Toshkent – 02 O‘qitish materiallar




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/105
Sana05.09.2024
Hajmi9,12 Mb.
#270299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

2.
 
Rivojlanishning ilk pog`onalarida matematik 
tushunchalarning kelib chiqish tarixi. 
Matematik tushunchalar insoniyat to`plagan katta tajribani 
umumlashtirish natljasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub 
mohiyatini aks ettiradi. 
Nima uchun qadimgi odamlarga matematik bilimlar kerak 
bo`lgan, ular sanash malakalarini qanday o`rganganlar? 
Birinchi sonlar haqidagi dastlabki tushuncha qadimda paydo 
bo`lgan. Bu tushunchalar insonlarni , hayvonlar, mevalar va inson tomonidan 
yaratilgan buyumlarni vhk hisoblash natijasida hosil bo`lgan. Bundan 
1,2,3…sonlari kelib chiqgan. Bu sonlar xozirgi kunda natural sonlar 
deyiladi.Arifmetikada buni butun sonlar ham deb atashadi. 0-dan boshqa 
butun sonlar- natural sonlardir. 
1,2,3,4,5…Natural son haqidagi tushuncha eng oddiy 
tushunchadir, 1,2,3…sonlar ketma-ketligi natural sonlar ketma-ketligidir. 
Uzoq o`tmishda odamlar juda kam bo`lishgan, cho`lu biyobonlar, 
o`t-o`lanlar ko`p o`sgan joylarda kam miqdordagi podachilar qabilalari yashar 
edilar. Har safar mollar o`t-o`lanlarni yeb, maysazorlarni toptab 
tashlaganlaridan so`ng podachilar qabilasi boshqa, o`t-o`lanlar o`sib yotgan 
yerga ko`chib borardilar. Odamlar uyni asosan mol terisidan qurib uni Palatka 
yoki yurta deb atardilar. Bunday usulda qurilgan uyni bemalol bir joydan 
ikkinchi joyga ko`chirib yurish mumkin edi. Yurta va palatkalarni daryoga 
yaqin, unumli yerlarga qurib, u yerda bemalol dexqonchilik ishlari bilan ham 
shug`ullanishlari mumkin edi. Shundan so`ng odamlar orasida yer egalari 
paydo bo`la boshladi. Yer egalari o`z oilasi va ularga tegishli bo`lgan xalq 
bilan ma`lum bir joyda yashash jarayonida qabilalar hosil bo`lgan. 
Keyinchalik qabilalardan qishloqlar, qishloqlardan shaharlar paydo bo`lgan. 


24 
Yahshi hosil olish albatta oson bo`lmagan ,uning uchun yerga 
keraklicha ishlov berilgan, o`z vaqtida donni ekish, keraksiz o`tlardan 
tozalash, suv quyish, sug`orish kerak bo`lgan. Yer egalari oldida polizlarga 
daryodan suv olib kelish uchun kanallar qazdirish, agar poliz balandlikda 
joylashgan bo`lsa unda suvni yuqoriga olib chiqish masalalari turgan. Yani 
bunda yer egalari bu muammolarni hal qilish uchun boshlarini ancha qotirishga 
to`g`ri kelgan. 
Podachi esa xar kuni qo`ylarini yaylovga olib chiqaradi, 
qaytayotganda ham hammasini toliq qaytarib olib kelishi kerak, lekin u 
sanashni bilmaydi. Qo`y, mollar soni esa kamayib borar edi. Shundan so`ng 
podachi xar kuni qo`ylarni qo`yhonadan chiqara turib, xar birini chiqarganda 
arqonga bitta tugun tuggan. Qo`ylarni soni qancha bo`lsa tugunlar soni 
shuncha bo`lgan, qaytgach esa har bir qo`yni qo`yhonaga kirgizganda 
arqondagi tugunlarni bitta-bitta yechgan. Shunday qilib teng kuchga ega 
bo`lgan kam yoki ko`plikni xosil qilingan. Rivojlanishning ilk pog`onalarida 
odamlar sanashni bilmaganlar.Ular 2-3 buyumlarni farqlay olardilar. Uchdan 
ko`proq buyumlar to`plamini ular “ko`p” tushunchasi bilan ifodalaganlar. Bu 
ham xisob emas balki uning boshlanishi edi.Keyinchalik buyumlar to`plamini 
katta-kichikligini farqlash, o`lchash, taqqoslash natijasida “to`rt”, “besh”, 
“olti”, “etti” sozlari insonlar nutqida qo`llanila boshladi. Oxirgi so`z “yetti” 
bo`lib u uzoq vaqt noaniq “ko`p” degan ma`noni bildirgan.“Yetti o`lchab bir 
kes” maqoli bizga o`sha davrlardan qolgan. 
Jamiyatning rivojlanishi sababli insonlarning xo`jalik ishlarida xisobni 
kengroq yuritishga ehtiyoj paydo bo`la boshlagan. Xo`jalik ishlarida ba`zi bir 
qiyinchiliklar tug`ilishi natijasida sanoq me`yori ancha kengaydi. Tevarak-
atrofda ularni qurshab olgan buyumlar… sanash uchun vosita bo`lib 
xisoblangan.Buning uchun odam qurshab turgan predmetlardan foydalana 
boshladi, u yog`ochlarga bolta bilan urib belgi qilar, arqonda tuguncha 
bog`lar, tosharni to`plam qilib jamlab sanar e`dilar. 
Odamlar sanashni asta-sekinlik bilan o`rgana boshlashgan, ularni 
o`qituvchisi esa hayotning o`zi bo`lgan. Qadimgi odamlar ovqatni `o`zlariga 
asosan ovchilik yo`li bilan topishgan. Bizon, bug`ularga butun qabila bo`lib 
ov qilishardi, agar ular ozchilik bo`lishsa o`ljani tutisha olmasdilar. Ular 
orasida yoshi ulug` , tajribaliroq ovchi qolganlarga rahbarlik qilgan. O`lja 
qochib ketmasligi uchun uni qurshovga olish kerak edi. Taxminan besh kishi 
o`ljani o`ng tomonidan, etti kishi orqasidan, to`rt kishi chap tomonidan o`rab 
olib tutishi, bunda esa sanoqsiz hech iloji yo`q edi. Ovchilar boshlig`i kim 
qaerda, necha kishilashib turishini taqsimlab berar edi. 


25 
Ular besh yoki etti sonini bilmasa ham lekin kerakli miqdorni 
barmoqlari bilan ko`rsatib bera olardilar. “Xuddi qo`limdagi besh 
barmog`imdek bilaman”- degan gap ana shu davrdan bizgacha etib kelgan 
bo`lsa ajab emas. Masalan 5 soni o`rniga ular “qo`l”, 10 soni o`rniga ikkita 
qo`l deyishardi. Agar 20 soni aytilsa ularning qo`l barmoqlari yoniga yana 
oyoq barmoqlari ham qo`shiladi. 

Download 9,12 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish