39
O`rta va Yaqin Sharq matematiklarining IV-XV asrlarda erishgan
yutuqlari butunjahon matematika fani rivojlanishida sezilarli iz qoldirdi. O`rta
Osiyoning buyuk ajdodlari – Al-Farg`oniy, Umar Hayyom, Al-Xorazmiy, Ali
Qushchi, Mirzo Ulug`bek va ko`plab boshqa allomalar matematika fani tarixida
zarvaraqlar bilan yozib qoldirilgan. Ularning asarlarida nafaqat bundan oldingi
davrlardagi ajdodlarning matematik merosi umumlashtirilib saqlandi, balki
umuman yangi usullar yaratildi, matematika fanining yangi tarmoqlari
rivojlanishiga asos solindi.
IX-XV asr sharq matematiklari ijodi markazida quyidagilar alohida o`rin
egalladi: trigonometrik jadvallarning tuzilishi
qator muhim arifmetik
muammolarning hal etilishida (nolni qo`llagan holda, sanoq tizimidagi o`ntalik
pozitsiyalarning tarqalishi, butunlay oltmishtalik pozitsiyali sanoq tizimining
yaratilishi, har qanday natural ko`rsatkichga ega bo`lgan ildizlarni hisoblash
usullari), shuningdek, algebra fanining mustaqil fan sifatida yaratilishida
ahamiyati kattadir.
Xayotimizda chuqur o`zgarishlar yuz bermoqda.
Xalqimizning asriy
orzusi mustaqillikka tinch, parlament yo`li bilan erishdik. Istiqlol tufayli
o`zbek halqi o`zining haqiqiy tarixini, jahon tan olgan madaniy va ma`rifiy
boyliklarini, urf-odat va an`analarini tiklash imkoniyatiga ega bo`ldi.
Matematikaning yuzaga kelishi masalasi qadimgi zamonlardan beri
ko`plab olim hamda pedagog-amaliyotchilarni qiziqtirib kelgan. Haqiqatdan
ham dastlabki matematik tushunchalar qay tarzda paydo bo`lganini,
ular qay
tarzda rivojlanganligini, boyib sekin-astalik bilan alohida fan sohasiga
aylanishi qanday sodir bo`lganligini bilish juda ham qiziq. Ayniqsa bu bolani
son va sanoq bilan ilk tanishuv xususiyatlarini o`rganuvchi maktabgacha
pedagogika va matematik tasavvurlar shakllanishi metodikasi fani uchun
muhimdir
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma`naviy jasoratni,
diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o`zida mujassam etgan buyuk
arboblar ko`p bo`lgan. Muxammad ibn Muso — al Xorazmiy, Umar Xayyom,
Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al — Koshiy,Ulug`bek
va boshqa
ko`plab buyuk ajdodlarimiz o`z asarlarida arifmetikaning rivojlanishiga ulkan
hissa qo`shdilar, halqimizning milliy iftixori bo`lib qoladilar. Ularning
nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo`shgan buyuk hissalari hozirgi
kunda butun dunyo tomonidan e`tirof qilinmoqda. Biz ularning asarlari bilan
tanishib chiqamiz.