Texnik ijodkorlik va dizayn




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/36
Sana02.02.2023
Hajmi3.57 Mb.
#40785
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)
«pedagogik texnologiya = ta'limdagi 
aniqhk»
ko’rinishida ifodalash mumkin. Zero, pedagogik texnologiya ta'lim 
maqsadini belgilashdan, toki uning natijasini aniqlashgacha bo'lgan barcha 
jarayonlarni aniq belgilash hamda o’lchash asosida tashkil qilishni talab qiladi 
va bu aniqliksiz pedagogik texnologiya ham o’z mohiyatini yo’qotadi.
Shu o'rinda yuqorida pedagogik texnologiyaga berilgan tahrifda so’z 
yutirilgan pedagogik tizim tushunchasini aniqlashtirib o'tish lozim deb 
hisoblaymiz. V.P.Bespalg'koning fikriga ko’ra, pedagogik tizim deganda ma'lum 
sifatlarga ega bo’lgan shaxsni shakllantirishga nisbatan aniq maqsadli, 
tashkillashtirilgan pedagogik tahsir ko'rsatish uchun talab etiladigan, bir-biri 
bilan o’zaro bog’langan metod, vosita va jarayonlar majmuasi tushuniladi. 
Pedagogik tizimni pedagogik texnologiyaning asosi ekanligini ehtirof etgan 
holda uning quyidagi elementlardan iborat ekanligini qayd etish lozim: talaba, 
ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, o'quv jarayoni, o’qituvchi yoki ta'lim 
vositalari va ta'lim-tarbiyaning tashkiliy shakllari.
Yuqoridagi mulohazalar asosida, ta’lim maqsadini aniq belgilab olish 
muhim ahamiyatga ega ekanligi to'g’risidagi fikrlarga tayangan holda ushbu


92
masalani ham aniqlashtirib o’tmoqchimiz. Pedagogik texnologiya - ta’lim 
maqsadiga 
erishish 
jarayonining 
umumiy 
mazmuni, 
ya’ni 
ilgaridan 
loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich 
amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan metod, usul va 
vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda 
ta'lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. Ta'lim maqsadini 
belgilashda 3-rasmda keltirilgan ta'lim oluvchilar o'zlashtirish darajalariga 
tayanib ish ko’rish lozim bo’ladi.
3-rasm. Pedagogik texnologiyada o'zlashtirish darajalarining belgilanishi
Muayyan 
pedagogik 
texnologiyaning 
tanlanishi 
rejalashtirilgan 
mashg'ulotda qaysi darajadagi bilim va ko'nikmalami o'zlashtirish nazarda 
tutilganligiga bog'liqdir. 3-shaklda qayd qilinganidek, pedagogik texnologiya 
doirasida yangi o’quv materialini o’zlashtirishning boshlang’ich, algoritmik, 
evristik, ijodiy harakterdagi darajalari mavjud.
Boshlang'ich va algoritmik harakterdagi darajalar produktiv bilim va 
ko'nikmalami aniqlash uchun mezon vazifasini o'taydi. O'zlashtirishning ushbu 
darajalarini aniqlashga yordam beruvchi texnologik jarayonni ijrochi 
texnologiya deb atash mumkin. O’quv materialini esda saqlab qolish hamda 
ko’nikmalami hosil qilishga yo'naltirilgan faoliyat darajasi talabalaming
Ijo d iy


93
mahsuldor va produktiv faoliyatlarini uyg'unlashtirishni talab qiladi. Mazkur 
holat o’quv faoliyatini tashkil etishga muammoli rivojlantiruvchi texnologiyani 
tatbiq etilishi bilan amalga oshadi. Ushbu texnologiya asosida ta’lim jarayonini 
tashkil etish ta'lim oluvchilarni o’quv niaterialini referatlashtirish, ularning 
mashg’ulotlarda o’z mahruzalari bilan qatnashishga, munozara hamda 
ishchanlik o’yinlarida faol ishtirok etishga o’rgatishi lozim.
Ta'lim jarayoni evristik va undan keyingi ijodiy darajalarga erishganida, 
yuqori darajadagi muammoli, muammoli-rivojlantiruvchi ta’lim, vaziyatlarni 
tahlil qiluvchi topshiriqlar, ishchan o’yinlar kabi metodlar, shuningdek, mustaqil 
ishlar, muammoli harakterdagi topshiriqlardan foydalanish zarur.
Shunday qilib, talabalar o’zlashtirish darajalarini e'tiborga olgan holda 
ta'lim maqsadi belgilab olingach, uning mazmunini loyihalashga o’tiladi. 
Bugungi kunda interaktiv ta’lim metodlarini qo'llash pedagogik. texnologiyalarni 
joriy qilishning asosiy elementlaridan bin sifatida qaralmoqda. Bunga ko’ra biz 
iqtisodiy ta'lim fanlaridan amaliy-seminar mashg'ulotlarini samaraii tashkil 
qilish imkonini beruvchi trening mashg'ulotlari asosida tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirish to'g’risida so’z yuritamiz.
Trening so'zi trenirovka - mashq qilish so'zidan olingan bo’lib, yangi 
ma’lumotlarni amalda qo’Ilashni o'rganish degan mahnor.i anglatadi. Trening 
mashg'uioti bosqichlarining taxminiy ketma-ketligini quyidagicha tasawur 
qilish mumkin: 1. Tanishuv. 2. Mashg’ulotdan nimalar kutilayotganligi aniqlash.
3. Mavzuga kirish. 4. Mavzu bo’yicha ishlash. 5. Natijalami namoyish qilish. 6. 
Mashg'ulotni natijalash.
Quyida trening mashg'ulotlarini tashkil qilish bosqichlari mazmunini qarab 
chiqamiz.
1. Tanishuv
Ushbu bosqich trening qatnashchilarining guruh shaklida ish olib borishiga 
yordam beruvchi muhitni yuzaga keltirishga xizmat qiladi. Bunda quyidagi 
vazifalarning bajarilishiga erishiladi.


94
• guruh a’zolarining o'zaro yaqindan tanishib olishlari;
• ta'Iim oluvchilar ishining guruh shaklini qaror toptirish;
• o’zgalar oldida o’z fikrini tortinmasdan, crkin, istiholasiz bayon qilishga 
sharoit yaratish.
2. Mashg’ulotdan nimalar kutilayotganligini aniqlash.
Bu bosqichda ta'Iim oluvchilardagi umumiy qiziqish va ehtiyojlarni 
aniqlash maqsadi qo’yiladi va unga erishish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi:
• ta'Iim oluvchilardagi umumiy qiziqishlarni, orzu-o'ylarni, qadriyatlarni 
aniqlash yo'li bilan guruh a'zolarining o’zaro birdamlikda ishlashi;
• yangi a’zolarning guruh ishiga tezroq moslashib, o’z o'rnini topib olishiga 
ko’mak berish.
3. Mavzuga kirish.
Guruh a’zolarining yakdilligini, hamfikrliligini, umumiy qaror qabul qilish 
ko'nikmalarini shakllantirish bilan bog’liq mazkur bosqichda quyidagi vazifalar 
hal qilinadi:
• guruh a’zolarining boshqa fikrlardan ozod bo’lib, guruh ishiga sho’ng'ib 
ketishi;
• ta'Iim oluvchilarning guruhdagi o'zaro muloqot qoidalarini ishlab chiqishi;
• guruh a'zolarida o’zgalar fikrini hurmat qilish va o’z fikrini bayon qilish 
madaniyatini tarbiyalash.
4. Mavzu bo’yicha ishlash.
Guruh a’zolarini ilhomlantirish, yangi bilim sohalarini o’zlashtirishga 
yo'naltirish maqsadida mazkur bosqichda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
• guruh ishini rag'batlantiradi;
• turli murakkab, guruh a'zolari imkoniyatlari yoki vakolatlaridan 
"yuqorida" turadi deb hisoblaydigan masalalami muhokama qilish;
• guruh a’zolarini yangi muammolar yechimiga ilhomlantirish uchun 
sharoit yaratish.


95
5. Natijalarni namoyish qilish.
Guruh a’zolarini o'zgalar fikrini hurmat qilgan holda yagona qaror qabul 
qilishga o'rgatish bilan bog’liq mazkur bosqichda quyidagi vazifalar hal etiladi:
• yagona qaror qabul qilishda guruhning har bir a’zosining fikri ahamiyatli 
ekanligini Ta'kidlash;
• o’zgalar fikrini hurmat qilgan holda bahs-munozaraga kirishish, muqobil 
va tanqidiy fikr bildira olish;
• konstruktiv fikrlash - o’z fikrini bildirilgan fikr-mulohazalar asosida 
to'g'riroq ifodalashga erishish.
6. Mashg’ulotni natijalash.
Mashg'ulotlarni, o'rganilgan mavzuni yoki dars bo'lagini xulosalash 
quyidagi vazifalarning hal etilishi mavzu yoki mashg’ulot bo'limini yakunlash, 
"qissadan hissa chiqarish", qo’llanilgan metod va vositalar samaradorligini 
baholash va galdagi vazifalami belgilab olishga xizmat qiladi.
Trening 
mashg'ulotlarini 
tashkil 
qilishda 
quyidagi 
malakalarning 
rivojlantirilishiga alohida e'tibor qaratish talab etiladi: loyihalash; eshitish; 
harakatlanish; tasavvur qilish; nutq; his qilish.
SHu kabi trening mashg'ulotlarida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
• mashg'ulotning qatnashchilar uchunyoqimli bo’lishi;
• guruh barcha a'zolarining jalb qilinishi;
• suhbatlashish (mahruza qilish emas), muhokama qilish (uqtirish emas)
• o'zaro teng munosabatda bo'lish («Sizlar» emas, «bizlar»]
• har bir ishtirokchining fikri qadrli va muhim;
• kamchiliklardagi yutuqni ko'ra olish;
• auditoriya uchun eng qulay mashg'ulot maromini tanlash;
• ko’rgazmalilik;
•qatnashchilar ayta oladigan yoki biladigan Ma'lumotlarni takrorlamaslik;
• ta’limning pragmatik asosga qurilishi.


96
Pedagogik texnologiyalar asosida trening darslarini o'tkazishda talabalarda 
îanqidiy fikrlashni rag'batlantirish uchun quyidagi masalalarning yechimiga 
erishish lozim bo’ladi:
• talabalarga fikryuritish uthun imkoniyatberish;
• turli-tuman g’oya va fikrlarni qabul qilish;
• talabalarning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
• har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga ishontirish;
• tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash.
Qayd etilgan masalalarning muvaffaqiyatli hal etilishi tanqidiy fikrlash bilan 
bog’liq ravishda quyidagilarga erishish imkonini beradi:
• talabalarga maqsadni anglab olishga yordam beradi;
• mashg’ulotlarda faollikni ta'minlaydi;
• samarali munozaraga chorlaydi;
• har qanday fikrlarga bo’lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;
• mustaqil bilim olishni rag'batlantiradi.
Bizning fikrimizga ko'ra, talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishda 
darsda turli qiziqarli masalalarning o’rinli qo'llanilishi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Quyida biz shu kabi inasalalardan namunalar keltirmoqchimiz.

Download 3.57 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish