• TEXNOLOGIYA FANI BO‘YICHA UMUMIY O‘RTA TAʼLIM BITIRUVCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Estetik madaniyat va ijodkorlik kompetensiyasi
  • O‘z-o‘zini rivojlantirish va asrash kompetensiyasi
  • Amaliy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyasi
  • Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasi




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/215
    Sana26.10.2022
    Hajmi32.33 Mb.
    #28137
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   215
    Bog'liq
    Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
    1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2), alifbo yozuvi
    Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishda fuqarolik 
    burch, ijtimoiy va siyosiy rivojlanish, favqulodda vaziyatlar, ekologik muammolar haqida 
    bilimlarga ega bo‘lish, badiiy va sanʼat asarlarini tushunish hamda ularni asrashda 
    tashkilotchilik xislatlarini rivojlantirishdan iborat.
    TEXNOLOGIYA FANI BO‘YICHA UMUMIY O‘RTA TAʼLIM BITIRUVCHILARIGA 
    QO‘YILADIGAN TALABLAR
    Estetik madaniyat va ijodkorlik kompetensiyasi
    mustaqil ishlashga ijodiy yondashib, kreativ fikrlay oladi;
    buyumlarni konstruksiyalash va modellashtirish ishlarini bajara oladi;
    xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha buyumlarni loyihalay oladi;
    egallagan hayotiy odob-axloq qoidalari, mehnatsevarlikka oid asosiy tushunchalarga rioya 
    etadi.
    buyumlarni tashqi ko‘rinishiga ko‘ra baholay oladi;
    hozirjavoblik, ishchanlik, faollik va muomala madaniyatiga amal qila oladi.
    O‘z-o‘zini rivojlantirish va asrash kompetensiyasi
    turli materiallarga ishlov berishda, asbob-uskuna, moslama, mexanizm, mashinalarda tex-
    nika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlay oladi;
    zamonaviy texnika va texnologiyalarni farqlay oladi;
    mustaqil va ongli qaror qabul qila oladi;
    kasb-hunar turlarining inson salomatligiga qo‘yadigan talablarini, o‘z imkoniyatlarini psix-
    ologik va fiziologik jihatdan baholay oladi.
    Amaliy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyasi
    turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchash, rejalash, yelimlash, sodda loyihalash 
    ishlarini bajara oladi;


    49
    turli materiallardan yasaladigan buyumlarni qurish-yasashda ishni ketma-ketlikda bajarish 
    rejasini tuzadi;
    sodda buyumlarni tikadi;
    kichik hajmdagi buyumlarni to‘qiydi;
    o‘tkir va tig‘li asboblardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiye-
    na talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi.
    tabiiy va turli materiallarning xususiyatlarini tavsiflaydi va farqlay oladi;
    materiallarni saralay oladi;
    buyum va mahsulotlarni texnologik loyihalay oladi
    materiallarga issiq va sovuq ishlov berish usullarini bajara oladi;
    detallarni bir-biriga yopishtirishda maxsus yelimlardan foydalana oladi;
    texnik obyektlarni biladi va texnologik jarayonlarni qo‘llay oladi;
    kichik hajmdagi sodda buyumlarni tikadi va to‘qiy oladi;
    asbob-uskunalarni saqlash va taʼmirlash ishlarini bajara oladi; 
    elektrotexnika, avtomatika va robototexnika turlarini tavsiflay oladi;
    sodda elektrotexnika ishlarini bajara oladi;
    sxema asosida oddiy va harakatlanuvchi modellarni yasay oladi;
    zamonaviy bozor munosabatlariga moslashadi hamda faoliyat yurita oladi; 
    o‘z mehnat harakatlarini o‘quv topshiriqlari asosida muntazam takrorlay oladi;
    o‘quv-amaliy topshiriqlarni tizimli, tartib-intizom asosida bajara oladi; 
    kasblar olami va kasblarda mehnat turlarini biladi, kasb-hunarlarga oid maʼlumotlarni 
    to‘playdi va tavsiflay oladi.

    Download 32.33 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   215




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasi

    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish