109
109
kamay tirib, gemoglobin va immunitetni ko‘tarishga xizmat qiladi. Dunyoda
pomidorlarning 10 000 dan ortiq turlari mavjud. Ularning nafaqat qizil, siyohrang
va sariq, balki qora rangdagi turi ham bor. Har yili dunyoda 60 million tonnadan
ortiq pomidor yetishtiriladi. Pomidorning 95 foizini suv tashkil qiladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Oshxona jihozlaridan foydalanishda qanday texnika xavfsizligi va sani-
tariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak?
2. Sabzavotlarga birinchi ishlov berish va ularni to‘g‘rash usulini aytib
bering.
3. Salatlarning inson organizmidagi ahamiyatini gapirib bering.
4. Sabzavotlardan yana qanday salatlar tayyorlash mumkin?
Tuxumdan qanday taomlar tayyorlanadi?
Tuxum oziq-ovqat mahsuloti bo‘lib, unda oqsil, yog‘, temir, fosfor hamda
vitaminning A, D, B turlari mujassam. Taom tayyorlashda tovuq, g‘oz, kurka, o‘rdak
tuxumlaridan foydalaniladi. Tuxum asosan 3 ta qismdan: sarig‘i, oqsili hamda
po‘stlog‘idan iborat.
1. Tuxumning eng qimmatli qismi uning sarig‘idir. Tuxumning sarig‘i vi ta min-
lar, mineral moddalar, yog‘, oqsil hamda uglevodlarga boy. Ushbu qimmatli mod-
dalar organizmning o‘sishida, ayniqsa, miya faoliyatining rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega.
2. Tuxumdagi oqsil boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydigan oq sillardan
ko‘ra ancha foydalidir. U organizmga botmaydi. Yengil hazm bo‘ladi va to‘q tutadi.
Organizm va muskullarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
3. Po‘stloq – tuxumdagi foydali moddalarning tarkibini saqlaydi. Uning rangi tu-
xumning ozuqaviy qiymatiga zarar qilmaydi.
4. Po‘stloq osti qobig‘i – po‘stloqdan keyin po‘stloq osti qobig‘i va oqsilli
o‘ram mavjud. Po‘stloq osti qobiq bilan oqsilli o‘ram oralig‘ida bo‘shliq bor.
Pazandachilikda ko‘proq tovuq tuxumi qo‘llaniladi. Tuxum taom sifatida