1.2. OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIGA ISHLOV BERISH
2-§.
Oshxona
– taom tayyorlash uchun maxsus jihozlangan xona. Za monaviy osh-
xonada, asosan, gaz plita, idish-tovoq yuvish uchun maxsus moslama, muzlatkich,
ish stoli, idish-tovoqlarni saqlash uchun oshxona jihozi, idish-tovoqlar, quruq
mahsulotlar bo‘ladi. Oshxonada turli xil idish-tovoqlar ishlatiladi. Idish-tovoqlar
ishlatilishiga qarab chinni, temir, plastmassa, shisha ko‘rinishida bo‘ladi.
Taom tayyorlashdan oldin oshxonada ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qilib olish kerak
bo‘ladi. Buning uchun kerakli mahsulotlar hisobini olish, mahsulotlar hajmiga qarab,
oshxona jihozlarini tanlab olish maʼqul bo‘ladi. Oshxona stolida mahsulotlarga
birinchi ishlov berish jarayonida o‘ng tomonda oshxona jihozlari, chap tomonda
kerakli mahsulotlarni tartibli joylashtirish kerak. O‘rtaga to‘g‘rash taxtasini qulay
o‘rnatish kerak bo‘ladi. To‘g‘rash taxtasi bilan stol orasidagi masofa bir tirsak
kengligini tashkil etadi.
Oshxonada ishni sifatli va ozoda tashkil etish qulay kiyinishga ham bog‘liq.
Kiyim yengi, etagi hamda har xil taqinchoqlar taom tayyorlash jarayoniga salbiy taʼsir
ko‘rsatmasligi kerak. Аksincha, taom yog‘lari, mahsulot ranglarining kiyimga tegishi
natijasida dog‘ qoldirishi mumkin. Buning uchun maxsus oshxona fartugi, ro‘moli,
qo‘lbog‘ini taqib, sanitariya-gigiyena hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish
tavsiya etiladi.
pAZANDACHILIK XONASI. SABZAVOTLARGA ISHLOV BERISH
TEXNOLOGIYASI. SALAT TAYYORLASH
104
104
Diqqat qiling!
Oshxona
jihozlarini
belgilangan joyda
tartibli va ozoda
saqlang.
Oshxona jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena
qoidalari
1. Ish boshlashdan oldin oshxona fartugini, ro‘molini o‘rab oling.
2. Tirnoqlarni o‘stirmang, qo‘llarni yaxshilab sovunlab yuving.
3. Ovqat tayyorlaganda toza idish va jihozlardan foydalaning.
4. Taom tayyorlashda maxsus raqamlangan taxtakach va pi choqdan
foydalaning (sabzavot uchun, go‘sht mahsuloti uchun, baliq mahsuloti
uchun, non uchun).
5. Taom tayyorlab bo‘lgandan keyin oshxona idish-tovoqlari va jihoz-
larining tozaligiga e’tibor qiling.
|