43
— sharoitlarning hammasi Ulug`bek ilmiy yunalishining shakllanishiga,
Samarqandda «Astronomiya maktabi» ning vujudga kelishga sabab bo`ldi.
Ulug`bek maktabining muhim ilmiy ishlaridan biri «Ulug`bek ziji» yoki
«Zinj ko`ragoni» deb ataluvchi astronomik jadvallardir. Zij,
kirish yahni
nazariy qism va Ulug`bek rasadxonasida o`tkazilgan kuzatishlar bo`yicha
tuzilgan jadvallardan iborat.
Zijida yil hisobi jadvallari, trigonometrik jadvallar, sayyoralar harakati
jadvali va yulduzlar ro`yxati bor.
Ulug`bekning trigonometric jadvallari 10 ta
o`nli xona
aniqligida hisoblangan. Xisoblash vositalari
deyarli bo`lmagan bir davrda bu ishlarni bajarish uchun anchagina hisobchilar
talab qilingan. Ehtimol, hisoblash markazi bo`lgandir?! Ulug`bekning sinus va
kosinuslar jadvallari bir minut oraliq bilan tuzilgan.
Zijda Ulug`bek bir gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola
yozganligi qayd qilindi. Ammo uning bu asari hozircha topilmagan.
Zijning amaliy astronomiyaga taalluqli qismida ekliptika ekvatorga
o`tishi, osmon yoritgichlarining
koordinatlarini aniqlash, erdagi ixtiyoriy
punktning geografik uzunligi va kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar
orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar bor. Ulug`bek oy va quyosh
tutilishlarini ikki usulda:
1.
O`zi tuzgan jadvallar yordamida.
2.
Bevosita hisoblab aniqlash mumkinligini aytadi va usullarga
doir misollar keltiradi.
Ulug`bekning yulduzlar ro`yxati 1018 yulduzdan iborat bo`lib, u yulduz
turkumlari bo`yicha joylashtirilgan. Ro`yxatda har bir yulduzning turkumdagi
nomeridan tashqari, uning yulduz turkumidagi o`rnining qisqacha tavsifi, 1437
yildagi teng kunlik nuqtasiga nisbatan uzunligi va kengligi berilgan.
Buyuk olimning «Risolaiy Ulug`bek» nomli astronomik va «tarixi
arba`ulus» nomli tarixiy asari ham o`rganilmagan.
Bu asarlar, umuman fan
tarixida ham ma`lum va noyobdir.
Shuni ham aytish kerakki, musulmon mamlakatida va umuman, islom
madaniyatida aniq fanlar, ayniqsa, agronomiya
va matematika nixoyatda
muhim o`rin tutdi, chunki musulmon qaerda bo`lishidan qat`iy nazar, erta
tongdan oqshomga qadar uning uchun besh vaqt nomoz farzdir. Nomoz
vaqtlari esa har bir geografik kenglikda ham quyoshning erdan balandligiga
qarab belgilanadi. Undan tashqari islomda qabul qilingan Xijriy yil hisobi 354
44
kunni tashkil qiluvchi 12 qamariy oydan iborat bo`lib, hilolni masjit
minorasidan yoki rasadxona tepasidan ko`z bilan ko`rib aniqlangan.
Shuning uchun musulmon kishining hayoti astronomiya, matematika,
jo`g`rofiya, hunarmandlik va me`morchilikka aloqador bo`lgan.
Reaksion doiralar tazyiqi ostida Ulug`bekning o`g`li — Abdullatif 1949
yilning kuzida otasini Makkaga safari bahonasida
Samarqand yaqinida qatl
ettirdi. Ulug`bek jasadi Samarqandda dafn etilgan.
1449 yili Ulug`bekning fojeali o`limidan so`ng Samarqand olimlari asta
sekin yaqin O`rta sharq mamlakatlari bo`ylab tarqalib ketdilar. Ular o`zlari
borgan erlarga Samarqand olimlarining yutuqlarini va «Zij»ning nusxalarini
ham etkazdilar. Xususan Ali Ќushchi 1473 yil Istambulga borib, u erda
rasadxona qurdirdi. Shu tariqa Ulug`bek «Zij»i Turkiyada tarqaldi va Turkiya
orqali Ovrupa mamlakatlariga ham etib bordi.
Xozirgi kundagi ma`lumotlarga ko`ra, “Zij”ning 120 ra yaqin forsiy
nusxasi va 15 dan ortiq arabiy nusxasi mavjud.