• Shunday qilib, matematika insonning amaliy ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan fan sifatida zamonaviy jamiyatning rivojlanishini ta`minlovchi
  • Toshkent – 02 O‘qitish materiallar




    Download 9,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/105
    Sana05.09.2024
    Hajmi9,12 Mb.
    #270299
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
    Bog'liq
    Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

    kibernetika 
    – ma`lumotlardagi aloqalar va 
    ularni qayta ishlash sohasiga rahbarlik haqidagi matematika fani yuzaga keldi. 
    1948-yilda o`zining “Kibernetika yoki tirik organizm va mashinadagi 
    aloqadorlik haqida Rahbarlik” nomli kitobini nashr qildirgan amerikalik 
    matematik Norbert Viner uning asoschisi hisoblanadi.Kibernetika bir qator 
    yondosh ilmiy fanlarning ma`lumotlarini sintez qilish hisobiga yuzaga kelgan: 
    ularning nazariyalaridan ma`lumotlar, ehtimollar, avtomatlar nazariyasi
    shuningdek, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, zamonaviy hisoblash texnikalari 
    va avtomatikaga oid ma`lumotlar. 


    41 
    Kibernetik mashinalar kosmik kemalarni boshqarmoqda, biroq ushbu 
    mashinalarning barchasini inson yaratmoqda. Bularning barchasi inson ongi 
    mahsuli, uning bilimlari natijasi bo`lib, matematikaga oid fanlar orasida 
    yetakchi o`rinni egallaydi. 
    Shunday qilib, matematika insonning amaliy ehtiyojlari asosida yuzaga 
    kelgan fan sifatida zamonaviy jamiyatning rivojlanishini ta`minlovchi 
    majmuaviy, integrativ fan sifatida shakllandi.
    MUXAMMAD IBN MUSO 
    XORAZMIY. 
     
    Muxammad ibn Muso Xorazmiy 783 
    yilda Xorazmda, Xivada tug`ilgan. Yoshligidan 
    ilm — fanga qiziqqan. Qunt bilan arab, fors, 
    hind va yunon tillarini o`rgangan. Donishmand 
    sifatida tanilgan, IX-asr boshlarida o`z davrining 
    katta ilmiy va madaniy markazi hisoblangan 
    Bog`dodga taklif qilingan. Xorazmiy saroyda 
    sermarali 
    ijod 
    qilib, 
    Sharqning 
    dastlabki 
    akademiyasi («Bayt- ul — Xikmat») «Donolar 
    uyi "da faol ishtirok etdi. 
    Xorazmiy juda ko`p asarlar yaratgan bo`lsa ham ularning hammasi 
    bizgasha etib kelmagan. Xorazmiyning arifmetika va algebraga oid asarlari 
    matematika tarixida yangi davrni o`rta asrlar matematikasi davrini boshlab 
    berdi, hamda matematikaning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga beqiyos hissa 
    qo`shdi. 
    Uquvchilar algebra, algoritm so`zlarini ko`p eshitishgan. Algebra 
    matematikaning katta bir bo`limi, algoritm esa xozirgi zamon xicob 
    texnikasining, matematikasining asosiy termini. 
    Algebra, algoritm so`zlari matematik, astronom va geograf, «Xozirgi 
    zamon algebrasining otasi «al — Xorazmiy nomi bilan bog`liqdir. Uning «Al 
    — jabr val- muqabala» risolasi keyinchalik Evropada «algebra» deb ataladigan 
    bo`ldi. 
    Ayni shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomidan XII asr boshlarida 
    «algoritm» termini paydo bo`ldi. 


    42 
    Xorazmiyning matematikaga oid shoh asarlari Fapb va Sharq xalqlari 
    tillariga tarjima qilinib, ko`p asrlardan buyon qo`llanma sifatida xizmat qiladi. 
    Xorazmiyning «Xind hisobi va sonlari haqida», “Al-Jabr”, 
    «Arifmetika», 
    «Marmar soat haqida», «Er surati», “Tarix kitobi”, «Yahudiy eralari va 
    bayramlari» haqida asarlari, ayniqsa ma`lum va mashhurdir. Uning «Ziji» 
    nomli asari dastlabki astronomik asar sifatida faqatgina Sharqdagina emas
    Garbda ham shu fan rivoji uchun katta xizmat ko`rs atgan. 
    Muxammad ibn Muso Xorazmiyning ibratli hayoti, ijodi, yaratgan 
    asarlari, qoldirgan merosi bebaho boylik bo`lib, hozirgacha ham qimmati va 
    ahamiyatini yuqotmagan. 

    Download 9,12 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




    Download 9,12 Mb.
    Pdf ko'rish