5-ilova
Tayanch so`z va iboralar:
Maktabgacha ta`lim, matematik
tushuncha,tushuncha,
tarbiya, ijodiy faoliyat, matematika, arifmetika, Sanoq,
son,kattalik, o`lcham,geometrik figura
1-mavzuning nomi: Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda ilk matematik
tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy asoslari.
Reja:
1.
Fanning maqsadi, mohiyati va vazifalari.
2.
Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda asosiy masalalar.
3.
Rivojlanishning ilk pog`onalarida matematik tasavvurlarning
kelib chiqish tarixi.
4.
Natural son tushunchasining rivojlanishi
5.
Matematik bilimlarning xozirgi kundagi axamiyati.
1.Fanning maqsadi, mohiyati va vazifalari
Maktabda o`qitish mazmunining o`zgarishi maktabgacha
ta`lim tashkilotlari bitiruvchilarining matematik tasavurlarini darajasiga
bo`lgan talablarini oshirdi.
Maktabgacha ta`limi yoshida bilim tez sur`atlar bilan
boyib boradi, nutq shakllanadi, bilim jarayonlari takominlashadi, bola
eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab oladi. Maktabgacha talim yosh
bolalarning aqliy rivojlanishini ta`minlash ularning kelajakdagi butun
faoliyati uchun katta ahamiyatga ega bo`ladi. Kelgusida bolalarning
maktabda o`zlashtirishlari lozim bo`lgan natural son, geometrik figura,
miqdor va boshqa tushunchalari abstrakt (mavxum)dir ammo ular real
borliqdagi predmetlarga xos bo`lgan bog`lanish va munosabatlarni aks
ettiradi. Bolalarning real predmetlarning miqdoriy va fazoviy hususiyatlari
Konvertlarga savollar yoziladi.
Konvertni yonidagi o`quvchiga
uzatadi.
Savollarga javob yozish
Baholash va taxlil qilish
19
va munosabatlari xaqidagi tasavvurlari qanchalik boy bo`lsa, keyinchalik
ularning bu tasavvurlardan umumlashtirish va abstraklashtirish yo`li bilan
matematik tushunchalarga o`tishi shunchalik oson bo`ladi.
Bolalarga matematikadan ta`lim berish va maktabgacha
ta`limdagi o`quv- tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan
biri-bu bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishdir.
Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun
ularga pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator
fundamental fanlarda o`rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni
o`rgatish kerak.
Matematik masalalarni yechish jarayoni o`zining mohiyati
bo`yicha
mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tasavvurlarni shakllantirish
darajasi turli insonlarda turlicha bo`ladi.Uning shakllanishi doimiy mashq
qilishni talab qiladi.Bu mashqlar oila va maktabgacha ta`limda
boshlanadi.Har bir mustaqil yechilgan masala, tuzilgan masala va masalani
yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil yengishda matonat
shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.
Matematika tushunchalarini shakllantirish maktabgacha yoshdagi
bolalarni
matematikani
o`rgatishga
tayyorlash
maktabning
zarur
predmetlarni biri sifatida tan olingan.
Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish ishining bosh
masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik
asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu, o`z navbatida, dunyoni chuqur bilish,
fikrlash rivojlanishining yangi metodlarini o`rganish kabi vazifalarni bajarish
orqali yechiladi.
Hozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish
muammosi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari
maqsad, mazmun va metodlar, ishni tashkil etish shakl va usullari bir-biri
bilan
uzviy
bog`liqdir.Ular
orasidagi
asosiy
maqsad
tasavvurni
shakllantirishga qaratiladi
Matematik
tushunchalarni
shakllantirish-inson
ijodiy
faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir.
Uning maqsadi-bolalarni faqat matematikani bilishdan emas,balki ularni
hayotga tayyorlash, o`zlarining hayotdagi o`rinlarini topa olishlariga yordam
berishdan iborat.
20
2.
Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda asosiy
masalalar
quyidagilardan iborat:
-bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish darajasinuqtai
nazaridan kichik, o`rta, katta maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar
rejasini asoslash.
-matematik tasavvurlarni shakllantirish maktab matematikasini
o`rganishga tayyorlashning tayyorlashning mazmunini aniqlash.
-matematik tasavvurlarni shakllantirish yo`llari va shartlarini
ishlab chiqsh;
-bolalarda
matematik
tasavvurlarni
shakllantirishda
ta`minlovchi metodik ko`rsatmalar berish.
Tushuncha—bu predmetlar va hodisalarni ba`zi bir muhitni
alomatlariga ko`ra farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. Masalan, son,
miqdor, kesma, to`g`ri chiziq va hokazo. Alomat (belgi) esa predmet yoki
hodisalarning bir-biriga o`xshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi
xossadir. Odatda, predmetlar ma`lum muhim va muhim bo`lmagan
xossalarga ega. Muhim xossa faqat shu ob`ektga tegishli va bu xossasiz
predmet mavjud bo`la olmaydigan xossalarga aytiladi. Predmetning
mavjudligiga ta`sir qilmaydigan xossalar muhim bo`lmagan xossalar
hisoblanadi. Predmet nimani anglatishini bilish uchun uning xossalari
mavjud bo`lsa, u holda bu predmet haqida tushuncha mavjud deyiladi.
Tushuncha nomlanadi, shuningdek, mazmun va hajmga ega bo`ladi.
Predmetning barcha muhim xossalari birgalikda tushunchaning mazmunini
tashkil etadi. Bir xil muhim xossalarga ega bo`lgan predmetlar to`plami
tushuncha hajmini tashkil etadi. Demak, tushuncha hajmi bitta tushuncha
bilan nomlanishi mumkin bo`lgan predmetlar to`plami ham ekan. Matematik
tushunchalar o`z navbatida insoniyat to`plagan katta tajribani umumlashtirish
natijasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub mohiyatini aks ettiradi,
lekin real predmetlarning ko`pgina xossalaridan ko`z yumgan holda ularni
ideallashtirish
natijasida
hosil
bo`ladi.Matematik
tushunchalarni
shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikani o`rgatishga
tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida tan olingan.
Matematikani o`rgatishda u tarbiyaviy choralarga ushbu
omillarni kiritadi:
1)
bolalarda o`qishga bo`lgan qiziqish, bilim va
ko`nikmalarni shakllantirish;
2)
mashg`ulot jarayoniga bo`lgan mas`uliyatlilikni
tushuntirish;
3)
o`z kuchiga, qobiliyatiga bo`ladigan ishonchni
21
tarbiyalash;
4)
matematika keyingi bosqich uchun “zamin” ekanligiga
ishonchlilikni tarbiyalash.
Matematik tushunchalarni shakllantirishda quyidagi
komponentlarga ajratiladi:
1)
keng qamrovli tasvirlashni rivojlantirish;
2)
asosiyni tanlay bilish, abstrakt fikrlashni bilish;
3)
aniq holatdan savolni matematik ifodalashga o`tishni bilish;
4)
tahlil qilishni, aniq holatlarga bo`lishni bilish;
5)
ilmiy xulosalarni aniq materialda ishlashni bilish;
6)
matematik masalani yechishda toqat qilishni bilish,
deduktiv fikrlash ko`nikmalarini hosil qilish;
7)
yangi savollarni berish (qo`yish)ni bilish.
Demak, ilk matematik qobiliyatlar shunday insoniy xususiyatlar
orqali ifodalanadiki, ular matematika ilmida yuqori ijodiy faoliyat
ko`rsatishga imkon yaratadi.
Bilim va ko`nikmalarni o`rganuvchilarning ko`pchiligi bilish bu
matematik masalada qo`yilgan maqsadga muvaffaqiyatli erishtiruvchi bilim
va ko`nikmalarga asoslangan insoniy qobiliyatdir.
“Bilish”ning ayni shunday ifodalanishi ushbu izlanishda
ko`rilmoqda. “Ko`nikma” bolaning masalani yechishdagi shaxsiy
tajribasida ifodalanuvchi faoliyat deb ko`riladi. Bilimni o`zlashtirish va
bilim hamda ko`nikmalarning shakllanishi o`rtasidagi bog`lanish
bolalarning bilimlariga asoslangan bilim va ko`nikmalarni egallashda
ko`riladi. Ushbu ko`nikma va bilimlar hisobida bolalarda yangi bilimlar,
tushunchalar o`zlashtiriladi.
Geometrik tushunchalarni rivojlantirishda bolalarda mustaqil
fikrlashni shakllantiruvchi boshqa bilim va ko`nikmalarni shakllantirish
muhimdir.
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish bir qator shartlarga
bog`liq:
Birinchidan, bola oldin egallagan bilim va ko`nikmalarga ega
bo`lishi muhimdir.
Ikkinchidan, matematik tushunchalarning mazmuni ketma-
ketlikda bo`lishi shartdir.
Uchinchidan,
bola
matematik
tushunchalarni
o`zlashtirish
jarayonini o`rganib, kelib chiqadigan xulosalarni bilishi shart.
22
Ushbu vazifalarning bajarilishi bolaning bilim hajmi va aqlining
rivojlanganlik darajasiga bog`liq. Shuning uchun birinchi bosqichda
pedagog (tarbiyachi)ga aqliy kuch va tirishqoqlikni ko`p talab qilmaydigan
masalalarni taklif etish kerak.
Bunda bola sodda matematik tushunchani o`zlashtirishi, keyin esa
bora-bora bolaning o`zi mustaqil ishlash ko`nikmasini hosil qilgunicha
matematik
tushunchalarni
rivojlantirib,
murakkablashtirish
kerak.
Matematik
tushunchani
o`zlashtirish
jarayonidan
foydalanishning
maqsadga muvofiqligi shu tushunchaning mazmuniga ham bog`liq. Har bir
tushunchadagi ma`lumotlar matematik tushunchalar va g`oyalarning
mantiqiy tugallangan doirasidir,bu esa tarbiyachi tomonidan faol
o`zlashtirilgan, qaytadan ishlab chiqilib oxirigacha o`ylangan bo`lishi
kerak.
Bolalarda
matematik
tushunchalarni
shakllantirishda
ta`limning didaktik tamoyillarini hisobga olish kerak.
Maktabgacha
ta`lim
yoshidagi
bolalarda
elementar
matematik tasavvurlarni shakillantirishdagi dastur
|