§ 8. O’QUVCHILAR TEXNIKIJODKORLIGINI R1VOJLANTIRISH




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/36
Sana02.02.2023
Hajmi3.57 Mb.
#40785
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)

§ 8. O’QUVCHILAR TEXNIKIJODKORLIGINI R1VOJLANTIRISH 
YO’NALISHLARI 
8.1. 
Yoshlar mustaqil-ijodiy flkrlashini faollashtirish yo’nalishlari.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning bosh maqsadi barkamol shaxsni 
shakllantirishdan iboratdir. «Barkamol inson» deganda ham aqliy, ham axloqiy, 
amaliy va jismoniy kamol topgan shaxs tushuniladi. Milliy o'zlikni anglashga 
e’tibor kuchaygan hozirgi sharoitda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik sifatlari 
barkamollikning aosiy belgilari sifatida qaror topmoqda. Insonning o’z-o'zini 
anglashida, hayotda tutgan o'rnini belgilashda hayotning mohiyatini tushunishga 
nisbatan munosabat o’zgarmoqda. Zéro, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da 
tahkidlanganidek: «inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va 
farovonligi shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlarini va 
tahsirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning 
andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning 
asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir».
Mustaqillik sharoitida shaxsni rivojlantirishning asosiy yo’nalishi mustaqil 
fikrlash va ijodkorlik sifatlarini shakllantirish, shaxsiy va ijtimoiy faolligini 
oshirish, tanqidiy fikrlash, shaxsiy g'urur va o’z intellektual imkoniyatlariga 
ishonch hissini tarbiyalashdan iborat bo'lmoqda. Ushbu jarayonlarning barchasi 
bugungi kunda rivoj topayotgan xalqaro globallashuv sharoitida alohida 
dolzarblikkasb etmoqda.
Respublikamizda shaxs sifatlarini shakllantirish muammosining yechimini 
topishga qaratilgan aksariyat tadqiqotlarda mustaqil fikr yuritish shaxsning 
mustaqil ta'lim olishi bilan bog'liq holda qaraladi, ijodkorlik faoliyati esa asosan 
moddiy buyumlar yaratishni va takomillashtirish bilan bog'liq yaratuvchilik 
jarayoni sifatida o'rganilgan. Ushbu tadqiqotlarda mustaqil-ijodiy fikrlash 
sifatlarining o’quvchilar xulqida, ulaming boshqalar bilan muloqotida, amalga


82
oshiradigan kasbiy faoliyatida barqaror aks ettirilish masalalari yetarlicha hal 
etib berilmagan.
Bugun biz insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ko’z oldimizga 
keltiradigan bo'Isak, xalqaro globallashuv bu jarayonning eng yaqqol namoyon 
bo'Iuvchi xususiyati ekanligini ko'ramiz. Hozirda xalqaro globallashuv iqtisod, 
siyosat va shu kabi ijtimoiy hayotning barcha muhim sohalari qatorida ta'lirn 
tizimini ham o’z tahsir doirasiga oigan. Shunday ekan, jahonda o’zining munosib 
o’rniga ega bo’lib borayotgan respublikamiz ta'lirn tizimiga tatbiqan shaxs 
sifatlarining muhim qirralari bo’lgan mustaqil hamda ijodiy fikrlash sifatlarini 
faollashtirishning metodologik asoslarini tadqiq qilish muhim zamonaviy 
muammo hisoblanadi.
Barcha mamlakatlarda, shu jumladan O'zbekistonda ham shaxsni 
tarbiyalash unda axloqiy va intellektual sifatlarni rivojlantirish orqali amalga 
oshiriladi. Respublikamizda joriy etilayotgan va jahon miqyosida tan olingan 
kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh subyekti va obyekti sifatida o'quvchi 
shaxsining olinganligi bu boradagi muammolarning muvaffaqiyatli hal etilishi 
uchun zamin yaratib bergan.
Respublikamizda yoshlar mustaqil - ijodiy fikrlashini 
faollashtirish 
masalalarining dolzarbligi quyidagi muammolarni hal etish zarurati bilan 
belgilanadi:
- shaxs sifatlarining bugungi kundagi shakllanganlik darajasi va uni 
tarbiyalashga qaratilgan mavjud metodlar zamonaviy talablarga javob bera 
olmasligi;
- ta’lim tizimida anhanaviy tarbiya va bilim «berish» metodlarining salmog'i 
hamon yuqori darajada saqlanib qolayotganligi;
- umumiy o’rta ta'lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hamda oliy ta'lirn 
o’quv rejalarida ko’zda tutilgan ta’lim predmetlarining yoshlarda mustaqil-ijodiy 
fikrlashni 
faollashtirish 
imkoniyatlaridan 
yetarli 
darajada 
foydalanilmayotganligi;


83

yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirishga oid ishlab chiqilgan 
nazariy ishlanmalarni amaliyotga keng ko’lamda joriy etish yo'llarining asoslab 
berilmaganligi.
Bu esa o'quvchi va talaba yoshlar shaxs sifatlarini faollashtirishning 
metodologik asoslarini yaratish, uni amalga oshirish yo’llarini ishlab chiqishga 
qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltiradi.
Qayd etilgan muammolar yechimini topishning ikki yo’nalishini taklif etish 
mumkin:
Muammoni hal etishning birinchi yo'nalishi quyidagicha mazmunga ega:
Mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishda boshlang'ich ta’lim 
muhim o'rin tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs, uning qiziqishlari, 
moyilliklari shakllanishi uchun poydevor yaratila boshlaydi. Jamiyat uchun 
mustaqil, tanqidiy fikrlaydigan, harakat qila oladigan ijodkor shaxslar juda 
asqotayotgan hozirgi kunda o'quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish 
pedagogikaning dolzarb muammosi bo'lib turibdi.
O'quvchilaming ijodiy faoliyat tajribalarini o'zlashtirishlari uchun tag'lim 
jarayonida faol aqliy izlanishni talab qiladigan muammoli vaziyatlarni vujudga 
keltirish zarur. Ijodiy faoliyat tajribalarini o'qituvchini tayyor axboroti orqali 
hosil qilish mumkin emas, chunki o’qituvchi muammolarni o’zi hal qilsa, 
o'quvchilardagi qiziqish, muammolarni hal qilishga bo’lgan intilish, so'nadi, o’z 
bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'liash imkoniyatidan mahrum 
bo’ladi,
Noan'anaviy ta'Iim o'quvchilarni faqat bilim, ko’nikma, malakalar bilan 
qurollantirishni ko’zda tutmasdan, balki darsda vujudga keltiradigan muammoli 
vaziyatlarni o’quvchilar aw al o’zlashtirgan bilim, ko’nikma, malakalarni 
kutilmagan vaziyatlarda ijodiy qo’llashlari orqali ijodiy faoliyat tajribalari, 
o’quvchilaming mustaqilligi, o'quv-bilish motivlarini, mantiqiy fikrlashni 
rivojiantirishga, mustaqil izlanish yo’lini o’zlashtirishga imkon beradigan 
murakkab jarayondir.


84
O'quvchilar mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi noan'anaviy 
ta’lim jarayonida muvaffaqiyat bilan qo’llanib kelayotgan ta’lim printsiplari: 
ilmiylik, tushunarlilik, sistemalilik, o’quvchilarning ongligi va faolligi, 
ko’rgazmalilik, o’quvchilarni puxta bilim, ko’nikma va malakalar bilan 
qurollantirish, uzviylik, ketma-ketlik, o’quvchilarning ijodiy mustaqil ishlari 
printsipi, o’quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv printsipi, 
o’quv ishlarini insonparvarlashtirish printsiplaridan foydalanishni taqozo etadi.
Umumiy o'rta ta'limda yuqori sinf o'quvchilarining ijtimoiy hodisalarni 
mustaqil va ijodiy tahlil qilishga tayyorlik darajasiga oid bilim va ko'nikmalarini 
o'rganishda anhanaviy metodlar bilan birgalikda interfaol metodlar ham katta 
yordam berishi mumkin. Bir tomonlama muloqotni ko'zda tutuvchi savol-javob 
usulidan farqli ravishda faol ta'lim metodlari yoshlarning o'zlashtiriladigan 
bilimlarga munosabati 
to’g’risida ham xulosa chiqarishiga imkon beradi. 
Natijada 
o’quvchilarning 
turli 
ijtimoiy-siyosiy 
hodisalarni 
qanday 
tushunayotganliklarini ham aniqlab olish mumkin bo'ladi. Shu bilan birga 
ularning yangi 
vaziyatlami, vaqt va hodisalarni baholash uchun mazkur 
bilimlardan foydalanishga qay darajada tayyor ekanliklari to'g'risida ham 
ma'lumot olish imkoniyati yaratiladi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida qaralayotgan muammoni hal qilish 
uchun axborotning tarbiyaviy samarasini oshirish bilan birga izlanish, bahs- 
munozaralari, o’zaro bilim almashish kabi faol shakl va uslublaridan ham 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular o’quvchilarni yangi bilim va 
tushunchalami mustaqil topishga, o'z qarashlari va g'oyalarini himoya qilishga, 
dunyoqarashi va tasavurlarini o'rtoqlari bilan almashinishga o’rgatadi. Bunda 
ijodiy fikrlash, tasawurlarni rivojlantirish, fikrlar tafovuti va xilma-xilligi, 
kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, topqirlik, idroklilik, zukkolik va zehnni 
tarbiyalash talab etiladi.
Talaba-yoshlarda mustaqil-ijodiy fikr yuritish, ma’lum masalalar bo'yicha 
muhokama yuritishning qoida va mezonlarini bilish, o’z fikrini to’g’ri, izchil.


85
asosli bayon eta olish, mushohada yuritish, o'zi bayon etgan fikridan xulosalar 
chiqara olishni tarkib toptirish mustaqil-ijodiy fikrlashni rivojlantirishning 
asosiy yo’nalishini tashki) etadi.

Download 3.57 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 8. O’QUVCHILAR TEXNIKIJODKORLIGINI R1VOJLANTIRISH

Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish