“Aqliy hujum” savollari:
O’tgan mavzular yuzasidan o’quvchilarga savollar bilan murojaat
qilaman va faol o’quvchilarni baholab boraman.
(Izoh: O`quvchilar berilgan topshriqlarni doskaga chiqib tushuntirib va
taqdimot qilib berishadi. )
4-ILOVA
Aqliy xujum savollari
etmadi
Bilimlarni
mustahkamlash:
nazorat
savollariga
javob
berishdagi faolliklari
5
Savollar
ga to`liq
javob
beradi,
misollar
keltiradi
Savoll
ar
ga
javob
beradi
Qis
man
javo
b
bera
di
Umum
an javob
bermay
di
1.O`rta guruh yoshidagi bolalarning geometrik shakl haqidagi
tasavvurlarini shakllantirish haqida gapiring?
2.Mashg’ulotlarda ishni tashkil etish qanday amalga oshiriladi?
3.Bolalarni geometrik shakl haqidagi bilimlarini rivojlantishda
o`yin va mashg`ulotlarni o’rni qanday?
4. Kichik guruh (3-4) yoshidagi bolalarning tevarak-atrofda
mo`ljal olish haqidagi tasavvurlarni shakllantirish haqida
gapiring?
5.Predmetlarning hajmi va shakli to’g’risida gapirib
bering?
6. O’rta guruhlarda qaysi shakllar o’rgatiladi?
169
5-ILOVA
Tayanch so`z va iboralar:
Geometrik shakl
,
Predmet
, vaqt, tarbiya, O`rta
guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish,
Kubik
17-Mavzu:O`rta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi tasavvurlarni
shakllantirish.
Reja:
1.O`rta guruh yoshidagi bolalarning geometrik shakl haqidagi tasavvurlarini
shakllantirish.
2.Mashg`ulotlarda ishni tashkil etish.
3.Bolalarni geometrik shakl haqidagi bilimlarini rivojlantishda o`yin va
mashg`ulotlar.
Shakl haqidagi tasavvurlarni o`stirish ishi sanashga o`rgatish bilan va
narsalarning o`lchamlarini taqqoslash mashqlari bilan parallel ravishda amalga
oshiriladi va uzviy sur`atda olib boriladi.Bu ishni tasviriy faoliyatning turli
xillariga o`rgatish bilan bog`lab olib borish katta ahamiyatga ega, chunki narsani
yasash (rasmini chizish, loy yoki plastilindan yasash, konstruksiya qilish) ehtiyoji
uning shaklini aniq, alohida-alohida qismlarga bo`lib idrok etish zaruriyatini
tug`diradi.
Geometrik figuralarni bir-biridan farq qilish va ularning ba`zi xususiyatlari bilan
tanishish. I- fasl davomida bolalarda doira,kvadrat, uchburchaklarni farqlash va
ularning nomini to`g`ri aytish ko`nikmasi mustahkamlanadi. Mazkur figuraiarning
modelidan bolalarga narsalar yig`indilari o`rtasidagi miqdoriy munosabatlarni
aniqlash va sanashni bajarish uchun tarqatma material sifatida keng foydalaniladi.
Pedagog (tarbiyachi) bolalarni sanashga o`rgatishda yo`l-yo`lakay ularning
mazkur figuralar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlab boradi. U bolalarga
berilgan model atrofidan qo`l yurgizib chiqishni, uni ushlab ko`rishni, ko`rsatil-
gan shakldagi modellarni (chunonchi, hamma kvadratlarni) tanlab olishni taklif
qiladi. Bolalar har xil yoki bir xil, ammo rangi yoki o`lchamlari har xil bo`lgan
figuralar miqdorini taqqoslaydilar. «Qaysinisi ko`proq, kvadratiarmi yoki
uchburchaklarmi? Katta uchburchaklar ko`pmi yoki kichkina uchburchaklar
ko`pmi?» va shu kabilar.
O`qitishning bu davrida «Xuddi shunday figurani ko`rsat», «Sizlardachi?»
kabi o`yin mashqlaridan foydalanish mumkin. Tarbiyachi ko`rgazma materialni
doimo o`zgartirib turadi. U ayni bir figuraning turli rang va o`lchamlardagi
170
modellarini ko`rsatadi va hokazo. Har gal bolalarga bu narsalarning rangi va
o`lchamlarini aytib berishni taklif qiladi.
Modellarning muhim xususiyatlari bilan bir qatorda, ularning muhim
bo`lmagan xususiyatlarini ajratib ko`rsatish figuralar haqidagi bilimlarni
umumlashtirish uchun shart-sharoit yaratadi.Modellarning rangi va o`lchami
o`zgaradi, ammo shaklining belgilari csa o`zgartirilmaydi. Bolalar shu belgilarga
qarab figuralarni taniydilar.
Bolalarni yangi geometrik figuralar bilan tanishtirish uchun ularning
modellari bolalarga oldindan tanish bo`lgan modellar bilan taqqoslanadi yoki
ikkita yangi model bir-biri bilan; to`g`ri to`rt burchakni kvadrat bilan, sharni kub
bilan, silindrni kub va shar bilan taqqoslanadi. Avval ular juft qilib taqqoslanadi,
keyin esa figuralarning guruhlari bir-biri bilan, masalan, kvadrat guruhi
uchburchaklar guruhi bilan taqqoslanadi va hokazo. Figuralarni ko`rib chiqish va
bir-biriga qiyoslash ma`lum tartibda olib boriladi: «Bular nima? Rangi qanaqa?
O`lchamlari qanday?
Nimadan yasalgan? Bir-biridan nima bilan farq qiladi? Qaysi tomonlari bir-biriga
o`xshaydi?». Savollarning ma`lum tartibda berilishi bolalarni figuralarni izchillik
bilan ko`rib chiqishga va tekshirishga, bir xil belgilariga qarab taqqoslashga,
muhim belgilarini ajratib ko`rsatish, murakkab belgilari (rangi, o`lchamlari,
materiali, fazodagi joylashishi)ga e`tibor bermaslikka o`rgatadi.Bolalami
figuralarning modellari bilan turli xil ish bajarishlarini tashkil etish muhim
ahamiyatga ega, chunki bu modellar haqidagi tasavvurlar darajasi shaklni idrok
etish tajribasining boyligi bilan belgilanadi.
Modellarni sezish harakat vositasida tekshirib chiqish kata ahamiyatga ega.
Ko`rib idrok etishda qo`lning ishtirok qilishi shakllarni yaxshiroq idrok etishga
yordam beradi. Bolalar modelni barmoqlarining uchi bilan ushlab ko`rib, uning
qirralari atrofidan barmoq yurgizib chiqadilar. Pedagog ularni figura qirralari
bo`ylab barmoq harakatini kuzatib borishga undaydi: «Qaranglar, barmoq
uning atrofidan qanday aylanadi?» Model qirralari atrofidan barmoq yurgizish
uning sathi bo`ylab qo`l yurgizib chiqish bilan tugallanadi.Bolalar modellarni
yumalatib, har xil holatlarda qo`yadilar va ularning qanchalik turg`un yoki turg`un
emasligini aniqlaydilar.Bir figura ustiga ikkinchisini: doira ustiga kvadratni,
kvadratga to`g`ri to`rtburchakni, kvadrat ustiga uchburchakni qo`yish bolalarga har
bir
figura
turlarining
xususiyatini
aniqroq
bilib
olish,
ularning
elementlarini ajratib ko`rsatish imkonini beradi.
O`rta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl bilan o`yinlar
o`tkazish.Figuralarni shakllari va boshqa xususiyatlariga qarab guruhlarga
ajratishni, figuralarni o`lchamIarining ortib va kamayib borishi tartibida terib
qo`yishni mashq qildirish katta ahamiyatga ega. O`rta guruhda bolalarga
mashg`ulotdan tashqari vaqtda figuralarni farq qilishni mashq qildirish uchun
«Nima yo`q bo`lib qoldi?» yoki «Nima o`zgardi?» kabi o`yin mashqlari va
didaktik o`yinlardan keng,foydalaniladi. Bolalar qaysi figurani yashirganlari yoki
almashtirib qo`yganliklarini aytadilar.«Ajoyib qopcha» o`yini turli variantlarda
o`tkaziladi. Bolalar figuralarni taniydilar, ko`rib idrok etiladigan namunaga qarab
171
uni paypaslab ko`rib topadilar yoki, aksincha, ushlab ko`rib idrok etilgan namuna
asosida figurani ko`rib topadilar.
«O`z uyingni top», «Samolyotlar» kabi o`yinlar figuralar shaklini idrok
etishdagi konstantalik (turg`unlik)ni o`stirishga imkon beradi. Yasalgan kvadratlar,
uchburchaklar uychalar va aerodromlar vazifasini bajaradi. Mazkur o`yinlar
takroriy o`tkazilganida bunday uychalar va aerodromlarning olchamini
kattalashtirish maqsadga muvofiqdir.Yakka mashqlar o`tkazish uchun «Juftingni
top», «Ko`rgazmaga mos figurani top» va boshqa shu kabi o`yinlardan
foydalaniladi. Bolalar figuralaming rangi va tasviri haqidagi belgilami taqqoslab,
tegishli shakllarni topadilar.Narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan
solishtirib ko`rish. O`rta guruhda bolalarni narsalarning shakllarini geometrik
na`munalar bilan solishtirib ko`rishga katta ahamiyat beriladi.Bolada u yoki bu
narsaning shakli qaysi geometrik figuraga yoki geometrik figuralarning qaysi
birikmasiga to`g`ri kelishini ko`ra olish qobiliyati o`stiriladi.
Bolalar oldin geometrik figuralarni ularga o`xshash shakldagi narsalar bilan
solishtirib ko`rishni mashq qiladilar. Ular figuralarning modellariga mos narsalarni
tanlab oladilar. Geometrik figuralarni boshqa narsalardan ajratib olishga, ularga
namuna ma`nosini berishga mana shunday qilib erishiladi.«Xuddi mana shunday
shakldagi narsani top», «Men aytgan narsani top» va boshqa shu kabi o`yin
mashqlari o`tkaziladi. Bolalar narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan
bevosita taqqoslashdan ularning shakllarini so`z bilan ta`riflashga o`tadilar.
Mashqlar uchun avval oddiy shaklda bo`lgan detallari yo`q narsalar tanlab
olinadi. Bir turdagi (har xil shakldagi geometric figuralar, taxtachalar va shu
kabilardan) va har xil turdagi narsalar (kvadrat shaklli ro`mol, to`g`ri burchakli
sharfcha,
uchburchakli
ro`mol,
galstuk)dan
foydalanish
maqsadga
muvofiqdir.Bolalar ko`rsatilgan shakldagi (4-5 dona ichidagi) narsalarni tanlab
oladilar; tegishli shaklga ega bo`lgan narsalar tasvirlangan rasmlarni tanlab
oladilar; jadvalda qaysi shakldagi narsalarning rasmi chizilganligini aytadilar.
Keyinchalik ularga xonaning ma`lum joylaridan aytilgan shakldagi narsalarni
topish («Qarangchi, tokcha ustida qutiga o`xshash narsalar bormikan?») taklif
qilinadi. «Guruh xonasi bo`ylab sayohat», «Yashirilgan narsani top» kabi o`yinlar
o`tkaziladi.
6-ILOVA
Mustahkamlash uchun savollar
1.Shakllar bo`limida nimalar o`rgatiladi?
2.Predmetlarning hajmi deganda nimani tushunasiz?
3.Turli yoshdagi bolalarda shakllar haqidagi dastlabki tushunchalarni
rivojlantirish, guruhlarda qanday ishlar tashkil qilinadi?
7-ILOVA
Uyga vazifa:
1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
172
3.Nazorat savollariga tayyorlanish.
173
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi.
Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish
18-Mavzu : O`rta guruh yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal olishga
o`rgatish.
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
Vaqt – 80 daqiqa
O`quvchilar soni ___ tа
O`quv mashg`ulotining shakli va
turi
Nazariy,
O`quv mashg`uloti rejasi
1.Bolalarga berilgan yo`nalishda harakat qilish.
2.Tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatishda
hayotiy vaziyatlardan foydalanish.
3 .«Uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so`zlari haqida
tasavvur hosil qilish.
O`quv mashg`uloti maqsadi O`rta guruh yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal
olishga o`rgatish mavzusi yuzasidan to`liq tasavvurlarini shakllantirish
174
O`qitish natijasi
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida
Bolalarning matematik tasavvurlarini
shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar
shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va
ko`nikmalarga ega bo`ladi
Pedagogik vazifalar:
-
Bolalarga berilgan
yo`nalishda harakat qilishni
tushuntirish;
-
Tevarak
atrofda
mo`ljal
olishga
o`rgatishda
hayotiy
vaziyatlardan
foydalanishni
ko`rsata olish;
- «Uzoqroq», «yaqin», «uzoq»
so`zlari haqida tasavvur hosil
qilishni tasniflash;
O`quv faoliyati natijalari
-
Bolalarga
berilgan
yo`nalishda
harakat
qilishni izohlaydi;
-
Tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatishda
hayotiy vaziyatlardan foydalanishni aytib beradi.
-
«Uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so`zlari haqida
tasavvur hosil qilishni tasniflaydi.
O`qitish metodlari
FSMU metodi
O`qitish vositalari
Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
O`quv faoliyatini tashkil etish
shakli
Guruhda ishlash
O`qitish sharoiti
Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza
mashg`ulotni o`tish uchun xona
Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari
Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va
mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Ish
bosqichlari
va vaqti
Faoliyatlar mazmuni
O`qituvchi
O`quvchi
1-bosqich
O`quv
mashg`ulot
iga kirish
(5 daqiqa)
|