5
nofao
l
4
qisma
n
3
Umum
an
ishtirok
etmadi
2
“O`ylang-juftliklarga bo`lining-
fikrlar
bilan
almashing”
texnikasini faolliklari
5
Faol
Ishtiro
ki
nofaol qisman Umum
an
ishtirok
etmadi
Bilimlarni
mustahkamlash:
nazorat
savollariga
javob
berishdagi faolliklari
5
Savollar
ga to`liq
javob
beradi,
misollar
keltiradi
Savoll
ar
ga
javob
beradi
Qis
man
javo
b
bera
di
Umum
an javob
bermay
di
67
5-Mavzu: Ilk yosh bolalarining matematik tasavvurlarni shakllantirish
Reja:
1.Ilk yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini shakllantirish ishlarini tashkil
etish.
2.Ilk yosh bolalarini buyumlar to`plami bilan ishlash, “ko`p”, ”bitta”, ”hech ham
yo`q” so`zlari bilan belgilash; buyumlar o`lchamini, shaklini farqlash, idrok
qilishning o`ziga xos xususiyatlari.
3.Didaktik o`yinlarning bolalarni aqliy rivojlanishlaridagi o`rni.
Kichik guruh bolalari bilan ishlashda narsalarning sifat belgilarini ajratib
ko`rsatish mashqidan boshlash maqsadga muvofiqdir. Narsalarni aytilgan
belgilariga qarab tanlash va guruhlarga ajratish vazifalarini berish ayniqsa
foydalidir.Bir necha o`yinchoq ichidan unga (namunaga) o`xshashini tanlab olish.
Pedagog (taibiyachi) stol ustiga ayiqcha-ni, qo`g`irchoqni, quyonchani qo`yadi.
So`ngra «schrli qopcha» ichidan bitta o`yinchoqni oladi va stol ustidan xuddi
shunga o`xshash o`yinchoqni topishni taklif qiladi.Rangi, o`lchami yoki shakli har
xil bo`lgan 2-3 ta narsa (ayiqchalar, kubiklar, shariklar, koptoklar) orasidan xuddi
shu rang (o`lcham, shakl)dagi narsani tanlab oladi. Bola topshiriqni bajargach,
tanlab olgan o`yinchog`ining nomini va har ikkala o`yinchoq uchun umumiy
bo`lgan belgini aytishi kerak.Agar kichkintoy xato qilsa, pedagog (tarbiyachi) unga
savollar beradi: «Bu nima? Sen shu o`lchamdagi (rangdagi) kubikni (ayiqchani)
oldingmi? Kubiklarni ustma-ust qo`y!» Pedagog (tarbiyachi) olinishi lozim bo`lgan
narsalarni ko`rsatishi mumkin: «Mana bu kubikni olish kerak, ko`rdingmi, u xuddi
mana shu rangda».
Pedagog (tarbiyachi) kundalik hayotiy vaziyatni tashkil qiladi yoki undan
foydalanadi, bunda bitta bola yoki bir necha bola narsalarni tanlab oladi yoki
guruhlarga ajratadi. Masalan, qurishda ishlatilishi mumkin bo`lgan hamma
materiallarni yashikka solish, qo`g`irchoqlarni esa tokchaga terib qo`yish, rasm
soladigan barcha mo`yqalamlarni yig`ib, qutichaga solish, bitta savatga hamma
katta koptoklarni, boshqasiga esa kichkina koptoklarni solib qo`yish. Oldin bolalar
narsalarni bitta belgisiga qarab, keyinroq esa ikkita belgisiga qarab tanlab oladilar.
Har gal kichkintoylardan biri narsalar qanday umumiy belgi asosida guruhga
birlashtirilganini va o`zi nima qilganligi hamda nima uchun shunday qilganligini
aytib berishi muhimdir. Bunday qilish bolalarni ongli harakat qilishga o`rgatadi.
68
Bunday mashqlar natijasida bolalar hatto bitta umumiy belgisi bo`lgan turli xil
narsalarni ham bir guruhga birlashtirish mumkinligini tushuna boshlaydilar. Endi
ular mazkur guruhga mansub narsalarning 2 ta umumiy belgisini ajralib ko`rsata
oladilar. Bundan tashqari, bolalarda aytilgan belgilarga qarab narsalarni taqqoslash
va tanlash (ajratib olish) uchun bir-birining yoniga, ustiga qo`yish usullaridan
foydalanish ko`nikmasi mustahkamlanadi.
Son-sanoq bo`yicha
tasavvurlarni
shakllantirish.«Son-sanoq»
bo`limi
«Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish» bo`limining asosiy o`zagidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mazkur bo`lim dasturiy masalalarini
o`zlashtirishlari maktabning boshlang`ich sinflarida ularning matematikani ongli
o`zlashtirishlarining garovidir.
Son-sanoq
.
Maktabgacha yoshidagi bolalarni o`qitish o`ziga xos xususiyatga
ega. Maktabgacha yoshida yechilishi kerak bo`lgan vazifalar hal qilinmasa,
maktabda o`qitish muvaffaqiyatli bo`lmaydi. Bu vazifalardan biri aniq bilimlar va
tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o`tishdan iborat. Bu xil o`tish
saviyasi, ayniqsa, matematika o`qitish uchun zarurdir.Bunday saviyaning
bo`lmasligi yoki yetarli bo`lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir
tomondan, maktabgacha yoshidagi bolalar ko`pincha maktabga mavhum
matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin
bo`ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstrakt bilimlarni egallar ekanlar,
ko`pincha ularni normal, asl mazmunini tushunib yetmagan holda o`zlashtiradilar.
Shuning uchun ham aniq shartsharoitlarda matematik bilimlarni qo`llanish
imkoniyati juda cheklangan bo`ladi. Shu sababli maktabgacha ta`lim yoshidagi
bolalarni o`qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan aniq borliq
orasidagi bog`liqlikni ta`minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini
shakllantirishdan iborat bo`lishi kerak. Tekshirishlar shuni ko`rsatmoqdaki,
maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o`qitishda o`tish saviyasi mazmuni
quyidagilardan iborat:
Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni o`zlashtirish kerakki, ularda
matematik operatsiyalarni qo`llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko`rinib turadi.
Bu bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog`liq (tenglashtirish,
taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar
kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib
(masalan, fazoda ajratib qo`yilgan ikki to`plamni amalda tenglashtirish) amalga
oshirish mumkin bo`lmaydi. Bolalarni to`plamning ayrim elementlardan iboratligi
bilan tanishtirib bo`lgach, ularni bir xil narsalarni mustaqil ravishda guruhlarga
ajratishga, tevarak-atrofdagi yagona (bitta) narsalarni va narsalar yig`indisi
(ko`p)ni topa olishga o`rgata boshlanadi.
3 yoshli kichkintoylar, garchi ularning hammasi bo`lmasa ham, bir joyga,
bitta guruhga yig`ib qo`yilgan narsalar yig`indisini mustaqil ravishda ajratib
ko`rsata oladilar. (Mashinaning g`ildiraklari ko`p, qo`lda barmoqlar ko`p, bog`da
yoki o`rmonda daraxtlar ko`p va hokazo.)Xonada qaysi narsalar ko`p, qaysilari
bittadan uchraydi, degan savolga javob topish ular uchun oson ish emas. Bu
masalani hal etish uchun ular tevarak-atrofni ancha tnurakkab fazoviy miqdoriy
tahlil qilishlari: qandaydir bir narsani ajratishlari, diqqat e`tiborlarini o`shanga
69
qaratishlari, o`sha turdagi narsalar atrofda boryo`qligini ko`rib chiqishlari va bu
narsalarni, garchi ular xona, dala hovli va boshqa joylarning har tomonida sochilib
yotgan bo`lsa ham, yaxlit bir butun narsa deb tasavvur qilishlari,ya`ni bolalar
narsalarning miqdoriy tomonini ularning fazoviy sifat xossalaridan va fazoviy
nisbatlaridan abstraktlashtirishni o`rganishlari kerak bo`ladi. Narsalarning
miqdoriy tomonini abstraktlashtirish va garchi bir xil narsalar aslida butun xona
bo`ylab har yoqda sochilib yotgan bo`lsada, ularni fikran birlashtirish ko`nikmasini
astasekin o`stirib borishga imkon beruvchi mashqlarni bir tizimga keltirib ishlab
chiqadi.Ishni ko`rsatilgan miqdordagi (bitta, ko`p) turli rangdagi narsalarni doska
ustiga terib qo`yish mashqidan boshlanadi. Doska chap va o`ng tomonda yoki
baland hamda pastda joylashtiriladi.Bolalarga, masalan, quyidagi topshiriqlar
beriladi: «Chap tomonga, qizil doska ustiga bitta qo`ziqorin, o`ng tomonga, havo
rang doska ustiga esa ko`p qo`ziqorin joylashtirilsin». Doskalar joyini o`zgartirib
yoki ularning ustiga qo`yilishi kerak bo`lgan narsalar miqdori haqidagi
ko`rsatmalarni o`zgartirib, pedagog (tarbiyachi) bolalarni narsalar miqdorini avval
doskalar rangiga qarab, keyinroq esa ularning fazoviy joylashishiga qarab topishga
o`rgatadi.Bunday ishga 2-3 mashg`ulot ajratiladi. Mana shu mashg`ulotlarda
bolalar yo`l-yo`lakay chap va o`ng qo`lini farq qilishni, qo`llami farq qilish asosida
esa narsalarning bir-biridan chapda va o`ngda joylashganligini aniqlashni
o`rganadilar.Kichkintoylar
narsalarning
bir-biridan
yuqorida
va
pastda
joylashganligini aniqlashni ham o`rgatiladi.
Bolalar vazifalarni bajarib bo`lganlaridan so`ng pedagog (tarbiyachi) ulardan
har bir doska ustida nechta (bittami yoki ko`pmi) o`yinchoq borligini aytishlarini
so`raydi, kichkintoylarga yordamchi savollar bilan ko`maklashadi.Ikkinchi
mashg`ulotda bolalar doskalar turgan joyni ham kо`rsatishga undaladi. («Chap
tomondagi qizil doska ustida ko`p o`yinchoq, o`ng tomondagi havo rang doska
ustida esa bitta o`yinchoq bor».)Keyin shunday mashg`ulotlar o`tkaziladiki, ularda
bolalar tarbiyachining topshirig`iga binoan stol ustidan bitta yoki ko`p o`yinchoq
topib olib keladilar.Bir xil o`yinchoqlarning o`zini ham birlik sonda, ham guruh
holida ko`rsatish kerak. Masalan, bir stol ustiga 1 ta kuchukcha, boshqasiga esa 3
ta kuchukcha qo`yiladi.
Bolalar, bir xil narsalarning bitta va ko`p bo`lishi mumkinligini tushunishlari
kerak, guruhlarga turli miqdordagi (3 dan 5 gacha) narsalar kiritiladi. Bu narsa
bolalarda miqdoriy tarkibi jihatidan turlicha bo`lgan to`plamlarni idrok etish
tajribasining to`planishiga imkon beradi.Oldin topshiriqning mazmunida
kichkintoy nima qilishi kerak bo`lsa, shularning barchasi tushuntirib beriladi
(«Ko`p xo`rozcha olib kel»), keyinroq esa bolaning o`ziga yoqqan bitta yoki ko`p
predmetlarni olib kelishi taklif qilinadi.Bolalar birinchi holda faqat to`plamning
farqiga borishlari, ikkinchi holda esa o`zlari narsalarni mustaqil ravishda tanlab
olishlari ham zarur bo`ladi. Bu ishni bajarish kichkina bola uchun oson emas.
Mashg`ulot boshlanishida pedagog (tarbiyachi) har bir stol ustida qanday
o`yinchoqlar turganini bolalar bilan birga ko`rib chiqadi va ularning e`tiborini
o`yinchoqlarining ko`p yoki bitta ekanligiga jalb etadi
6-ILOVA
|