TEXNOLOGIYA 44 AMALIY FANLAR TAVSIFI




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/215
Sana26.10.2022
Hajmi32.33 Mb.
#28137
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   215
Bog'liq
Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2), alifbo yozuvi
TEXNOLOGIYA


44
AMALIY FANLAR TAVSIFI
1.1. Amaliy fanlar tavsifi va integratsiyasi
Amaliy fanlar blok-moduli o‘z ichiga Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʼat, Chizmachilik, 
Texnologiya, Jismoniy tarbiya va Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv 
predmetlarini qamrab oladi hamda o‘zaro aloqadorligini taʼminlaydi. 
O‘quvchilarni maʼnaviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning yaxlitligi, 
takrorlanmasligi va uyg‘unligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatida ifodalash 
orqali tafakkurini o‘stirish, ijodkorlikni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni yaratish 
hamda kundalik hayotga tatbiq etishga o‘rgatish amaliy fanlar blok-moduli orqali amalga 
oshiriladi. 
Shuningdek, o‘quvchilarni maʼnaviy, badiiy, axloqiy madaniyatini rivojlantirib
ijodiy mahorat, badiiy-estetik didini o‘stirishda, kasb-hunarga yo‘naltirish bilan birga, 
jismonan baquvvat bo‘lib, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash va harbiy xizmatga tayyorlash, hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish Amaliy 
fanlar tarkibida olib boriladi.
Hozirgi kunda yangiliklar, yuqori texnikaviy-texnologik innovatsiyalar, maʼlumotlar 
oqimining o‘sib borishi hayotning barcha jabhalarida to‘rtinchi texnologik inqilobni 
yuzaga keltirmoqda. Shaxsning qiziqishlari va jamiyatning talablari o‘zgarmoqda. 
Kundalik hayotni ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan taʼlimning 
integrativ yondashuvini STEAM taʼlimini joriy etadi. Bunday yondashuvdan maqsad – 
taʼlim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini 
taʼminlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni 
targ‘ib qilishga qaratilgan. Ilgari mehnat darslarida qizlar faqat fartuk tikishni, o‘g‘il bolalar 
yog‘ochga va metallga ishlov berishni, tasviriy sanʼat va chizmachilik darslarida rasm va 
chizmalar, qalam bilan qo‘lda chizishni o‘rganishgan bo‘lsa, hozirgi kunda buning o‘zi 
yetarli bo‘lmay qoldi. Bugungi kunda butun dunyo maktab o‘quvchilarini robototexnika, 
modellashtirish, konstruksiyalashtirish, dasturlashtirish, 3D-loyihalashtirish va boshqa 
ko‘plab yangiliklar qiziqtirmoqda.
Bunday qiziqishlarni amalda sinab ko‘rish uchun yana-da murakkabroq bilim, 
ko‘nikma, malakalarni egallash va kompetensiyalarni shakllantirish zarur bo‘ladi. Bu 
o‘rinda nafaqat bilish va uddalay olish, balki tadqiqot olib borish va ixtiro qilish talab 
etiladi. STEAM taʼlimi DTS asosida beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning 
ilmiy jihatdan qanday qilib kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatish orqali sinfdagi 
dars mashg‘ulotlari va maktabdan tashqari taʼlim jarayonida o‘quvchilarning o‘quv 
tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni bajarib ko‘rish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan 
ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga 
qaratilgan.

Download 32.33 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   215




Download 32.33 Mb.
Pdf ko'rish