§ 7. TEXNIKA OBYEKTLARINI KONSTRUKTSIYALASH VA BADIIY




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/36
Sana02.02.2023
Hajmi3.57 Mb.
#40785
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)

§ 7. TEXNIKA OBYEKTLARINI KONSTRUKTSIYALASH VA BADIIY 
MODELLASHTIRISH
7.1. 
Texnik loyihalash jarayoni. 
Zamonaviy mashinalarni ishlab chiqish 
murakkab va uzoq muddat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. U o’z tarkibiga 
muhandislik bashoratlari, loyihalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni 
o’zlashtirish bosqichlarini qamrab oladi.
Dastíabki bosqich - muhandislik bashoratini qurish ikki yo'nalishda amalga 
oshiriladi: mavjud bazis obyektidan kelajak toinon bashorat qilish hamda 
kelajakda 
erishilishi talab qilinadigan maqsaddan muammoning bugungi 
kundagi holatiga toinon.
Loyihalash buyumning umumiy konstruktsiyasini ishlab chiqishni ko’zda 
tutadi. Loyihalashning dastíabki bosqichida erishilishi lozim bo’lgan maqsad, 
yoki qondiriladigan maqsad belgilab olinadi. So’ngra maqsadga erishish uchun 
aniq vazifalar shakllantiriladi. Vazifalarni belgilashda mavjud imkoniyatlar va 
sharoitdan 
kelib 
chiqiladi. 
Loyihalashning 
keyingi 
bosqichi 
g'oyani 
shakllantirish deb nomlanib, u loyihalashning asosini tashkil etadi. Ko’pchilik 
holatlarda uni amalga oshirish uchun mavjud metodni yangi sharoitlarda 
qo’llash yo'nalishidan foydalaniladi. Keyingi bosqichda muhandislik tahlili 
amalga oshiriladi. Bunda model ko’rsatkichlari aniqlashtiriladi, zarur holatlarda 
haqiqiy buyumga yaqin ko'rsatkichlarga ega bo'lgan model yaratiladi. Shu 
asosda buyumni ishlab chiqishning texnik vazifasi shakllantiriladi.
Texnik vazifa 
konstruktorning loyihani ishlab chiqishidagi dastíabki 
asoslovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi masalalarni yoritib berishi lozim: 
mashinaning yaratilish maqsadi; uning parametrlari, ish tartibi va sharoitlari; 
tajriba-sinov ishlari to’g'risidagi ma'lumotlar; mashinaning printsipial tuzilishi 
va 
uning 
harakatlanish 
mezonlari; 
avtomatlashtirilganlik 
va 
mexanizatsiyalashtirilganlik darajasi; ishlatilish sharoitlari; loyihani bajarish


muddati; ishlab chiqarishning seriyaliligi; uni tayyorlovehi korxona to'g'risidagi 
ma’lumotlar; mashina va loyihaga qo’yilgan texnik talablar.
7.2. 
O’quv binosiga qo’yiladigan talablar. 
Oliy ta’lim muassasalarida 
o’tkaziladigan texnik loyihalash va modellashtirish mashg'ulotlari uchun 
ko'pincha o’quv ustaxonalaridan foydalaniladi. Bu ustaxonalarda mehnat 
ta’limining har xil tashkiliy shakl va metodlaridan foydalanish; texnik 
ma’lumotlar berish; tadqiqotchilik va mehnat malakalarini shakllantirish 
ishlarini amalga oshirish; texnik mehnat usullarini, bajarilgan ishlarning sifatini 
nazorat qilish; estetik did va mehnat madaniyati ko'nikmalarini, mustaqil 
ishlash iqtidorini shakllantirish; konstruktorlik-texnologik xarakterdagi ijodiy 
masalalarni hal qilish, yuksak darajadagi mehnat intizomiga va mehnat 
muhofazasi talablariga rioya etish uchun yaxshi sharoitlar mavjud bo'lishi 
kerak.
Yuqorida aytilgan vazifalardan kelib chiqib o’quv ustaxonalari quyidagi 
asosiy sanitariya-gigienik va tashkiliy-metodik talablarga javob berishi lozim:
1. Ustaxona binosi ta’limiy-pedagogik, sanitariya-gigienik va ishlab 
chiqarish-texnik talablarni qanoatlantirishi kerak.
2. O’quv ustaxonalari texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak mehnat 
madaniyatiga muvofiq jihozlanishi va ular faqat ustaxona amaliyoti dasturidagi 
barcha mavzularni emas, balki texnik ijodkorlikni ham o’rganish uchun zarur 
sharoit bilan ta’minlanishi lozim.
3. Turli buyurtmalarni bajarishda pedagogning o'rganuvchilar bilan olib 
boradigan umumiy guruhda hamda brigada - zvenoli va potokli ishlari uchun 
ham sharoit yaratilishi zarur.
4. Har bir talabaga kerakli asbob-uskunalar va moslamalar bilan 
ta’minlangan alohida ish o'rni ajratilishi lozim.
5. Pedagog uchun tegishli jihozlar, moslamalar bilan ta’minlangan va 
poldan 250-300 mm ko’tarilgan namunali ish o'rni tashkil etilishi lozim.
71


72
6. Ustaxonalarda talabalarga eng qulay va xavfciz mehnat qilishlari uchun 
zarur sharoit bo’lishi shart.
7. O'quv ustaxonalari hajmli va tekis ko'rsatmali qo’llanmalar, shuningdek, 
ta’limning texnik vositalari bilan jihozlanishi zarur.
8.Yordamchi binolar (asbobxona va ombor) o’quv ustaxonasiga yaqin 
bo'lishi kerak.
9. Tashqaridan talabalarning e’tiborini ishdan chalg’itadigan va mehnat 
jarayoniga halaqit beradigan shovqin-suronlar ustaxonaga kirmasligi lozim.
7.3. Texnik loyihalash va modellashtirish uchun 
kerakli 
materiallar. 
Ish o'rni deganda ustaxona maydonining o'quv ishlab chiqarish va 
konstruktorlik-texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, 
stanok), asboblari va moslamalarning maqsadga muvofiq holda joylashtirilgan 
qismi tushuniladi. Ishlash vaqtida o'quvchining gavdasi eng qulay joylashsa va 
ortiqcha harakatlanmasa, bunday ish o'rni ratsional tashkil qilingan hisoblanadi. 
Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish uchun tegishli materiallar 
detallarning hamda yig’ish birliklariga tahsir etadigan kuchlarning xarakterini 
nazarda tutgan holda tanlanadi. Bunda materiallaming tegishli lug’atlardan 
topish mumkin bo'lgan xossalarini ham albatta hisobga olish kerak. Texnik 
loyihalash va modellashtirishda metallardan tashqari metalmas materiallar 
ishlatiladi. 
Modellar va texnik qurilmalarni yasashda ana shunday 
materiallardan yog'och, qog’oz, plastmassalar keng qo’llaniladi. Modeilaming 
tozaligini, zanglash va chirishga chidamliligini oshirish, tashqi ko'rinishini 
yaxshilash uchun ularga diqqat bilan ishlov beriladi. Bunda loklar, bo’yoqlar va 
boshqa materiallar bilan pardozlash maqsadga muvofiq; chunki bular metall va 
yog’och yuzalaridan yoriqlarni, chuqurchalarni yaxshi berkitib, ulam i chiroyli, 
rangdor va yaltiroq qiladi.
7.4. Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari. 
Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari - uning tashkiliy shakllari.


Oliy maktabda konstruktsiyalash - tcxnologik masalalarni hal qilish uchun 
ta'limning kuyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruktsiyalash va 
modellashtirish bo’yicha amaliy mashg'ulotlar; brigada, individual, zveno 
shakllari va ularning turlari birlashmalari; har xil yoshdagi talabalardan iborat 
brigada va xokazolar.
Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish bo’yicha amaliy mashg'ulotlar, 
deganda o’quv-mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat 
ham jamoa, ham individual ish turlarini o’z ichiga oladi va bu ishlar pedagog 
tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o'quv materiallarini faol, ongli va 
mustahkam o'zlashtirishi ko’zda tutiladi.
Texnik konstruktsiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, 
modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta'limning frontal shaklidan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog talabalar uchun tegishli 
murakkablikdagi obyektlami tanlaydi. U konstruktsiyalash bo’yicha ta'limning 
frontal shaklidan foydalanishda butun guruhni modellashtirishning faqat bitta 
obyekt bilan shug’ullanishga tayyorlaydi va bu tadbir uní tayyorlashga 
sarflanadigan vaqtni, texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob 
va moslamalarni, o'xshash mehnat usullarini ko’rsatish va xokazolami ancha 
kamaytiradi.
Talabalar 
bajarayotgan 
konstruktorlik-texnologik 
ishlar 
o'zining 
murakkabligi va sermehnatligi bilan jamoa bo’lib ishlashni taqozo qilsa ham, 
bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo’lsa, mashg’ulotni tashkil 
etishning zveno 
shaklidan 
foydaianiladi. 
Ko'pincha bunday 
hollarda 
murakkabroq bitta obyekt bilan 2-3 nafar va bundan ko’proq talaba 
shug'ullanadi.
Tayyorlanadigan obyektlar o’z mazmuniga ko'ra bir xil va xarakteriga ko’ra 
har xil bolsa, texnik modellashtirish konstruktsiyalash bo’yicha amaliy 
mashg’ulotni tashkil etishning individual shaklidan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni


74
bajarishi pedagog uchun muayyan qiyinchiiik tug'diradi. Chunki bunday 
mashg’ulotlarda ko’pincha ayrim talabalarga yozma instruktsiyalar tayyorlashga 
va ular ana shu instruktsiyalar bo’yicha yangi mavzu materialini o’rganishlariga 
to’g’ri keladi.
Mashg'ulotni tashkil etishning aralash shaklidan modellashtirishning har 
xil obyektlarini bajarishda foydalaniladi. Shularga ko’ra maktab o’quv 
ustaxonalaridagi 
texnik 
konstruktsiyalash 
va 
modellashtirish 
mashg'ulotlarining tashkiliy shakllarini dasturdagi o'rganilayotgan mavzuning 
mazmuniga, obyektlaming xarakteriga, pedagogik va ishlab chiqarish 
talablariga qarab tanlanadi.
7.5. 
Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari. 
Bilimlarni 
to’g’ri idrok etishiari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo’llashlari, 
zarur ko'nikma va malakalami egallashlari uchun didaktik printsiplar va 
o’rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng 
samarali metodlaridan foydalanishi kerak. Ma'lumki, ta'lim metodining turli 
klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalaming 
texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng mahquli o'zaro bog’liq ikkita jarayon- 
pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol 
namoyon bo’ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo’yicha beriladigan 
metodlar klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya studentlaming mehnatga 
tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy o’rinni egallaydi.
Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida 
quyidagilar qabul qilinishi mumkin:
1. Muammoli ta'lim metodlari - o'quv materialini muammoli bayon etish, 
izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi;
2. Og'zaki metodlar - ijodiy suhbat;
3. Ko’rsatmalilik metodlari - ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli 
ijodiy ishlarni namoyish qilish;


75
4. Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqi! ijodiy ishlari, texnik 
adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash;
5. Nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik 
masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish.
Bunda pedagogning vazifasi har bir amaliy mashg’ulotda texnik 
ijodkorlikning turli metodlarini uyg’unlashtirib, talabalar o’quv materialini 
chuqur o'zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir.
Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o'quv 
materialining mazmuniga va mashg’ulotda hal qilinadigan didaktik hamda 
tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo’sinda qo'shib va o'zaro bog'lab qo’llanadi.
O'quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish 
b o ’y ic h a
asosiy psixologik 
pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga 
qo'yilgan maqsadga va o’quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham 
katta ahamiyatga ega.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: 
buyumlarni 
konstruktsiyaiash 
(modellashtirish), 
manipulyativ 
konstruktsiyalash, ma’luraotlari qisqartirilgan texnik xujjatlarni qo'llash, ijodiy 
masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan 
konstruktsiyalarni o'zlashtirib, ishlarni qayta bajarish hayoliy eksperiment, 
texnik vositalar (shu jumladan trenajerlar)dan foydalanib kam-ko’stlarini 
tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish 
o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirish ularda texnik sohadagi mehnatga 
qiziqish uyg'otish imkonini beradi.
7.6. 
Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodlari. 
Intuitiv
fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodi evristik 
metodlar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini yechish metodlari 
G.S-Alg’tshuller, L.VAleksandrov va boshqalar tomonidan o'rganilgan bo'lib, 
ular o'z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy metodlar guruhini ajratib 
ko'rsatadilar. Evristik metod vositasida ijodkorlik masalalarini yechishga


76
anhanaviy yondashish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammodan kelib 
chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy hoi uchun muammoni tahlil qilish 
va maqsadni shakllantirish; masalani hal qilish rejasini tuzish; rejani amalga 
oshirish va masalani qisman hal qilish; topilgan yechimlami maqsadga 
muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini tanlash. Ijodkorlik masalalarini 
yechishning tahliliy metodida muammo yechimini topish uchun uning 
matematik modelini qurish ko'zda tutiladi. Bu metodda yechim aniqligi obyekt 
yoki jarayon ko'rsatkichlarining o'rganish uchun ishlab chiqilgan model 
ko’rsatkichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini 
tadqiq qilishning keltirilgan metodlarini talabalar faoliyatiga moslash uchun 
ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha soddalashtirish hamda 
subyektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo'llashda ikkala guruhga tegishli 
metodlardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi.
7.7. 
Loyihalash ishlarining xususiyatlari. 
Har bir mashinasozlik zavodida 
bosh konstruktor bo’limi bo'ladi. Ishlab chiqariladigan buyumlaming turiga 
ko’ra asosiy va ixtisoslashtirilgan konstruktorlik buyumlardan tashkil topadi. 
Konstruktorlik tashkilotlari shug’ullanadigan loyihalash obyektiga loyiha 
topshirishda obyektni yasash uchun ishchi chizmalami tayyorlashgacha bo’lgan 
ishlar majmuidan iborat bo'lib, juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon 
hisoblanadi. Konstruktorlik hujjatlarga grafika va tekst shaklidagi hujjatlar 
kiradi. Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini 
belgilaydi. Uni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat, qabul ekspluatatsiya va 
remont qilish uchun zarur Ma’lumotlarga ega bo'ladi.
7.8. Model va modellashtirish. 
Texnik modellashtirishga kirishishdan 
oldin «model» va «maket» tushunchalarini aniqlab 
olish zarur. Model 
haqiqatdan obyektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u 
harakatlanadigan va o’z namunasi (haqiqiy obyekt) ning funksiyalarini ixcham 
holda bajaradigan ham bo’lishi kerak. Maket - obyektning konsturktsiyasini 
yaqqolroq tasaw ur etish imkonini beradigan umumiy hajmi tasawurdir. Ishlab


chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o'quv 
ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayonini ham quyidagi jihatlarga 
e'tibor 
qaratiladi: 
texnik 
maqsadning 
(mashinalar) 
mexanizmlar 
konstruktsiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: o’ylangan texnik 
maqsadga, texnik talablar qo'yish: konstruktsiya eskizlarini tuzish va uni 
muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli 
materiallar va asboblarni tanlash; mo'ljallangan buyum detallarini tavyorlash va 
ularni uzellarga, uzellarni buyumlarga yig'ish, buyumni ishlatib sinash va 
rostlash.
7.9. 
Texnik m odellar klassifikatsiyasi. Texnikada ishlatiladigan modellar 
3 tipga bo'linadi.
1-tip - geometrik o'lchamlari o'xshashligi. Ko’rgazmali qurol maqsadida 
ishlatiladigan obyektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar 
ta’limda keng qo'llaniladi. Jumladan bunday modellar o'quvchilarni texnika 
obyektlarining ishlash mezonlari va umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy 
yo’nalishlari bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalar va 
rasmlar 
orqali 
tanishadilar, 
ya'ni 
obrazli-belgili 
ideal 
modellardan 
foydalanadilar. Biroq ular obyekt to’g'risida to'la tushuncha hosil qilish 
imkonini bermaydi. SHu sababli keyingi yillarda model va maketlardan keng 
foydalanilmoqda.
2-tip - fizikaviy o’xshashligi. Bu faqat tashki qiyofasini anglatmasdan balki 
o'rganilayotgan obyektning harakat dinamikasi, o'zaro bog’liqligi qonuniyatlari, 
xasusiyatlari va o’xshashliklarini ko’rsatadi. Bunday modellarni yaratishda 
nafaqat obyektlaming tuzilishini o'rganish, balki ulardagi jarayonlar 
dinamikasini o'rganish ham ko'zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va 
uning prototipi bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb 
qaraladi, yahni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki 
bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi.


78
Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat 
etiladi, misol uchun suyuqlikning oqishini elektr toki, suvning qumlardagi 
harakatini issiklik uzatilishi bilan va b.
3-tip - funksional o’xshashligi - tirik mavjudotlarning harakatlarini 
modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo'lishini 
ta'minlash maqsadida ko’p holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga 
o’xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida elektromexanik va elektron 
«toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va boshqalarni keltirish mumkin. Bu 
qatorga insonga qiyosan ishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday 
modellar ustida ishlash o'quvchilar uchun juda qiziqarli bo’lib, bunda modelni 
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi.
Modellar dinamik va statik bo'lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida 
konstruktsiyalash elementlarini o’rgatísh tajribasi qator murakkab vazifalarni 
quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligi ko'rsatadi: chizmalar 
eskizlarini o’qish va tayyorlanadigan detallar konstruktsiyasini tushuntirish, 
hisoblash asosida ayrim detallarning konstruktsiyalarini o’zgartirish, ana shu 
o'zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni 
biriktirish va mustaxkamlash yo'llarini belgilash; detallarni yig’ish jarayonida 
ularni 
o'rnatish 
joylarga 
ko'ra 
konstruktsiyalash; 
konstruktsiyada 
yetishmaydigan detallar va uzellami konstruktsiyalash; texnik talablar, 
shuningdek, topshiriq bo’yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, 
detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig’ish va modelni ishda sinab ko'rish 
aniqlangan kamchiliklami tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko’rish va 
dizaynlash.
7.10. 
O’quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig i va 
strukturasi. 
O'quvchilaming texnik ijodkorligi integral xarakterga ega, ya’ni u 
bilish - qayta qurish faoliyatini o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan nazariy 
tekshirish, tajriba, texnik masalalarni yechish, model va qurilmalarni real 
holatda ishlatish, uni sinash kompleksi 
bilan 
belgilanadi. Shu faoliyat orqali


79
o'quvchilar obyektiv borliq haqida atroflicha bilimga ega bo’ladi, oldinga 
surilgan nazariy g’oyani to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini amaliyotda tekshirib 
xulosa chiqarish bo'yicha ko'nikma va malaka hosil qiladilar. O’quvchilar har 
qanday yangi texnik obyektni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan 
o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqichlardan iborat ekanligini anglab yetadilar. 
Bu texnik ijodkorligi quyidagi mantiqiy strukturali bosqichlarni o'z ichiga oladi:
1-bosqich, maktab o'quvchilari faol ravishda mavjud bo’lgan texnik 
obyektning mohiyatini tushunishga harakatqiladi;
2-bosqich, bu o'quvchilarda ma'lum texnik obyekt tuzilishi haqidagi texnik 
g’oyasning sodir bo'lishi bilan boshlanadi;
3-bosqich, yangi bo'lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli ishlab 
chiqiladi;
4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrida mavjud obyektning mazmuni va 
shaklini yaratadi;
5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash;
6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan 
o'tkazish;
7-bosqich, texnik hujjatlarni yaratish.
7.11. 
Modellashtirish va modelli - texnik tajriba. 
Har xil turdagi texnik 
obyektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o'quvchilarning bilish faoliyatini 
rivojlantiradi.
Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o'tkazishda qonunlar asosida 
chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan 
mashina va qurilmalarga qo’llay olish bo'yicha bilimlarni shakllantirishga vosita 
bo'lib xizmat qiladi.
Qishloq xo'jaligi yoki korxonada o'tkazilayotgan o’quvchilarning texnik 
ijodkorligi amaliy faoiiyatning maxsus shakli hisoblanadi.
Xarakteri bo'yicha - bu tajriba, yo’nalishi bo'yicha ishlab chiqarish faoliyati, 
vazifasi bo'yicha ta’Iim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini


80
o’quv-ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalaga ikki 
tomonlama qarash maqsadga muvofiq: Birinchi tomondan - bu metod ya'ni 
o'quvchilar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish 
yoki tuzilishini o'zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Sunday tajriba o'quv 
xarakteriga ega bo'lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari 
tarkibiga kiradi. Asosiysi bunda o'quvchilar bilim tajriba o’tkazish ko’nikmasini 
hosil qiladilar.
Ikkinchi tomondan bunday turdagi tajribalar o'quvchilarning egallagan 
nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya'ni tabiiy bilish qonunlarini 
o’zining harakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida 
texnikaga qo’llash yo’llarini ochib beradi.
O'quv-ishlab chiqarish texnik tajribalari o'quvchilar politexnik ta’limining 
nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Texnik konstruktsiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, 
modellar va maketlami tayyorlashda ta'limning qanday shaklidan 
foydalaniladi?
2. Mashg'ulotni tashkil etishning aralash shakli qanday holatlarda qo’llaniladi?
3. Texnikada ishlatiladigan modellar necha tipga bo'linadi?
4. Konstruktorlik hujjatlarga qanday shaklidagi hujjatlar kiradi?
5. Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayoni va o'quv 
ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni qanday jihatlarni qamrab 
oladi?


81
Download 3.57 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 7. TEXNIKA OBYEKTLARINI KONSTRUKTSIYALASH VA BADIIY

Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish