Toshkent – 02 O‘qitish materiallar




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/105
Sana05.09.2024
Hajmi9,12 Mb.
#270299
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

 
(F) 
– Fikringizni bayon eting. 
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko`rsating. 
(M) – Ko`rsatilgan sababni tushuntiruvchi 
misol keltiring
 
(U) – Fikringizni umumlashtiring
 
 
Matematika mashg`ulotlari va uni o`tishga qo`yilgan talablar mavzusida 
o’quvchilar o’z fikrlarini bayon etadilar 
5-ILOVA 
Tayanch so`z va iboralar:
Maktabgacha ta`lim, matematik 
tushuncha,tushuncha,
 
tarbiya, mashg`ulot, matematika, arifmetika, talablar, 
metod,kattalik, usullar,geometrik figura 
 
4-Mavzu: Matematika mashg`ulotlari va uni o`tishga qo`yilgan talablar. 
Reja: 
1.Matematika mashg`uloti va uni o`tishga qo`yilgan talablar.
2.MTM bolalariga matematik tushunchalar berishda foydalaniladigan 
metod va usullar. 
3.Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar nutqiga qo`yilgan talablar. 
 
Matematika mashg`ulotlari haftaning ma`lum bir kunida o`tkazilishi kerak. 
Tarbiyachi mashg`ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o`rganadi. 
Matematik bilimlar bolalarga qat`iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, 
bunda yangi materiallar bolalar o`zlashtira oladigan bo`lishi kerak. Har bir vazifa 
bir qator kichik topshiriqlarga bo`linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket 
o`rganiladi. Masalan, tayyorlov gurux bolalarini buyumlarni bo`laklarga bo`lish 
bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalgam oshiriladi: bolalar birinchi 
mashg`ulotda buyumlarni ikkita teng qismga bo`lishni mashq qiladilar va yarim 
nima ekanligini o`zlashtiradilar; ikkinchi mashg`ulotda bolalarning teng ikkiga 
bo`linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug`ati 
aktivlashtiriladi; tarbiyachi uchinchi mashg`ulotda bolalarga buyumlarni teng to`rt 
qismga bo`lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunni qismga munosabatini 
ko`rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va to`rt qismga 
bo`lishning har xil usullarini ko`rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi 
munosabatlarni o`zlashtiradi.Shunday qilib, dasturning har bir bo`limi ketma-ket 
o`tkaziladigan bir necha mashg`ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari 
mashg`ulotdan 
mashg`ulotga 
kengayadi, 
aniqlashtiriladi 
va 
mustahkamlanadi.Dasturning 
bir 
bo`limidan 
ikkinchi 
bo`limiga o`tishda 
o`tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o`zlashtirilgan bilimlar bilan bog`lashni 
ta`minlash katta ahamiyatga ega.Shunday qilib, dasturning har bir bo`limi ketma-
ket o`tkaziladigan bir necha mashg`ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari 
mashg`ulotdan 
mashg`ulotga 
kengayadi, 
aniqlashtiriladi 
va 


61 
mustahkamlanadi.Dasturning 
bir 
bo`limidan 
ikkinchi 
bo`limiga o`tishda 
o`tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o`zlashtirilgan bilimlar bilan bog`lashni 
ta`minlash kata ahamiyatga ega. 
Yangi materialni o`rganish jarayonida o`tgan materialni takrorlash 
bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e`tiborini yangi 
materialga qaratish, uning puxta o`zlashtirilishiga imkon beradi.Odatda yangi 
mavzuni uch, besh mashg`ulot davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq 
ikkinchi qismida o`rganiladi. Mavzuni ikki hafta, ba`zan uch hafta o`tganidan 
keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir 
o`rganilgan bo`limi o`quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo`lib 
turishi kerak.Shu munosabat bilan bir mashg`ulotning o`zida dasturning bir 
bo`limiga yoki har xil bo`limning, "Miqdor", "Sanoq", "Kattalik", "Shakl" va 
boshqa 
bo`limlariga 
oid 
masalalar 
o`rganilishi 
va 
takrorlanishi 
mumkin.O`qitishning hamma bo`limlari bo`yicha dasturni bolalar izchil 
o`rganishini va ularda elementar matematik bilimlar sistemasini shakllantirishni 
shunday qilib ta`minlash mumkin bo`ladi.Matematika o`qitishda mashg`ulotning 
har 
xil 
turlaridan 
foydalaniladi. 
Mashg`ulot turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o`rganishga 
yoki o`tilganlarni takrorlashga, bir qator mashg`ulotlarning materiallarini 
umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag`ishlanadi.O`qitish 
tajribasida qaragan mashg`ulotlar eng ko`p o`rinni oladi, ularning birinchi qismida 
8-10 daqiqa davomida yangi material o`rganiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa 
davomida) 
oldingi 
mashg`ulotlarda 
olingan 
bilim 
va 
ko`nikmalar 
mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o`zlashtirilgan bilimlar 3 
- 4 daqiqa takrorlatiladi.Yangi materialni o`zlashtirish bolalardan ko`proq 
zo`riqishni talab qiladi. Shu sababli mashg`ulot oxirida tanish materialni kiritish 
biroz 
bo`shashish 
imkonini 
beradi. 
Masalan, 
tayyorlov 
guruhidagi 
mashg`ulotlarning birinchi qismida 5sonining o`zidan kichik ikki sondan iborat 
tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi 
qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi o`rganilishi, bilimlar 
mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismida "Nima o`zgardi?" o`yinida 
buyumlar to`plamini sanash (masalan, samolyotlar zvenolari nechtaligini, har qaysi 
zvenoda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini 
aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashg`ulotning tuzilishi dastur 
bo`limlarining hajmi, mazmuni, ko`rgazmaliligi, tegishli bilim va ko`nikmalarning 
o`zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog`liq.Chunonchi, kichik guruxda bi 
yoki ikki mavzu bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan 
birga hamma guruhda yangi mavzu bo`yicha birinchi mashg`ulot, odatda, to`liq 
o`rganishga bag`ishlanadi, takrorlash yangi materialning o`tilishi munosabati bilan 
yoki mashg`ulotning oxirida o`tkaziladi.Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi 
mashg`ulotlar berilgan mavzu bo`yicha ham materialni mustahkamlashga 
bag`ishlanadi. 
Mashg`ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu 
mashqlar o`ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, "Kim qaysi o`yinchoqlarni 
sanadi?, 
O`yinchoqlar 
nechta?" 
kabi 
o`yin-mashqlardan 
boshlash 


62 
mumkin.Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar 
tarbiyachi ko`rsatmasiga binoan o`yinchoqlarni sanab chiqadilar, so`ngra 
o`yinchoqlar salfetka bilan yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu o`yinchoqdan 
nechtadan bo`lganini yoki kimda o`yinchoqlar borligini va o`yinchoqlar qancha 
bo`lganini 
topadilar). 
Bolalar (o`rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida), buyumlarni va 
geometrik figuralarni har xil alomatlari bo`yicha guruhlarga ajratishni, 
o`yinchoqlar, figuralar, jadvallar to`plamiga tayyorlov guruhlarida "qancha" so`zi 
bilan savollar o`ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek, "Qo`shnilaringni top", 
"Men qaysi sonni o`tkazib yubordim", "Kim ko`p bilsa, u uzoq sanaydi" kabi 
o`yinlar 
o`tkaziladi.Yangi 
materialni 
tushuntirishda 
tarbiyachining 
yoki 
chaqirilgan bolaning harakatlari hamma bolalarga ko`rinib turishi muhim.Keyinroq 
bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash uchun topshiriqlar hamma bolaga bir 
vaqtda beriladi. Bolalar o`rinlarida yuzlari bilan qarab o`tirishlari kerak.Chunki 
topshiriqlarning bajarilishini tekshrishda yoki yangi topshiriqlar berishda 
tarbiyachi bolalar e`tiborini namunaga tortishi, bajarilishining u yoki bu jihatini 
ko`rsatishi kerak bo`ladi. Olti o`rinli stollar mavjud bo`lganda uning atrofiga 
to`rttadan ortiq bolani o`tkazmaslik kerak, zarur bo`lsa, qo`shimcha 1-2 ta stol 
qo`yish kerak.Bolalarning bilim va ko`nikmalari tekshiriladigan mashg`ulotlar 
tarbiyachi stoli oldida tashkil qilinadi. 
Agar mashg`ulotning borishida yoki uning oxirida harakatli o`yinlardan 
foydalaniladigan bo`lsa, bu o`yinlarni o`tkazish uchun oldindan joy tayyorlab 
qo`yish kerak. 
Mashg`ulotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishda ko`rsatma qo`llanmalarni to`g`ri 
tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham, 
bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish borasida ham ko`rsatmalilik 
boshlang`ich moment bo`lib xizmat qiladi. Hamma mashg`ulotlarda kundalik 
turmushda ishlatiladigan buyumlar, o`yinchoqlar, tabiiy maeriallardan keng 
foydalaniladi. Hamma bolalar o`yinchoqlar bilan o`ynashlari uchun o`yinchoqlar 
ko`p miqdorda tanlanadi. 
6-ILOVA 

Download 9,12 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish