Toshkent – 02 O‘qitish materiallar




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/105
Sana05.09.2024
Hajmi9,12 Mb.
#270299
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

Natural son 
tushunchasini umumlashtirish va tushunishning har bir 
bosqichida anglashning sezgilar va mantiqiy elementlarini to`g`ri tartibda 
birlashtirish imkoniyatini ta`minlash lozim. Sezgilar asosidagi tajriba xuddi 
aniq bir tushunchani mantiqiy usulda kashf qilishi kabi rivojlanib, 
takomillashib boradi. Sezgilar asosida anglash – bu bizlarning sezgilarimiz 
va idrokimizdir. 
Bolalarda sonli tasavvurlar yuzaga kelishining ilk bosqichlarida 
sezgilar – predmetlar bilan turli operatsiyalar bajarilishi asosini tashkil 
etadi. Buning uchun 
ularga predmetlarning turli guruhlari (to`plamlari) kerak bo`ladi. Bog`cha 
yoshidagi bolalar ular bilan turli xil amaliy harakatlarni bajaradi: taxlaydi, 
ochib tashlaydi, kiygizadi, ustiga qo`yadi, yoniga qo`yadi, sanab chiqadi. 
Bunda katta yoshdagilar ushbu jarayonni to`plamning miqdori (ko`proq, 
kamroq, teng)ni qiyoslashga yo`naltirib turishi muhim. Ushbu harakatlar 
natijasida, birinchidan, solishtirish va sanash operatsiyalari rivojlanadi; 
ikkinchidan, son to`plamning quvvat ko`rsatkichi ekanligi haqidagi 
tushuncha shakllanadi. 
Bolaning predmetlar bilan amaliyoti, individual yondashuvi natural 
son haqidagi mavhum tushunchaning asosi bo`libgina qolmay, balki 
miqdoriy munosabatlarni o`rganishning yo`li bo`lib ham hisoblanadi. 
Tajriba ushbu songa oid tushuncha mohiyatining hayotiyligi, realligini 
belgilovchi mezon bo`lib xizmat qiladi. 
3.
 
XXI asr - ilk texnikani taraqqiy e`tgan asridir
. Biror 1 
fanni taraqqiy e`tganini oliy matematikasiz ko`z oldimizga keltirib 
bo`lmaydi. Odamlar ilgari barmoq tayoqchalarda sanagan bo`lsalar, endi 
elektron hisoblash mashinasidan - komp`yuterlarda hisoblashmoqda. Ilk 
fanni bunday tez taraqqiy etishi har 1 insonni ongi yuksakligini bildiradi. 
O`sib kelayotgan yosh avlodni barkamol har tomonlama yetuk shaxs qilib 
tarbiyalashda butun O`zbekiston jamoatchiligini oldiga ulkan vazifa qilib 
qo`yildi. Bu vazifalarni amalga oshirish butun O`zbekiston pedagoglar, 
tarbiyachilar zimmasiga yuklatildi. 
Inson xamisha dunyoning sir-sinoatlarini anglab yetishga intiladi. 
O`zicha nimalarnidir yaratadi: quradi, buzadi. Ularning mukammallik 
darajasi esa yaratuvchi inson ilmiga suyanadi. Ilmning kuchi olamshumul 
kashfiyotlar zamirida bo`y ko`rsatib turibdi. Buni ko`rish uchun kundalik 
faoliyatimizga aylanib ulgurgan televizoru, kompyuterlar, mashinalaru 
samolyotlardan tortib, oddiy texnika ixtirolarigacha kuzatish kifoya. Bu 
kabi mojizalarning zamirida esa, shak-shubhasiz, ilmlarning shoxi bo`lmish 
matematikaning hissasi katta. 


31 
B.Paskal 1641-yilda ilk hisoblash mashinasining (8-darajali) 
konstruksiyasini yaratib, 1645-yilda qurdi. Ushbu loyiha asosida uning bir 
qancha seriyasi ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yildi. Ushbu mashinalarning 
birqancha namunalari bizning kunlarimizga qadar saqlanib qolgan. Ushbu 
mashinalarning barcha to`rtta arifmetik amallarni
 
(qo`shish, ayirish, 
ko`paytirish va bo`lish) bajara olishi uning katta yutug`i bo`lgan. 
Zamonaviy hisoblash mashinalarining yoki kompyuterlarning asosiy 
funksional elementlari elektron uskunalar asosida bajarilgan, shuning 
uchun ular 

Download 9,12 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish