27
kiritilishi ikkita maqsadning hal etilishiga imkon beradi: bolalarni o`lcham
bilan tanishtirish va predmetlarni kattaligi bo`yicha solishtirishga, o`lchashga
o`rgatish, shuningdek bolalarga o`lcham, kattaligi va natijasi bo`lgan
o`lchashlar miqdori orasidagi aloqadorlikni ko`rsatish.
Bu maktabgacha
yoshdagi bolalarni funksiya
– matematikadagi asosiy
tushunchani tushunishiga olib keladi. Kattalik, o`lcham va o`lchash natijasida
orasidagi funksiyalar (aloqadorlik)larni tushunish
bolaning taxliliy-sintez
faoliyati
rivojlanishiga
yordam
beradi.
Maktabgacha
yoshdagilarni
predmetning kattaligi bilan tanishtirishga asoslanuvchi sensor idrok ularda
tafakkurning rivojlanishi bilan chambarchas bog`lanib ketadi.
Didaktika kattalik va shaklni – borliqdagi mustaqil kategoriyalar sifatida
ajratgan. Shaklni anglash darajasi
birmuncha muhim hisoblanadi, chunki
kattalik, fazo va b. lar haqidagi tasavvurlarning
shakllanishi shularga
asoslanadi.