elektron hisoblash mashinalari – EHM




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/105
Sana05.09.2024
Hajmi9,12 Mb.
#270299
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

elektron hisoblash mashinalari – EHM 
deb nomlangan. 
Ma`lumotlarni taqdim qilish usullaridan kelib chiqib hisoblash mashinalari 
uchta guruhga bo`linadi: 

anologli hisoblash mashinalari
 
(AHM), undagi ma`lumotlar 
uzluksiz o`zgaruvchan tarzida ifodalanib, qandaydir jismoniy kattalik 
sifatida namoyon bo`ladi; 

raqamli hisoblash mashinalari
 
(RHM), undagi ma`lumotlar 
qandaydir 
jismoniy 
kattalik 
(raqam)dagi 
diskret 
qiymatlarning 
kombinatsiyasida namoyon bo`luvchi o`zgaruvchan qiymatlarning diskret 
ko`rinishida ifodalanadi (sifrlar); 

gibrid hisoblash mashinalari
 
(GHM), ularda ma`lumotlarni 
taqdim qilishning ikki xil usulidan foydalaniladi. 
Ilk anologli hisoblash uskunasi XVII asrda paydo bo`lgan. Bu – 
logarifmik lineyka 
bo`lgan. 
Ayni paytda xayotimizni matematikadan ayri holda tasavvur 
etishimiz mushkul. U aqlni tarbiyalab, hayotdagi mavjud xodisa va 
jarayonlarni mantiqiy mushohadalar asosida tahlil qilishni o`rgatadi. 
Xayotda duch keladigan ayrim muammoli masalalarni to`g`ri va 
aniq yechishni talab qiladi. Mana shu xulosalar haqiqat qonunlarini 
yaratadi, xodisalarning matematik modellarini ifodalaydi. Haqiqatga esa 
osonlik bilan erishib bo`lmaydi. Bundan tashqari, matematika fanini 
zinapoyaga qiyos qilish mumkin. Pillapoyaning oldingi qismini bosmay 
turib keyingisiga o`tish oson bo`lmaganidek, matematikaning dastlabki 
mavzularini anglamay turib, keyingisini o`rganib bo`lmaydi. Matematika 
bir butun, yaxlit fan. Unda xamma tushuncha, teoremalar uzluksiz va 
ketma-ketdir. 
Aslida, inson tug`ilgandan to bu dunyoni tark etgunicha 
matematik qonuniyatlar ichida hayot kechiradi. Buning eng sodda isboti 
mehnatiga yarasha xaq olishidadir. Ya`ni, siz bajargan ishda sarf qilgan 
kuchingiz, vaqtingiz, ilmingiz qiymatini beradigan miqdor bor. Siz qaysi 
kasb vakili bo`lishingizdan qat`i nazar, matematikaga yuzlanmasdan 


32 
ilojingiz yoq. Iqtisodchi foydaning ulushini aniqlash uchun matematik 
formulalarga tayanadi. Tabib bemorining kasalini aniqlash mobaynida 
uning qaytalanish davrini, oldingi holatlar bo`yicha davolanish muddatini 
o`rganadi. Dorilarni qancha miqdorda iste`mol qilish kerakligi ham aynan 
matematik qonuniyatdir. 
Dehqon bozorga olib kelgan mahsulotini yil mobaynida 
yetishtirgan bo`ladi. Unga qancha mehnatiyu sarf-xarajat ketgani 
maxsulotining narxini belgilashda yordam beradi. Matematikada mantiqiy 
fikrlashni o`rgangan inson, uni hayotning xohlagan soxasida qo`llay oladi. 
Maktabgacha yoshdan bolalarda matematik masalalarni 
yechishga o`rgatib, mantiqiy mushoxadalarini rivojlantirgan pedagog, o`z 
tarbiyalanuvchisini kelajakda chidamlilik va tirishqoqlik bilan o`z 
maqsadlari sari dadil odimlashda yo`naltiradi. 
6-ILOVA 

Download 9,12 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish