53
bo`lishning har xil usullarini ko`rsatadi, bolalar
butun bilan qism orasidagi
munosabatlarni o`zlashtiradi.Shunday qilib, dasturning har bir bo`limi ketma-ket
o`tkaziladigan bir necha mashg`ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari
mashg`ulotdan
mashg`ulotga
kengayadi,
aniqlashtiriladi
va
mustahkamlanadi.Dasturning
bir
bo`limidan
ikkinchi
bo`limiga o`tishda
o`tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o`zlashtirilgan bilimlar bilan bog`lashni
ta`minlash katta ahamiyatga ega.Shunday qilib, dasturning har bir bo`limi ketma-
ket o`tkaziladigan bir necha mashg`ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari
mashg`ulotdan
mashg`ulotga
kengayadi,
aniqlashtiriladi
va
mustahkamlanadi.Dasturning
bir
bo`limidan
ikkinchi
bo`limiga o`tishda
o`tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o`zlashtirilgan bilimlar bilan bog`lashni
ta`minlash kata ahamiyatga ega.
Yangi materialni o`rganish jarayonida o`tgan materialni takrorlash
bolalarning bilimlarini
chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e`tiborini yangi
materialga qaratish, uning puxta o`zlashtirilishiga imkon beradi.Odatda yangi
mavzuni uch, besh mashg`ulot davomida, oldin uning birinchi qismida,
keyinroq
ikkinchi qismida o`rganiladi. Mavzuni ikki hafta, ba`zan uch hafta o`tganidan
keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir
o`rganilgan bo`limi o`quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo`lib
turishi kerak.Shu munosabat bilan bir mashg`ulotning o`zida dasturning bir
bo`limiga yoki har xil bo`limning, "Miqdor", "Sanoq", "Kattalik", "Shakl" va
boshqa
bo`limlariga
oid
masalalar
o`rganilishi
va
takrorlanishi
mumkin.O`qitishning hamma bo`limlari bo`yicha dasturni bolalar izchil
o`rganishini va ularda elementar matematik bilimlar sistemasini shakllantirishni
shunday qilib ta`minlash mumkin bo`ladi.Matematika o`qitishda mashg`ulotning
har
xil
turlaridan
foydalaniladi.
Mashg`ulot turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o`rganishga
yoki o`tilganlarni takrorlashga, bir qator mashg`ulotlarning
materiallarini
umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag`ishlanadi.O`qitish
tajribasida qaragan mashg`ulotlar eng ko`p o`rinni oladi, ularning birinchi qismida
8-10 daqiqa davomida yangi material o`rganiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa
davomida)
oldingi
mashg`ulotlarda
olingan
bilim
va
ko`nikmalar
mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o`zlashtirilgan bilimlar 3
- 4 daqiqa takrorlatiladi.Yangi materialni o`zlashtirish bolalardan ko`proq
zo`riqishni talab qiladi. Shu sababli mashg`ulot oxirida tanish materialni kiritish
biroz
bo`shashish
imkonini
beradi.
Masalan,
tayyorlov
guruhidagi
mashg`ulotlarning birinchi qismida 5sonining o`zidan kichik ikki sondan iborat
tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi
qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi o`rganilishi, bilimlar
mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismida "Nima o`zgardi?" o`yinida
buyumlar to`plamini sanash (masalan, samolyotlar zvenolari nechtaligini, har qaysi
zvenoda
nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini
aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashg`ulotning tuzilishi dastur
bo`limlarining hajmi, mazmuni, ko`rgazmaliligi, tegishli bilim va ko`nikmalarning
o`zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog`liq.Chunonchi, kichik guruxda bi
54
yoki ikki mavzu bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan
birga hamma guruhda yangi mavzu bo`yicha birinchi mashg`ulot, odatda, to`liq
o`rganishga bag`ishlanadi, takrorlash yangi materialning o`tilishi munosabati bilan
yoki mashg`ulotning oxirida o`tkaziladi.Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi
mashg`ulotlar berilgan mavzu bo`yicha ham
materialni mustahkamlashga
bag`ishlanadi.
Mashg`ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu
mashqlar o`ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, "Kim qaysi o`yinchoqlarni
sanadi?,
O`yinchoqlar
nechta?"
kabi
o`yin-mashqlardan
boshlash
mumkin.Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar
tarbiyachi ko`rsatmasiga binoan o`yinchoqlarni sanab chiqadilar, so`ngra
o`yinchoqlar salfetka bilan yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu o`yinchoqdan
nechtadan bo`lganini yoki kimda o`yinchoqlar borligini va o`yinchoqlar
qancha
bo`lganini
topadilar).
Bolalar (o`rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida), buyumlarni va
geometrik figuralarni har xil alomatlari bo`yicha guruhlarga ajratishni,
o`yinchoqlar, figuralar, jadvallar to`plamiga tayyorlov guruhlarida "qancha" so`zi
bilan savollar o`ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek, "Qo`shnilaringni top",
"Men qaysi sonni o`tkazib yubordim", "Kim ko`p bilsa, u uzoq sanaydi" kabi
o`yinlar
o`tkaziladi.Yangi
materialni
tushuntirishda
tarbiyachining
yoki
chaqirilgan bolaning harakatlari hamma bolalarga ko`rinib turishi muhim.Keyinroq
bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash uchun topshiriqlar hamma bolaga bir
vaqtda beriladi. Bolalar o`rinlarida yuzlari bilan qarab o`tirishlari kerak.Chunki
topshiriqlarning bajarilishini tekshrishda yoki yangi topshiriqlar berishda
tarbiyachi bolalar e`tiborini
namunaga tortishi, bajarilishining u yoki bu jihatini
ko`rsatishi kerak bo`ladi. Olti o`rinli stollar mavjud bo`lganda uning atrofiga
to`rttadan ortiq bolani o`tkazmaslik kerak, zarur bo`lsa, qo`shimcha 1-2 ta stol
qo`yish kerak.Bolalarning bilim va ko`nikmalari tekshiriladigan mashg`ulotlar
tarbiyachi stoli oldida tashkil qilinadi.
Agar mashg`ulotning borishida yoki uning oxirida harakatli o`yinlardan
foydalaniladigan bo`lsa, bu o`yinlarni o`tkazish uchun oldindan joy tayyorlab
qo`yish kerak.
Mashg`ulotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishda ko`rsatma qo`llanmalarni to`g`ri
tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham,
bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish borasida ham ko`rsatmalilik
boshlang`ich moment bo`lib xizmat qiladi. Hamma mashg`ulotlarda
kundalik
turmushda ishlatiladigan buyumlar, o`yinchoqlar, tabiiy maeriallardan keng
foydalaniladi. Hamma bolalar o`yinchoqlar bilan o`ynashlari uchun o`yinchoqlar
ko`p miqdorda tanlanadi.
6-ILOVA