|
Matematika rivojlanishining ikkinchi bosqichiBog'liq Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVLMatematika rivojlanishining ikkinchi bosqichi
davomiyligi jihatidan
birinchisidan ko`ra qisqaroq davom etgan. U XVI asr boshi va XIX asr oxirini
o`z ichiga oladi. XVI asrdan boshlab Yevropada matematika rivojlana
boshladi. Ushbu davrda oliy matematika sohasiga taalluqli bo`lgan ko`plab
yangi matematik nazariyalar yaratildi. Analitik geometriya, differensial va
integral hisoblash usullari oliy matematikaning asosini tashkil etadi.
Ularning yaratilishi XVII asrning buyuk olimlari Dekarta, Ferma, Nyuton,
Leybnis kabilarning nomlari bilan bog`langan. Matematik usullar yordamida
miqdor va geometrik figuralar o`zgarishi jarayoni va harakatlarini o`rganish
imkoniyati paydo bo`ldi. Koordinatlar tizimi, qiymatni o`lchash va funksiya
tushunchasining kiritilishi katta ahamiyatga ega bo`ldi.
XVI asrda arifmetika va geometriyaga bag`ishlangan ko`plab matematika
mazmunidagi qo`lyozmalar paydo bo`ldi. Ulardan biri – L.F.Magnitskiyning
elementar matematikaga oid “Arifmetika” nomli kitobidir (1703-y.).
L.F.Magnitskiy turli mamlakatlarning metodik adabiyotlari, jumladan,
matematikaga oid materiallar bilan tanishdi. Darslik to`liqligicha akademik
bo`lmagan: fikrlar she`r ko`rinishida bildirilgan, matn esa simvolik rasmlar
bilan izohlangan. Darslikka algebra, geometriya va trigonometriya kabi
fanlarga oid materiallar kiritilgan.
Matematika rivojlanishining uchinchi bosqichi
– XIX asrdan, to
bugunga qadar davom etadi. Matematika borliqdagi olamning o`zaro
aloqadorliqdagi miqdoriy va fazoviy shakllari haqidagi fanga aylanib
bormoqda. Borgan sari bu sonlar va qiymat alohida hodisa bo`lib hisoblangan
miqdoriy munosabatlar haqidagi fanga aylanmoqda.
I.Lobachevskiy, P.L.Chebishev, A.M.Kolmogorov va boshqa olimlar
matematika rivojlanishiga katta hissa qo`shdilar. Zamonaviy matematika
rivojlanishining juda yuqori darajasiga yetdi. Endilikda matematikaning bir
necha o`nlab sohalari mavjud bo`lib, ularning har biri o`zining mazmuniga,
tadqiqot usullari va qo`llanilishi sohasiga ega.
XX asrning o`rtalariga kelib,
|
| |