Toshkent – 02 O‘qitish materiallar




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/105
Sana05.09.2024
Hajmi9,12 Mb.
#270299
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

FSMU metodi
 
O`rta guruh yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish mavzusi 
yuzasidan o’quvchilar o’z fikrlarini bildiradilar. 
5-ILOVA 
Tayanch so`z va iboralar: 
Geometrik shakl

Predmet
, vaqt, tarbiya, O`rta 
guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish, 
Kubik 
18-Mavzu:O`rta guruh yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish. 
Reja: 
1.Bolalarga berilgan yo`nalishda harakat qilish.
2.Tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatishda hayotiy vaziyatlardan foydalanish..
3 .«Uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so`zlari haqida tasavvur hosil qilish. 
O`rta guruhda bolalar u yoki bu narsalarning yuqorida, pastda, oldinda, 
orqada. chapda, o`ngda jadallashganligini aniqlay olishni o`rganishi kerak. Fazoviy 
yo`nalishlarni farq qilishda taqqoslashni aniqlash asos bo`lib xizmat qiladi. O`quv 
yili boshida bolalarning atrof-muhitga munosabati qay darajada ekanligi tckshirib 
ko`riladi va bu ko`nikma mustahkamlanadi.O`ng va chap qo`lni farq qilish 
mashqlariga katta e`tibor beriladi, chunki chap hamda o`ng nima ekanini bilish 
mazkur yoshdagi bolalar uchun ancha qiyinlik qiladi: qo`1 bilan old tomonni, orqa 
tomonni, 
yuqorini, 
pastni, 
chapni, 
o`ngni 
ko`rsatish 
ko`nikmalari 
mustahkamlanadi. 


178 
Narsalarning fazoviy joylashuvini belgilash. Bolalarni turgan joylariga 
nisbatan, oldinga, orqaga va shu kabi yo`nalishlarni ko`rsatishga o`rgatib bo`lgach, 
ularga narsalar o`zlarining qaysi tomonlarida turganligini (oldinda, oldi lomonda
orqa tomonda, orqasida, chapda. o`ngda, yuqorida, pastda) aniqlashni mashq 
qildirishga o`tish mumkin. Avval bolalarga ularning qarama-qarshi tomonlarida, 
oldinda-orqada, o`ngda-chapda turgan faqat ikkita o`yinchoq yoki buyumning 
joylashish o`rnini aniqlash taklif qilinadi. Keyinchalik bu narsalarning soni 4 
tagacha ko`paytiriladi. Narsalar oldin boladan unchalik uzoq bo`lmagan masofada 
(«yonida») joylashtiriladi. Asta-sckin bu masofa orttirib boriladi. 
Bola narsalarning turgan joyini aniqlab bo`lgandan so`ng unga chap va 
o`ngga (90°), keyin esa orqaga (80") aylanish taklif qilinadi. Keyinchalik bu narsa 
bolalarga narsalar o`zlarining qaysi tomonlarida joylashganini aniqlashda nisbiylik 
borligini tushunib olish imkonini beradi. Bola chapga burilsa, stol cndi uning chap 
tomonida emas, balki o`ng tomonida bo`ladi. Bolalarning harakatlari va joydan- 
joyga 
o`tishi 
bilan 
bog`liq 
bo`lgan 
mashqlar 
eng 
samarali 
mashqlardir.Narsalarning mashqlari mashg`ulotlarda ham, kundalik hayotda ham 
amalga oshiriladi. «Nima qayerda turibdi, top?», «Kim ketdi va u qayerda turgan 
edi?» kabi didaktik o`yinlar o`tkazishga katta ahamiyat beriladi.Bolalar asosiy 
fazoviy yo`nalishlarni farq qilish va nomini aytishni bilib olganlaridan keyin ulami 
ko`rsatilgan yo`nalishda harakat qilishga o`rgatiladi. Buning uchun avval «Qayerga 
borasan,nima topasan?» o`yinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu 
o`yinning maqsadi bolalarga asosiy fazoviy yo`nalishlarni amaliy farq qilishni va 
bclgilashni mashq qildirishdir. 
Tarbiyachi bolaning turadigan joyini (oldinda, orqada, chapda, o`ngda) 
taxminiy hisobga olib, xonaning turli joyiga o`yinchoqlami yashirib qo`yadi. 
Masalan: bola parda (ko`chma pardacha) orqasidagi ayiqchani va qalamni 
tokchaga yashirib qo`yadi va hokazo.Tarbiyachi bolalarga topshiriqni tushuntirib: 
«Bugun sizlar yashirib qo`yilgan o`yinchoqlarni topishni o`rganasizlar», deydi va 
bir bolani chaqirib: «Oldinga yursang ayiqchani topasan, orqaga yursang qalamni 
topasan. Sen qayoqqa borishni istaysan va u yerdan nima topasan?», deydi.Bola 
yo`nalishni tanlab olishi, uning nomini aytishi va shu yo`nalishda borishi kerak. U 
o`yinchoqni topgach, qaysi o`yinchoqni va qayerdan topganini aytadi. («Men 
orqaga yurdim va tokchadan qalamni topdim».) 
«
Uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so`zlari haqida tasawur hosil qilish.Bolalar 
«yaqinroq», «uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so`zlari haqidagi tasavvurlarga 
o`yinchoqlar va narsalar bilan u yoki bu ishlarni bajarish davomida ega bo`ladilar. 
«Kimning koptogi uzoqroqqa yumaladi? Qani, kim uzoqqa otdi?» kabi savollar 
bolalar e`ti- borini masofaga jalb ctadi. Ular yaqinroq, uzoqroq, yaqin, uzoq kabi 
so`zlarning ma`nosini asta-sckin o`zlashtira boradilar.Qog`oz varag`ida va stol 
yuzasida tasavvur qila bilishga o`rgatish.
O`rta guruhdagi matematika mashg`ulotlarida bolalarda qog`oz varag`ida va 
stol yuzasi ustida tasawur qilishni o`stirishga katta e`tibor beriladi. Birinchi 
mashg`ulotlardan boshlaboq ularga sanoq kartochkasining yuqorigi va pastki 
doskasini topish, ma`lum miqdordagi predmetlarni yuqoriga hamda pastga yoki 
chap va o`ngga terib qo`yish topshiriladi.Qog`oz varag`ida va stol yuzasida 


179 
tasavvur qila bilishga o`rgatish. O`rta guruhdagi matematika mashg`ulotlarida 
bolalarda qog`oz varag`ida va stol yuzasi ustida tasavvur qilishni o`stirishga katta 
e`tibor beriladi. Birinchi mashg`ulotlardan boshlaboq ularga sanoq kartochkasining 
yuqorigi va pastki doskasini topish, ma`lum miqdordagi predmetlarni yuqoriga 
hamda pastga yoki chap va o`ngga terib qo`yish topshiriladi. 
Stol ustida geometrik figuralarning fazoviy joylanishini aniqlashga va 
belgilashga, joylanishni cslab Qaytar tiklashga bolalarni o`rgatish maqsadida 
maxsus mashg`ulotlar o`tkaziladi. Namuna ma`lum tartibda ko`rib chiqiladi. 
Bolalar avval markazda (o`rtada) joylashgan fguraning, kcyin csa uning yuqorisida 
va pastida yoki chap hamda o`ng tomonida joylashgan fguraning nomini aytadilar; 
bezakni ularni tegishli tartibda taxlaydilar. 3 dan 5 tagacha bo`lgan geomctrik 
figura tasvirlangan ko`rgazmalardan foydalaniladi. Mashqlar ham ommaviy, ham 
bolalarning kichik guruhlari bilan o`tkaziladi.Tekislikda mo`ljal olish, rasmlarni 
chapda, o`ngda yoki o`rtada, yuqorida va pastda o`zaro joylashuvini aniqlash 
ko`nikmalarini mustahkamlash uchun «Juft suratlar» tipidagi o`yinlar o`ynaladi. 
Bola avval ko`rgazmada tasvirlangan 3 ta o`yinchoqning qanday joylashganligini 
ta`riflab bcrishi, keyin esa juft rasmlarni topishi kerak. 
Fazoda mo`ljal ola bilish vaziyatlaridan foydalanish. Fazoda mo`ljal ola 
bilishni o`rgatish uchun maxsus mashqlar bilan bir qatorda, turli xil hayotiy 
vaziyatlardan ham kcng foydalaniladi. Fazoviy yo`nalishlarda mo`ljal olish har 
qanday amaliy harakatning zaruriy komponentidir.Tegishli mashqlar uchun 
fizkultura va musiqa mashg`ulotlari, crtalabki gimnastika hamda harakatli o`yinlar 
katta imkoniyat beradi.Fazoda aniq mo`ljal qila bilish harakatli mashqlarni to`g`ri 
bajarishni ta`minlaydi. Pcdagog harakat yo`nalishini doimo ko`rsatib turadi: 
«Chapga (o`ngga) buriling, yuqoriga ko`taring!» va hokazo. 
6-ILOVA 
Mustahkamlash uchun savollar
1.Bolalarga berilgan yo`nalishda harakat qilish haqida gapiring? 
2.Tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatishda bu-? 
3 .«Uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so`zlari haqida tasavvur hosil qilish haqida 
gapiring? 
4.Turli yoshdagi bolalarda mo`ljal haqidagi dastlabki tushunchalarni 
rivojlantirish qanday amalga oshiriladi? 
7-ILOVA 
Uyga vazifa: 
1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
3.Nazorat savollariga tayyorlanish. 
Vizual-didaktik resurslar:Jadval. 


180 
Insert jadvali 
V- men bilaman, 
+ - yangi ma`lo`mot,
- -meni bilganlarimga zid, 
? – meni o`ylantirmoq 
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi. 
Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish 
19-Mavzu : O`rta guruh yoshidagi bolalarni vaqtni chamalash haqidagi 
tasavvurlarni shakllantirish 
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
Vaqt – 80 daqiqa 
O`quvchilar soni ___ tа 
O`quv mashg`ulotining shakli va 
turi 
Nazariy,
O`quv mashg`uloti rejasi 
1.O`rta guruh yoshidagi bolalarni sutka qismlari 
haqidagi bilimlarini mustahkamlash. 
2.“Kun qismlari”, “Kun”, “Tun”, “Bugun”, 
“Ertaga”, “Kecha” kabi tushunchalar bilan 
tanishtirish. 
O`quv mashg`uloti maqsadi: O`rta guruh yoshidagi bolalarni vaqtni chamalash 
haqidagi tasavvurlarni shakllantirish mavzusi yuzasidan to`liq tasavvurlarini 
shakllantirish 

O`qitish natijasi 
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida 
Bolalarning matematik tasavvurlarini 
shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar 
shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va 
ko`nikmalarga ega bo`ladi 
Pedagogik vazifalar: 

O`rta 
guruh 
yoshidagi 
bolalarni sutka qismlari haqidagi 
bilimlarini tushuntirish; 
-.“Kun qismlari”, “Kun”, “Tun”, 
“Bugun”, “Ertaga”, “Kecha” 
kabi 
tushunchalar 
bilan 
tanishtirish va ko`rsata olish; 

Matematik 
bilimlarning 
xozirgi 
kundagi 
axamiyatini 
tasniflash; 
O`quv faoliyati natijalari

O`rta guruh yoshidagi bolalarni sutka 
qismlari haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi va 
izohlaydi; 

Kun qismlari”, “Kun”, “Tun”, “Bugun”, 
“Ertaga”, “Kecha” kabi tushunchalar bilan 
tanishtiradi va aytib beradi. 
-
Matematik bilimlarning xozirgi kundagi 
axamiyatini tasniflaydi. 






181 
O`qitish metodlari 
Og'zaki bayon qilish ta'lim metodi
O`qitish vositalari 
Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
O`quv faoliyatini tashkil etish 
shakli 
Guruhda ishlash
O`qitish sharoiti 
Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza 
mashg`ulotni o`tish uchun xona
Qaytar 
aloqaning 
usul 
va 
vositalari 
Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va 
mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash 
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
Ish
bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyatlar mazmuni 
O`qituvchi 
O`quvchi 
1-bosqich 
O`quv 
mashg`ulot
iga kirish
(5 daqiqa) 

Download 9,12 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish