102
102
Ma’naviy sharoitlarni hozirlashga esa –
tanlangan joyning toza ligi, gullar,
suratlar, dekorativ jihozlar va texnik vositalar bilan beza tilganligi, mehmondo‘stlik,
xushmuomalalik madaniyati kabi tartiblarga rioya qilish kiradi.
Dasturxon nechog‘liq chiroyli bezatilsa va unga qo‘yilgan
taomlar laz zatli,
ko‘rkam bo‘lsa mezbonning madaniyatliligini ifodalaydi.
Dasturxon ertalabki nonushta, tushlik hamda kechki ovqatga bo‘ linadi. Nonushta
dasturxoniga yaxna taomlar, qaymoq, somsa, non, meva-chevalar qo‘yiladi. Tushlik
va kechki ovqatlarda shularga qo‘ shimcha
sifatida suyuq yoki quyuq taomlar,
salatlar,
qovun-tarvuz tortiladi.
Nonushta dasturxonini tuzash tartibi.
Dasturxonga o‘tirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Dasturxonga o‘tirishdan oldin qo‘lni yaxshilab yuvish.
2. Dasturxon atrofida kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘ lish.
3. Dasturxon ustida suhbat me’yordan oshib ketmasligi.
4. Suhbatlashish
vaqtida ovozni balandlatmaslik, qattiq kulmaslik.
5. Taomni me’yorida iste’mol qilish.
6. Suyuq va quyuq taomni iste’mol qilishda qoshiq, sanchqi, pichoq dan to‘g‘ri
foydalanish.
7. Og‘iz va qo‘lni artganda faqat salfetkadan foydalanish.
103
103
Q i z i q a r l i m a ’ l u m o t
Pazandachilik ming yillik tarixga ega. VIII asrda Rim da mashhur
pazanda Apitsiy tomo nidan pazandachilik san’ati
maktabiga asos
solingan. Taom tayyorlash mas’u liyatli va sharafl i vazifa hisob langan.
Aksariyat oshpaz va pazan dalar o‘zla rining kasbiy mahoratlari bilan
mag‘ rur langan. Ilmiy pazandachilik asoslari XIX asr oxirlarida
ishlab
chiqilgan.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Ovqatlanishning inson hayotidagi ahamiyati nimalardan iborat?
2. Oziq-ovqat mahsulotlari necha turga bo‘linadi?
3. Dasturxon bezash madaniyati deganda nimalarni tushu nasiz?
4. Ertalabki nonushta qanday bezatiladi?
5. Dasturxon ustida inson o‘zini qanday tutishi kerak?