|
Oshxona jihozlaridan foydalanishda texnika xavfsizligi Pdf ko'rish
|
bet | 69/148 | Sana | 01.10.2024 | Hajmi | 33,06 Mb. | | #273065 |
Bog'liq 5-texnologiyaOshxona jihozlaridan foydalanishda texnika xavfsizligi
qoidalari
Amaliy mashg‘ulotni o‘qituvchining ruxsati bilan boshlashni unut-
mang.
1. Elektr plitasi hamda isitkichlaridan foydalanganda:
– elektr jihozlarining izolatsiyalanganligiga va ishga yaroqli ligiga
ishonch hosil qiling;
– elektr jihozlarini faqat quruq qo‘l bilan o‘chirib-yoqish kerak;
– elektr isitish jihozlariga suv, suyuq mahsulotlar sachrashidan eh-
tiyot bo‘ling.
2. Gaz plitasidan foydalanganda:
– gaz plitasining burash, yoqish moslamalarini ishlatishdan avval gaz
isini tekshirib ko‘ring.
3. Ovqat pishirish jarayonida oshxonani shamollatib turing.
4. Mahsulotlarga ishlov berishda taxtakachlardan foydalaning.
5. Pichoq bilan ishlashda qo‘llarga ehtiyot bo‘ling.
6. Sanchqi, tig‘li buyumlarni bandi tomoni bilan uzating.
7. Gaz plitasi ustidagi qaynoq idishlarni maxsus ushlagich bilan oling.
8. Ishni tugatganingizdan so‘ng ish joyini tozalang hamda elektr ji-
hozlarni o‘chirishni unutmang.
S a b z a v o t l a r g a i s h l o v b e r i s h t e x n o l o g i y a s i
Sabzavotlar inson organizmi uchun zarur oziqa hisoblanadi. Ular tarkibida
kerakli barcha mineral moddalar mujassam. Sabzavotlarning xushbo‘y hidi,
shakli, rangi taomni yanada lazzatli qiladi hamda ishtahani ochadi. Sabzavotlar
tibbiy va tabiiy davolash xususiyatlariga ham ega. Turli salat va taomlarga
aksariyat hollarda ko‘katlar qo‘shiladi. Ko‘katlar qo‘shilgan taom va salatlar
mineral modda va vitaminlarga boy bo‘ladi. Sabzavotlar yetishtirilishiga qarab
piyozli, mevali, ildizmevali, tuganak mevali, bargli, gulli va boshqa guruhlarga
bo‘linadi. Piyozli sabzavotlarning piyozboshi va barglari ovqatga ishlatiladi.
Sabzavotlarga pomidor, bodring, qovoq, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Kar-
toshka tuganak mevali, sholg‘om, lavlagi, sabzi, petrushka, rediskalar ildiz mevali
sanaladi. Barglilarga esa karam, salat bargi, ismaloq, jag‘jag‘ kabilar kiradi.
Sabzavotlarni qorong‘i, salqin, mo‘tadil havoda saqlash tavsiya etiladi. Ularga
taom yoki salat tayyorlashdan avval birlamchi ishlov beriladi.
|
| |