnik ijodkorligi bilan shug’ullanishning asosiy formalaridan biri 
texnik to'garaklar hisobalanadi. Bunda o'quvchilar o'zlarining qiziqishlariga 
qarab ixtiyoriy ravishda amaliy faoliyat bilan shug’ullanadilar. Bunday 
birlashmalarda o’quvchilar texnikani o’rganishi, texnik obyektlami va 
texnologiyani 
takomillashtirish, 
modellashtirish 
loyihalashtirish 
ratsionalizatorlik faoliyati, tajriba o'tkazish ilmiy-texnik qidiruvlar olib borish


127
bilan shug'ullanadilar. Texnik to'garaklar-bu o'quvchilarning texnik tafakkurini 
rivojlantirish yoki birorta faoliyatda faqat o’zini sinab ko'rish bilan 
chegaralanmay balki, jamoada ishlashga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik 
faoliyatida ishtirok etishga tayyorlanadi. Har bir texnik to'garaklaming muddati 
va vaqti ko'rsatilishi zarur. To'garaklar quyidagicha tiplarga ajraladi:
- tayyorlov texnik to'garagi;
- fan (ilmiy-texnik) to’garagi;
- sport-texnik to'garagi;
- ishlab-chiqarish texnik to'garagi;
- badiiy-amaliy to'garaklar.
10.4. Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi. 
Har xil turdagi 
ijodiy birlashmalar, to'garaklar o'quvchilarning ma'lum qisminigina o’z ichiga 
oladi. Hamma o'quvchilarning ijodiy faoliyatga bo'lgan ijobiy munosabatlarini 
rivojlantirish maqsadida turli ommaviy ishlar olib boriladi. Bunday formadagi 
ishlarni tashkil qilishdan asosiy maqsad ijodiy texnik birlashmalarga ko'p 
o'quvchilarni jalb etishga zamin yaratadi. Ular quyidagi tartibdagi tadbirlardan 
iborat:
- ilmiy texnik kechalar, ratsionalizatorlar, ixtirochilar va ishlab chiqarish 
xodimlari bilan uchrashuv, musobaqalar (texnik, sport) olimpiadalar o’tkazish. 
Ishchi 
kasbi 
mehnat 
mahorati 
bo’yicha 
tanlovlar 
o'tkazish, 
yosh 
ratsionalizatorlar faoliyati va texnik konferentsiyalar o'tkazish. O’quvchilar 
texnik ijodkorligi ko'rgazmasini tashkil qilish, mehnat bayrami va boshqalar.
10.5. O'quvchilarning texnik ijodkorligi uyushmalarida ishlarni 
tashkil kilish mazmuni va metodi. 
Hozirgi kunda Respublikamizda juda ko'p 
ixtisosliklar mavjud. Bu ixtisosliklarda har xil turdagi texnik obyektlar va 
moslamalar ishlatiladi. Shuning uchun texnika bo’yicha maktabdan tashqari 
tadbirlarni tashkil qilishda o’quvchilarning o’z xohishi moyilligiga va qiziqishiga 
qarab tanlash printsipiga asosan sharoit tug’dirib berish zarur. Kichkina 
maktablarda bitta mehnat ta'limi o’qituvchisi o’quvchilardagi texnikaning


128
barcha yo'nalishlari bo’yicha qiziqishlari qondira olmaydi. Agarda katta maktab 
bo'lsa, unda 2-3 mehnat ta'limi o'qituvchilari ishlasa, unda o’quvchilaming 
texnik to'garaklar bo’yicha ixtisos va qiziqishlarini qondira olishlari mumkin. 
To'garak ishlarining yo’nalishlarini maktab mahmuriyati ehtiyojidan kelib 
chiqib o'zi belgilaydi. Bunda maktab atrofida joylashgan ishlab chiqarish 
korxonasi xarakteri, pedagogik kadrlarning salohiyati, maktab moddiy texnik 
bazasi va uni rivojlantirish imkoniyatlari inobatga olinishi zarur.
Agarda maktab miqyosida tashkil etilayotgan to’garaklar o'quvchilarning 
ehtiyojiga mos kelmasa, u holda rayon va shahar miqyosidagi to'garaklarda 
ishtirok etishlari mumkin. Har bir yo’nalish bo'yicha ochilgan to’garak 
faoliyatida o'quvchilar umumiy va xususiy vazifalami amalga oshiradilar. 
Xususiy masalalarni hal etish uchun texnik to'garaklar dasturi, mehyoriy 
hujjatlari bo’yicha to'garak tashkilotlari va rahbarlari o’quvchilar bilan olib 
boriladigan ishlar mazmuni, formasi va metodlarini ishlab chiqadilar.
Texnik to'garaklar Respublika ta'lim markazi tomonidan tasdiqlangan 
dastur asosida olib boriladi. Maktabdan tashqari mashg’ulotlaming dasturiga 
asosan to'garak ishlari mavzulari har xil bo'lish mumkin. Ular shug'ullanish 
yiliga qarab boshlang’ich, asosiy va yuqori darajadagi guruhlarga bo’linadi. 
To'garaklarni tashkil qilish jarayonida rahbar o'zining tayyorgarlik darajasi, 
maktabning moddiy-texnik bazasining imkoniyati va o'quvchilarning qiziqishiga 
qarab dasturga ma’lum o'zgartirishlar kiritish mumkin. Har tomonlama fikrlab 
tuzilmagan rejasiz quyilgan maqsadga erishish qiyin. Shuning uchun to'garak 
ishlari rejasi, strukturasida quyidagi bo'limlar bo’lishi tavsiya etiladi:
1. 
Umumiy qism; 2. Ta'lim-tarbiya ishlari; 3. Metodik ishlanmalar; 4. 
Ommaviy tadbirlar; 5. Xo’jalik ishlari.
To'garaklarning tuzilgan yillik rejasi maktab direktori yoki maktabdan 
tashqari o’quv muassasining direktori tomonidan tasdiqlanadi.
To'garak ishlari boshlangunga qadar uning rejasi tasdiqdan o’tadi. To’garak 
rahbari to'garak ishtirokchilarining bilim va ommaviy ko’nikma darajasi


129
bo’lmaganligi uchun uning rejasini amalga oshirishda rahbarga qiyinchilik 
tug’diradi.Birinchi darsdan keyin o'quvchilar o’zlarini qiziqish va moyilligiga 
qarab texnik obyektlarni tanlaydilar, reja loyihasini muhokama qilishda uning 
a’zolari fikr va mulohazalarini e'tiborga olish zarur. Har bir mashg’ulotga 
to'garak rahbarlari zarur bo’lgan asbob - uskuna, material va zaruriy 
adabiyotlarni tayyorlab qo'yadi.
O'quvchilarni texnik to’garaklarga qabul qilish ma’lum bir mezonlar asosida 
amalga oshiriiadi. Texnik ijodkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish 
uchun o’quvchilar maktab ustaxonasida mehnat darslarida ma’lum darajadagi 
tayyorgarlikdan o’tgan bo'Iishi lozim. Agar o’quvchi mustahkam bilim va amaliy 
ko’nikmaga 
ega 
bo'lsagina 
texnik 
ijodkorligi 
faoliyatida 
ulkan 
muvaffaqiyatlariga erishish mumkin. O’quvchilarning yoshi va individual 
xususiyatlari ma’lum texnik to’garaklar qabul qilish bo’yicha mezon hisoblanadi. 
Imkon darajasida to'garak a’zolariningyoshlari birxil bo'lsa, 1-2 yosh farqi bilan 
to’garakni kompiektlash mumkin. Undan tashqari, to'garak guruhlarini 
komplektlashda asosiy mezonlardan b in maktab o'quvchilarining qaysi texnika 
turiga qiziqishlaridadir. Har doim to’garaklarga o’quvchilar rejasidagidan 
ko'proq qabul qilinadi, sababi bilib - bilmay to’garakka kirib qolgan o’quvchilar 
ma'lum muddatdan keyin to'garaklarni tashlab ketishadi.
10.6. 
Talabalarning ilmiy-tadqikot ishlari. Oliy ta’lim muassasalarining 
asosiy vazifasi ta'lim tizimi uchun yuqori malakali pedagoglar tayyorlashdir. 
O’qituvchi inson yaratgan barcha ilm-qadriyatlarni egallagan, ijodkor shaxs 
hisoblanadi. O'qituvchilik qilish uchun nafaqat mutaxassislikka oid pedagogik 
va psixologik bilimlarni chuqur egallashi, balki u ilmiy-tadqiqot ishlariga ham 
layoqatli, o'quvchilar ta'lim-tarbiyasi jarayoniga ijodiy yondashish ko'nikma va 
malakalarini ham egallagan kishi bo’lmog'i lozim. Bunday o’qituvchini 
shakllantirish uchun pedagogik o’quv yurtlari talabalar faoliyatida ilmiy- 
tadqiqot elementlarini ham qo’llash lozim.


130
Talabalarning 
ilmiy-tadqiqot ishlari o'z navbatida ulardan chuqur 
mustahkam bilim egallashni talab qiladi Mustaqil bilimlarsiz amaliy, o’quv- 
tarbiyaviy ishlarga ijodiy yondashish muinkin emas.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari asosan, 
professional pedagogik, o'quv-tarbiyaviy yo'nalishda amalga oshiriladi. Uning 
asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
talabalarning izlanishga, tadqiqotchilik faoliyatiga, o'quv-tarbiyaviy 
ishlarga ijodiy yondashishni rivojlantirish;
- mutaxassislikka oid pedagogik-psixologik fanlarga oid o’quv-tadqiqot 
ko’nikma va malakalarni shakllantirish;
adabiyotlar va boshqa ¡lmiy manbalarni o’rganish va tahli! qilish 
qobiliyatlarini o’stirish;
- o'quvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlari, shuningdek, 
mutaxassislik fanlari sohasidagi muammolarni ko’ra olisli va shu sohada ilmiy- 
tadqiqot ishlari olib borish ko'nikma va malakalarini egallash;
- o’z faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil qilishda ilmiy-tadqiqot metodlaridan 
foydalanishni o'rganish.
Pedagogik oliy ta'lim muassasalarida talabalar bajaradigan ilmiy-tadqiqot 
ishlari ikki yo’nalishda tashkil qilinadi: birinchisi, o'quv mashg'ulotlari bilan 
bog’liq bo'lgan tadqiqot ishlari, ya’ni o'quv-tadqiqot ishlari; ikkinchisi, 
auditoriyadan tashqaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari.
O'quv mashg’ulotlari bilan bog’liq bo'lgan tadqiqot ishlariga quyidagilar 
kiradi:
- laboratoriya mashg'ulotlarini o'tishda tadqiqot ishlariga o'rgatish;
- o’quv predmetlaridan amaliy mashg’ulotlar uchun tajriba-sinov 
materiallarini to’plash;
- qo'shimcha adabiyotlami, ayniqsa ilmiy-tadqiqot metodlari va 
metodologiyasi masalalari bilan bog'liq bo’lgan adabiyotlarni (vatan va chet el 
adabiyotlarini) o’rganish va tanqidiy tahlil qilish;


131
- to’plangan tadqiqot materiallari asosida référât va mahruzalar yozish;
- pedagogik, ishlab chiqarish va dala amaliyotlari davomida o’quv 
ekspeditsiyalari vaqtida o’quv topshiriqlari bo’yicha individual yoki jamoaviy 
tadqiqoti ishlarini olib borish; o'quvchilarning qiziqishlari individual 
xususiyatlarini o'rganish, jamoada shaxslararo munosabatlar bir maqsadga 
qaratilgan ijtimoiy psixologik va sotsiologik tadqiqotlar, yoshlar tadqiqodi va 
ideali maktabda o'quv-tarbiyaviy ishlari metodlarini qiyosiy-psixologik, 
pedagogik, arxeologik 
tadqiqotlar, gerbariylar to’plash, fenologik va 
materialogik hodisalarni o’rganish, o'quv ustaxonalarida mehnat ta'limi 
metodlarining samaradorligini tadqiq etish, o’simliklar, daraxtlar o'stirishning 
samarali vositalarini tadqiq qilish va boshqalar;
- kurs, bitiruv va diplom ishlarini tajriba-tadqiqot yo'nalishida bajarish.
Auditoriyadan tashqaridagi ilmiy-tadqiqot ishlariga quyidagilar kiradi:
- talabalarning ilmiy to'garaklardagi ishlari. Bunday to'garaklarda talabalar 
ilmiy bilish metodlarini, tadqiqot usullarini o’rganadilar, adabiyotlar va boshqa 
ilm manbalari asosida hisobotlar yozadilar, o’zlarining tadqiqot ishlari haqida 
chiqishlar qiladilar, turli masalalami muhokama qilishda, munozaralarda 
qatnashadilar;
- kafedra o’qituvchilari, aspirantlar, shuningdek, maktablar, xalq ta'limi 
tizimidagi ilmiy-metodik muassasalari tomonidan olib boriladigan tadqiqot 
ishlarida qatnashish;
- ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan o’tkaziladigan arxeologik, 
etnografik va boshqa ekspeditsiyalarda qatnashish;
- o’z tadqiqot materiallari asosida mahruzalar va chiqishlar qilish;
- konstruktorlik byurolaridagi ishlarda, shartnoma yoki otaliq asosida olib 
boriladigan tadqiqot ishlarida qatnashish; asboblarni konstruktsiya qilish, 
ta'limning texnik vositalari va ko'rgazmali vositalami yasash, jamoa 
xo’jaliklarida mehnatni ilmiy tashkil qilishni o’rganish va boshqalar.


132
1-2 kurslarda talabalar kafedra o'qituvchilari rahbarligida psixologik- 
pedagogik va o’z mutaxassisligi yuzasidan dastur topshiriqlariga muvofiq o'quv 
harakteridagi tadqiqot ishlarini bajaradilar. O'qigan, bilganlarini yozma bayon 
qilishga o'rganadi, ilmiy tushunchalarni, qoidalarni o'z tushunchasi bilan 
solishtiradi, maktablar orasidagi aloqalarni tushunadi va mustaqil fïkrlaydi. 
Référât yozish davomida talabalar adabiyotlar bilan ishlash malakasini 
egallaydi, muhim nazariy masalalarni mustaqil hal qilish imkoniyatiga ega 
bo'ladi. Ilmiy ishlami rasmiylashtirish kabi qoidalar bilan ham tanishadi. Ayrim 
kurslarining oxirida o’tkaziladigan o'quv konferentsiyalari ham talabalarni ilmiy 
tadqiqot ishlariga o’rgatishda muhim ahamiyatga kasb etadi. Ishning bu shakli 
referativ ishga bog'lanadi va unga suyanadi. Mahruzachilar muammo yuzasidan 
eng yaxshi référât yozgan talabalardan tanlanadi. Ularning chiqishlarini 
boshqalar to’ldiradilar. Har bir mahruza to'ldiriladi, muhokama qilinadi, bunday 
konferensiyalar o’quv yili oxirida o'tkaziiadi.
Shuningdek, 1-2-kurslarda o’quv amaliyoti jarayonida talabalar maktab 
o’quvchilarining yosh va individual 
xususiyatlarini o’rganishga jalb etiladi. 
Bunda ular kuzatish, suhbat va anketalar yordamida o’quvchilarning 
xususiyatlari, 
qiziqishlari 
va 
intilishlarini 
o'rganadilar 
va 
dastlabki 
tadqiqotchilik malakalarni egallaydilar.
Talabalarda 
tadqiqotchilik sifatlari shakllanishining ikkinchi bosqichi 
yuqori kurslarda o’qish davomida amalga oshadi. Bu bosqichda talabalar 
laboratoriya, o’quv va ilmiy ekspeditsiyalarda turli darajadagi tadqiqot ishlarini 
mustaqil bajaradilar, ilmiy-to’garak va kafedra o'qituvchilar va aspirantlar 
tadqiqotlarida, talabalaming jamoaviy tadqiqot ishlarida qatnashadilar; kurs, 
bitiruv va diplom ishlari yozish bilan bog’Iiq bo’lgan tadqiqot ishlarini 
bajaradilar; ilmiy nazariy konferentsiyalarda mahruza qiladilar, ilmiy ishlar 
konkurslarida ishtirok etadilar. Bu bosqichda talabalar olib borgan tadqiqot 
ishlari natijasida mavzu tanlay olish, tadqiqot metodikasini belgilash, tadqiqotni


133
tashkil etish va o'tkazish, tadqiqot natijalarini sifat va son jihatidan tahlil qilish, 
o’z xulosalarini ayta olish, o’z ishini talabalar ilmiy ishlari konkurslari uchun 
tayyorlay olish qobiliyatini ko'rsata olishi kerak.
10.7. 
Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish 
uchun eng qulay 
imkoniyatlarni yaratish maqsadida o’quv dasturidagi boshqa fanlar bilan 
birgalikda talabalar konstruktorlik byurosi, texnik ijodkorlik, rassomchilik, 
modelchilik, tasviriy sanhat to'garaklari imkoniyatlaridan to'laroq foydalanish 
lozim bo'ladi. Bu qatorda talabalar konstruktorlik byurolarida olib boriladigan 
ijodiy ishlarning afzalligi yangi texnik ishlanmalar yaratish bilan birgalikda 
ulardagi texnik yechimlarni amalga oshirishning iqtisodiy, texnik-texnologik 
ko'rsatkichlarini asoslash, g'oyani xalq xo’jaligida 
qo’llashning amaliy 
imkoniyatlarini o’rganish kabi yaxlit majmuaviy faoliyat bilan belgilanadi. 
Talabalarga konstruktorlik byurolarida ijodiy mehnat asoslarini o’rgatishdan 
maqsad ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatida namoyon bo’luvchi kasbiy 
faoliyatga qiziqishni tarbiyalash, egallanayotgan faoliyat sohasiga ijodiy 
munosabatni shakllantirish va mustahkamlashdan iborat bo’lib, bunday ta’lim 
o’z kasbiga bo’îgan qiziqishni orttirishi, ta'lim va ishlab chiqarish 
texnologiyalarini takomillashtira oladigan mutaxassisni tarbiyalashi bilan 
ahamiyatlidir. Talabalar konstruktorlik byurolarida o’z ilmiy-ijodiy ishlari 
yakunini ixtiro, ratsionalizatorlik taklifi, référât, kurs va diplom ishlari shaklida 
amalga oshirish yoilarini o’zlashtiradilar. Albatta, talabalarning bunday yuqori 
ko’rsatkichlarga erishishlari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatida 
ishtirok etishi bevosita ularning bilim saviyasi bilan bog’liq bo'ladi. Bilim 
saviyasi yuqori bo’Igan talabalarning malaka 
tavsifi ortib boradi, kasbni 
egallashi tezlashadi, ilmiy texnika ijodkorligida ishtirok etish davri ertaroq 
boshlanadi.


134
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.To’garak ishlarining yo’nalishlari kirn tomonidan va qanday qilib 
belgiianadi?
2.To’garak ishlari rejasi, strukturasida qanday bo'limlar bo’lishi tavsiya 
etiladi?
3. O'quvchilarni texnik to’garaklarga qabul qilishda qanday mezonlarga 
amal qilinadi?
4 .0 ’quvchilarning mehnat va texnika turlari bo’yicha sinfdan va 
maktabdan tashqari ishlarini qanday guruhlarga birlashtirish murnkin.
5. Guruh shaklida texnik yechimlami ishlab chiqish yuzasidan 
uyushtiriladigan baxslar qanday vazifalarni hal qilish imkonini beradi?
6. Maktabdan tashqari ishlarning qanday shakllari kengroq tarqalgan?
7. O’quvchilarnining texnik ijodkorligi qanday harakterga ega, uning 
kompleksi qanday elementlarni qamrab oladi?
8. Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o’tkazishda qonunlar asosida 
chiqarilgan 
xulosa 
va 
umumlashtirish 
natijalaridan 
qanday 
foydalaniladi?
9. "Maqsad - 
maqsadga 
erishish 
uchun 
mavjud imkoniyatlar” 
ko'rinishidagi mantiqiy ketma-ketlikni aniq misol asosida tavsiflab 
bering.


135
Adabiyotlar ro’yxati
1. 
O ’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent: O ’zbckistcn. 
1992.-46 b.
2. 
Karimov I.A. Barkamol avlod - O ’zbekiston taraqqiyotining poydevori. - 
Т.: Sharq nashriyot-matbaa kontsemi, 1997. - 48 b.
3. 
“Ixtirolar, foydaii modellar va sanoat namunalari” to’g’risidagi qonun // 
O ’zbekiston ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatining Respublika 
Kengashi. Rasmiy hujjatlar to’plami. № 2.-T.,1994 . 4-28 b.
4. 
Александров Л.В., Карпова H.H. Методы инженерного творчества. 
Справочник. - М.:ВНИИПИ, 1993. - 393 с.
5. 
Алексеев В.Е. Педагогические проблемы развития технического 
творчества молодежи. -Т.:"ФАН", 1980. -152 с.
6. 
Andrianov P.N. Maktab o’quvchilari texnik ijodkorligini rivojlantirish // 
O ’quvchilaming texnik 
ijodkorligi. Tuzuvchi P.N.Andrianov. - 
T.:”0 ’qituvchi”, 1989.128 b.
7. 
Barkamol avlod - O ’zbekiston taraqqiyotining poydevori: O ’zbekiston 
Respublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi. // -T.:”Sharq”, 1997. - 63 b.
8. 
Begimkulov 
U.Sh. 
Pedagogik 
ta'limda 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. - 
Toshkent: Fan, 2007. - 160 b.
9. 
Воробьев А.И., Лиманский C.A. Техническое конструирование и 
моделирование. 
Учебное 
пособие 
для 
студентов 
ИПФ 
пединститутов и учащихся педучилищ. -Т.: Укитувчи, 1990. -110 с.
10. 
Davlatov К., Vorobev A.I., Karimov I. Mehnat va kasb ta'limi nazariyasi 
hamda metodikasi. - Т.: O ’qituvchi, 1992. - 320 b.
11. 
Дмитриева M.A. и др. Психология труда и инженерная психология. 
ЛГУ. 1979.
12. 
Курбанов Ш., Сейтхалилов Э. Национальная программа по 
подготовке кадров. - Ташкент: Университет, 2000. - 103 с.
13. 
Курбанов III., Сейтхалилов Э. Национальная программа по 
подготовке кадров. - Т.: Университет, 2000. - 103 с.
14. 
Muslimov N.A. Bo’lajak kasb ta'limi o’qituvchilarini kasbiy shakllantirish. 
Monografiya. - Toshkent: Fan, 2004. - 128 b.


136
J5. 
Muslimov N.A., Boltaboev S. Kasb ta'limi metodikasi fanidan kurs ishlari. 
Metodik qo’llanma. -Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2002. 18 b.
16. 
Muslimov N.A., Qo’ysinov O.A. Kasb ta'limi o’qituvchilarini tayyorlashda 
mustaqil ta'limni tashkil etish. Metodik qo’llanma.-T.:TDPU, 2006. - 46 b.
17. 
Oliy ta'lim. Me'yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlar to’plami. - Toshkent: 
Istiqlol, 2004.-511 b.
18. 
Педагогика: 
Большая 
современная 
энциклопедия 
/ Сост. 
Е.С.Рапацевич. - Мн.: Современное слово, 2005. - 720 с.
19. 
Peregudov L.V., Saidov М.Х., D.EAliqulov. Ilmiy ijod metodologiyasi - 
Т.: Moliya. 2002.123 b.
20. 
Politexnika lug’ati. Maxsus muharrir akad.T.R.Rashidov, -Т.: O ’zSE бош 
редакцияси. 1989,-704 б.
21. 
Психологический словарь / Под ред. В.П.Зинченко. - Москва: 
Астрель, 2006. - 479 с.
22. 
Razumovskiy V.G. O ’quvchilaming ijodiy qobiliyatlarini o’stirish. - 
T.f’O ’qituvchi”, 1978. 285 b.
23. 
Резерв успеха - творчество/ под. ред. Г. Нойнера, В. Калвейта, 
Х.Клейна: Пер. с нем. - М.: Педагогика, 1989.-120 с.
24. 
Рубинштейн С_Л. Основы общей психологии. - СПб.: Питер, 2006.
- 713 с.
25. 
Tog'ayev X., Sharipov Sh. Ixtiro millatning ravnaqi. «Jizzax ovozi» 
gazetasi, 1997 yil 5 iyul soni. № 25.
26. 
Тагаев X., Толипов У. Педагогические основы совершенствования 
творческой личности. - М.: Институт средств обучения, 1993.63 с.
27. 
Tolipov O ’.Q. Oliy pedagogik ta'lim tizimida umummehnat va kasbiy 
ko’nikma hamda malakalami rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari. 
Monografiya. - Toshkent: Fan, 2004. - 168 b.
28. 
Tolipov O ’.Q., Sharipov Sh.S., Islamov 1. O ’quvchilar dizaynerlik 
ijodkorligi. Monografiya. -Toshkent: «FAN», 2006. 98 b.
29. 
To’raqulov X.A., Sharipov Sh.S. Talabalar ixtirochilik ijodkorligini 
rivojlantirish. Uslubiy tavsiyanoma. - Jizzax, 1998. 36 b.
30. 
Umronxo’jaev A. Maktabda chianachilik o’qitishni takomillashtirish. - 
T.:”0 ’qituvchi”, 1993. -152 b.


137
31. 
Sharipov Sh.S. Kasb-hunar ta’Iimi tizimida o'quvchilar ijodkorlik 
qobiliyatlarini rivojlantirishning uzluksizligi. Monografuya. -Toshkent: 
«Fan», 2005. -130 b.
32. 
Sharipov Sh.S. Ijodiy guruhlarni tanlash uslubi. // "Xalq ta’limi" jumali,
i 998 № 2 . 116-119 b.
33. 
Sharipov Sh.S. Ixtirochilik masalalarining qo’yilishi va ulami yechish 
uslubi. // "Xalq ta’limi" jurnali, 1998 yil №5 .117-119 b.
34. 
Qodirov B.R. Sinf zukkolarini tanlash metodikasi. Yosh iste’dodlami 
izlaymiz. Metodik qo’llanma. Respublika iste’dod markazi.-T., 1998.26 b.
35. 
G ’oziev E. Psixologiya.-Toshkent: O ’qituvchi, 1994. - 224 b.
36. 
G ’ulomov S.S., Alimov R.X., Lutfullaev X.S. Axborot tizimlari va 
texnologiyalari. Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. - Toshkent: 
Sharq, 2000. - 592 b.
37. 
http://www.ziyonet.uz/
38. 
http://www.pedagog.uz/


138
Talabalar konstruktorlik byurosining 
N I Z 0 M I
1. M a q s a d i
Zamonaviy ta'lim, ishlab chiqarish, fan va texnika talablariga javob bera 
oiadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko’maklashish. 
Talabalar 
konstruktorlik byurosi faoliyati o’quv jarayoni hamda talaba egallayotgan 
mutaxassislik tavsifiga mos ravishda tashkil etiladi.
II. V a z i f a l a r i
Talabalar konstruktorlik byurosi faoliyati quyidagi vazifalarni hal qilishga 
qaratilgan:
-talabalar ilmiy-texnika ijodkorligining yangi shakl va metodlarini 
rivojlantirishga;
- talabalarda jamoa bilan ishlash, o'zaro hamkorlik hamda mas'uliyat 
hissini tarbiyalashga;
- ta’lim jarayonida o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash;
- jamoa bilan ishlashning amaliy va tashkiliy malakalarini egallash, aniq 
texnik yechimlarni ishlab chiqish;
- konstruktorlik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
- talabalarning ishlab chiqarish bilan doimiy aloqasini kuchaytirish;
- o’rta umumiy ta'lim maktablari, maxsus va kasb-hunar o'quv yurtlari 
hamda korxonalarga o'quv ko’rgazmali qurollarni loyihalash va tayyorlashda 
ko'mak berish.
III. Umumiy xolatlar
Talabalar 
konstruktorlik 
byurosida 
talabalar 
faoliyatining asosiy 
xususiyati, ulaming ilmiy masalalarni hal qilishi bilan birgalikda, u bilan bog'liq 
bo’lgan tashkiliy, rejalashtirish, moddiy-texnika ta’minoti va boshqa masalalarni 
hal qilishda ham bevosita ishtirok etishidir.
Talabalar konstruktorlik byurosi a'zolari o’zlari va otaliq maktablari uchun 
o’quv hamda metodik jihozlar ishlab chiqish bilan shug’ullanadilar.
O’quv dasturi mazmuni bilan bog'liq ravishda pedagogika oliy o’quv yurti 
Talabalar konstruktorlik byurosi o'z faoliyatini uchta yo'nalishda olib boradi:
1.0’quv dasturidan kelib chiqib ma’lum bo’limlarini amalga oshirish 
maqsadida talabalarning real kurs va diplom ishlarini bajarish;
2. Talabalar konstruktorlik byurosi qoshida maxsus qisqa o'qishni 
tashkiliashtirish;
3.Talabalar o'quv konstruktorlik byurosini tashkil qilish.
Talabalar konstruktorlik byurosi faoliyati talabalar mutaxassisliklariga mos 
keluvchi muhim ilmiy-metodik, ilmiy-texnik va amaliy masalalarni hal qilishga 
yo'naltiriladi.
1-ilova


139
IV. Bo'limlar bo'yicha faoliyat taqsimoti
Talabalar konstruktorlik byurosi bo’limlari ishidagi umumiylik ular 
faoliyatining oliy o'quv yurtini ta’lim tizimining quyi bo'g’inlari bilan bog'lovchi 
tuzilma ekanligi bilan belgilanadi. Bu faoliyat mos ravishda kafedralar, 
maktablar, ishlab chiqarish sohalari oldiga qo’ygan umumta'lim maktablari 
o’quvchilari bilan 
ishlovchi mutaxassislami amaliy tayyorlash, o’quvchilar 
tomonidan birinchi ishchi kasbini ongli ravishda tanlashi va egallashi kabi 
masalalarni hal qilishga qaratilgandir.
Talabalar 
konstruktorlik 
byurosi 
bo'limlari 
faoliyati 
quyidagicha 
taqsimlanadi:
llmiy ishlanmalar bo'limi - o’qituvchilar rahbarligi ostida ish oüb boruvchi 
alohida ishchi guruhlarga ixtiyoriy ravishda jamoatchilik asosida 
ilmiy 
mavzular ustida ish olib boruvchi talabalarni birlashtiradi. Bo'lim amalga 
oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar ilmiy kengash tomonidan belgilab beriladi.
Ishlab chiqarish shartnomalarini bajarish bo'limida ishlar o'quv rejasida 
o’quv ustaxonasi amaliyoti uchun belgilangan soat hisobidan o’quv 
ustaxonalarida o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta’lim oigan talabalar bilan olib 
boriladi. Bajariladigan ishlar murakkablik darajasi talabalarga ular egallagan 
malaka razryadidan keyingi raziyadni olish imkonini beradi. Mazkur bo’lim 
a'zolari o’quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida korxonalar bilan tuzilgan 
shartnomalar asosida avtomobillarni, qishloq xo’jalik texnikalarini ta'mirlash 
hamda institut ichki shartnomalarini bajarish bilan shug’ullanadilar.
Texnikaviy modellashtirish bo’limi II-IV bosqich talabalarining darsdan 
keyingi faoliyati asosida tashkil qilinib, uning faoliyati talabalar xohishi 
asosida tashkil etiladigan to’garaklar asosida amalga oshiriladi.
Metodik ishlar bo'limi maxsus kafedralar o'qituvchilari rahbarligida ish 
olib boradi hamda ilmiy-pedagogik mavzular ishlab chiqish, mehnat ta'limi va 
kasb ta’limi bo'yicha o’quv dasturlarini takomillashtirish, ma’ruza va amaliy 
ishlarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi tajriba ishlari bilan shug’ullanadi.
Ilmiy-texnikaviy 
ijodkorlikni 
takomillashtirish 
sektori 
maktab 
o’quvchilariga Talabalar konstruktorlik byurosi tarkibidagi to’garak, seminar va 
boshqa bo’linmalarda birgalikda 
o’tkaziladigan 
olimpiadalarda, texnik 
ijodkorlik ko’riklari va boshqa tadbirlarda qatnashish imkonini yaratib beradi.
Ommaviy-tashkiliy tadbirlarni tashkillashtirish bo'limi olimpiada, konkurs, 
konferensiya va talabalar ilmiy-amaliy ishlari ko’rgazmalarini tashkil qiladi va 
o’tkazadi, 
bo’lajak 
mutaxassislarning fan va texnikaga, tanlagan 
mutaxassisligiga bo’lgan qiziqishini oshiruvchi yangi ish shakllarini ishlab 
chiqish, 
ilmiy-texnikaviy bilimlar va ilg'or tajribalarni targ’ib qilish bilan 
shug’ullanadi.


140
V. Tashkiliy tuzilmasi
5.1.Talabalar konstruktorlik byurosi institut tashkiliy-tuzilmasi hisoblanadi 
va ilmiy ishlar prorektoriga bo'ysunadi.
5.2. Talabalar konstruktorlik ishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-korxonalar bilan jamoatchilik shartnomalari asosida;
- kafedralar bilan tuziladigan shartnomalar asosida;
- Talabalar konstruktorlik byurosining maktab, XTBYu va korxonalar bilan 
tuziladigan xo'jalik hisobidagi shartnomalari asosida.
5.3.Ta'lim jarayonida o’ziashtirilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida 
Talabalar konstruktorlik byurosida talabalarning kurs va diplom loyihalarini 
amaliy bajarishi ko’zda tutiladi.
5.4. Ijrochilik 
ishlarini rejali tashkil qilish uchun talabalar texnik 
malakasini oshirish maqsadida Talabalar konstruktorlik byurosida turli ilmiy 
konferensiyalar, seminarlar, ma'ruzalar va uchrashuvlar tashkil etilishi mumkin.
5.5. Talabalar konstruktorlik byurosi ishiga rahbarlik rektor tomonidan 
institut jamoat tashkilotlari bilan kelishgan holda tayinlanadigan boshliq 
tomonidan amalga oshiriladi. Talabalar konstruktorlik byurosi boshlig'i ilmiy 
ishlar prorektoriga bo’ysunadi.
5.6. Byurodagi bajariladigan ishlami rejalashtirish, sifatini nazorat qilish 
hamda 
ilmiy-metodik 
rahbarlikni 
amalga 
oshirish 
uchun 
Talabalar 
konstruktorlik byurosi Texnik Kengashi tuziladi. 
Texnik Kengash tarkibi 
Talabalar konstruktorlik byurosi boshlig'idan, Kengash a'zolari, uchta sektor 
rahbari va Talabalar konstruktorlik byurosi a’zosi bo’lgan uchta talabadan 
iboratbo’ladi.
5.7.Texnik Kengash Talabalar konstruktorlik byurosi ish tartibini, 
kafedralar o’qituvchilari 
tarkibidan 
maslahatchilarni 
belgilaydi, yetakchi 
konstruktor, bosh muxandis va talabalar guruhlari 
tarkibini tasdiqlaydi, 
tadqiqot mavzularni ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi, kafedralar bilan kelishgan 
xolda mavzular ro’yxatiga diplom va kurs 
loyihalari 
kiritish masalasini 
belgilaydi, yuqori natijalarga erishgan talabalar ishlarini nashrga tavsiya etadi. 
Talabalar konstruktorlik byurosi a'zosi bo’lgan talabalarning ta'Iim jarayonini 
nazorat qiladi va ularning keyingi faoliyati to’g’risida qaror qabul qiladi.
5.8. Texnik Kengash tomonidan ishlab chiqilib, institut o’quv bo'limi bilan 
muvofiqlashtirilgangan Talabalar konstruktorlik byurosining yillik ish rejasi 
ilmiy ishlar prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
5.9. Talabalar konstruktorlik byurosiga talabalar tanlov asosida qabul 
qilinadilar, guruhga Texnik Kengash a’zosi bo’lgan o’qituvchi rahbarlik qiladi. U 
guruhdagi ishlarning bajarilish sifati va muddatlari uchun javobgar hisoblanadi. 
Guruh rahbariga eng ilg'or va faol talabalardan biri o’rinbosar etib tayinlanadi.
5.10. Talabalar konstruktorlik byurosi tarkibida loyiha konstruktorlik 
ishlarini 
bajaruvchi talabalardan iborat guruhlar tashkil qilinadi. Guruh


141
talabaiari maslahatchilar - kafedra 
mutaxassislari 
rahbarligida ish olib 
boradilar. Guruhlarda davriy ravishda yig’ilishlar o'tkazilib, ularda tashkiliy va 
ilmiy ishlar muhokama qilib boriladi.
5.11 Talabalar konstruktorlik byurosiga o’quv rejasini muvaffaqiyatli 
o’zlashtirayotgan barcha talabalar tanlov asosida qabul qilinadi. Talabalar 
konstruktorlik byurosiga qabulni Texnik Kengash talabaning anketasi, guruh 
rahbari, fakultet dekani hamda jamoat tashkilotlarining tavsiyanomasiga ko’ra 
qabul qiladi. Talabalar konstruktorlik byurosida faoliyat ko’rsatadigan talabalar 
birvaqtning o’zidaTI] a’zosi hisoblanadilar.
5.12. Institut kafedralari Talabalar konstruktorlik byurosi yillik ish rejasini 
bajarishda har taraflama ishtirok etadilar, mavzularni ilmiy asoslash va to’g'ri 
hal qilishga yordam beradilar, Talabalar konstruktorlik byurosida bajarilgan 
ishlar himoyasida ishtirok etadilar.
5.13. Institut 
rektorati, 
dekanati, 
jamoat tashkilotlari Talabalar 
konstruktorlik byurosi tashkiliy va metodik masalalarini hal qilishda izchil 
yordam ko’rsatadilar.
5.14.Talabalar konstruktorlik byurosida amalga oshirilayotgan ishlar 
mahalliy va respublika miqyosidagi nashrlarda tarqib qilib boriladi.
VI. Moliyaviy faoliyat
6.1.Talabalar konstruktorlik byurosi faoliyatini mablaq bilan taominlash 
tasdiqlangan maxsus 
jamg'armalar smetasi bo’yicha va shtatlar jadvaliga 
binoan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6.2. Talabalar konstruktorlik byurosining 
moddiy-texnik ta'minotini 
institut mahmuriy xo'jalik bo’limi amalga oshiradi, 
tashqi 
moliyaviy 
munosabatlari institut buxgalteriyasi orqali bajariladi.
6.3. Belgilangan vazifalarni bajarishga biriktirilgan talabalar ish mazmuniga 
ko'ra texnik yoki muxandislar tarkibiga kiritilishi mumkin. Talabalarga xo'jalik 
qisobidagi shartnomalar bo'yicha haq to’lash belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi.
6.4. Talabalar konstruktorlik byurosi xo’jalik hisobidagi ishlariga institut 
o'qituvchilari institut ichki shtatlari o’rindoshligi asosida rahbarlik qiladilar.
6.5. Talabalar konstruktorlik byurosi a’zolarini mukofotlash oliy o’quv 
yurti xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarganliklari uchun mukofotlash 
nizomi asosida amalga oshiriladi.
6.6. Talabalar konstruktorlik byurosi ishlarida alohida 
jonbozlik 
ko'rsatgan talabalar Talabalar konstruktorlik byurosi tavsiyanomasiga asosan 
institut rektori maqtov yorlig’i va pul mukofotiga taqdim etilishi mumkin.


142
VIL Talabalar konstruktorlik byurosi xodimlari hamda talabalarning
huquqlari
7.1. Ta'limda 
yuquri 
ko’rsatkichlarga erishayotgan va Talabalar 
konstruktorlik byurosida faol ish ko'rsatayotgan talabalar fakultet dekani 
tomonidan tasdiqlangan shaxsiy mavzular bo’yicha ishlashlari mumkin. 
Talabalar konstruktorlik byurosi boshliqi tavsiyasiga talabalar o'qituvchilar 
kutubxona jamg'armasidan foydalanishlari mumkin.
7.2. Talabalar Talabalar konstruktorlik byurosi rahbari tavsiyasiga ko’ra 
mos ravishdagi kafedralar roziligi bilan o'z mavzulari bo’yicha laboratoriya 
ishlarini, kurs va diplom Ioyihalarini, isblab chiqarish amaliyotlarini bajarishlari 
mumkin.
7.3. Talabalar konstruktorlik byurosida ishlab yuqori ko'rsatkichlarga 
erishayotgan hamda ta’limda yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan talabalar 
idoralararo taqsimotga ko’ra talabalar loyiha-konstruktorlik byurolariga 
taqsimlanishlari mumkin.
7.4. Talabalar konstruktorlik byurosida faol ishlab ilmiy ishga layoqatini 
namoyish qilgan, ta'limda yuqori ko'rsatkichlariga erishgan talabalarga 
belgilangan tartibda aspiranturaga yo’llanma berilishi mumkin.
7.5. Talaba institutni tugallayotganida, agar u Talabalar konstruktorlik 
byurosida bir yi'dan kam bo'lmagan muddat ishlagan bo'lsa, diplomiga ilova 
sifatida Talabalar konstruktorlik byurosidagi faoliyati tavsiflangan guvohnoma 
beriladi. Talabalar konstruktorlik byurosidagi faoliyat talabalami ishga 
taqsimlashda hisobga olinadi.
7.6. Guruh rahbari va maslahatchi bo’lgan o’qituvchilar ishlari hajmi va 
tavsifiga bog’liq ravishda ularning shaxsiy rejalari o'quv-metodik yoki ilmiy- 
tadqiqotchilik ishlari bo’limida qayd qilib boriladi.


«
143
2-iIova
Shakilarni joylashtirish bo’yicha bajarilgan ¡shlar
a) t o’g’ri
b) noto’g’ri
c )to ’g’rí
d) noto’g’ri
e) shak!
f) may don


144
g) siluet
h ) maydon
j) shakl yasash
m) tartibü
n) tartibsiz (aralash)


145
q) hajmli shakl


146
Yog’ochdan foydalanib sim nietrik shakllar yasasb topshirig’i bo’yicha 
bajarilgan ishlar
3-iIova
----i-'
Kubikdan shakllar yasash


147
Soatni buyum lar m uhitida joylashtirish
4-ilova
12
I '

Download 3.57 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 10. MEHNAT VA TEXNIKA TURLARI BO'YICHA SINFDAN VA MAKTABDAN

Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish