|
Purjinali mayatnikning tebranish davri
|
bet | 12/40 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 15,65 Mb. | | #160565 |
Bog'liq 3-KURS FIZIKA (5-yillik sirtqi uchun)Purjinali mayatnikning tebranish davri
Buni matematik mayatnik harakati orqali tushuntirish mumkin.
10-rasm
Mexanik energiyaning saqlanish qonuni quyidagicha ta’riflanadi:
«Yopiq sistemadagi jismlarning to‘liq mexanik energiyasini hech vaqt bordan yo‘q bo‘lmaydi, u faqat bir turdan ikkinchi turga aylanib yoki bir jismdan ikkinchisiga uzatilib turadigan o‘zgarmas kattalikdir».(10-rasm) Ya’ni
Darhaqiqat:
bo‘ladi. Bunda bo‘ladi.
Demak, traektoriyaning ixtiyoriy nuqtasida jismning to‘liq energiyasi o‘zgarmasdir.
3 – ma’ruza mashg‘uloti
Mavzu: MOLEKULYAR FIZIKA ASOSLARI
REJA:
1. Molekulyar - kinetik nazariya
2. Ideal gaz qonunlari. Ideal gazning holat tenglamalari.
3. Mendeleyev – Klapeyron tenglamalari.
4. Barometrik formula. Diffuziya. Broun harakati.
Mashg‘ulotning maqsadi:- Talabalarga molekulyar fizika asoslari, ya’ni modda ichki tuzilishi, molekulalarning harakati, xossa va xususiyatlari, ularni xarakterlovchi hodisa va qonuniyatlar, fizik kattaliklar haqida bilimlar berishdan iborat.
TAYANCH IBORALAR:
Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Diffuzziya hodisasi;
Molekulalarning o‘lchamlari. Molekulyar (yoki atom) massa. Modda miqdori;
Ideal gaz. Gaz molekulalarining tezliklari (o‘rtacha arifmetik va o‘rtacha kvadratik tezliklar);
Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamalari;
Ideal gaz qonunlari. Ideal gazlarda izojarayonlar. Ideal gaz holat tenglamasi.
MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI
Molekulyar - nazariyaning asoslari. Diffuziya hodisasi. Molekulalarnng o‘lchamlari. Moddalar uzluksiz harakatda bo‘lgan atom va molekulalardan tuzilgan degan fikrga asoslangan modda tuzilishi haqidagi nazariyaga molekulyar-kinetik nazariya deyiladi (MKN).
MKN uchta qoidaga asoslanadi:
MKN asoslarini XVII asrda M.V.Lomonosov aniq bayon qilib berdi va tajribada tasdiqladi.
Molekulyar-kinetik nazariya (MKN) to‘g‘riligini Broun harakati, diffuziya va boshqa hodisalar to‘la tasdiqlaydi. Broun harakati deb, suyuqlik yoki gazlarda muaallaq holatdagi qattiq va erimaydigan zarrachalarning uzluksiz xaotik harakatiga aytiladi.
Diffuziya deb, bir-biri bilan chegaradosh ikki modda molekulalarining xaotik harakati natijada o‘zaro aralashib ketish hodisasiga aytiladi.
Gazlarda diffuziya hodisasini tajribada birinchi bo‘lib avstralik fizik Loshmidt kuzatgan. Diffuziya hodisasi tabiatda va texnikada katta rol o‘ynaydi.
Texnikada diffuziya har xil moddalarni masalan, lavlagidan qandni, ximiya sanoatida xilma-xil moddalarni, tabiiy uran rudasidan yadro yoqilg‘isi "92U235" iztopini ajratib olishda va shu kabilardan foydalaniladi.
M K N uchta qonunga asoslanadi;
Bu Broun harakati qonunlaridir, ya’ni:
Broun harakati tashqi sabablarga bog‘liq bo‘lmasdan, to‘xtovsiz sodir bo‘lib turadi;
Broun harakatining intensivligi zarralarning o‘lchamiga va shakliga bog‘liq bo‘lib, zarra materialiga bog‘liq emas Broun harakati zarralarining o‘lchami 1 nm (10-3 m) gacha bo‘lganda kuzatiladi;
Suyuqlik temperaturasi ko‘tarilishi bilan Broun harakatining intensivligi ortadi.
Molekulalar (atomlar) massasi va modda miqdori quyidagi tartibda aniqlanishi mumkin:
Atom va molekulalarning nisbiy massasi: - berilgan molekula(yoki atom) massasi,
uglerod molekulasi (yoki atomi) massasining qismi.
Bundan: bunda hisoblanayotgan molekulaning massasi.
Masalan: Kaliy (19K33) ning atom massasi 33 ga teng; Geliy (2He4) atomining massasi 4 ga teng.
Modda miqdori ( ) deb, jismdagi atomlar soni N ning 0,012 kg massali ugleroddamavjud bo‘lgan atomlar soni Na ga bo‘lgan nisbatiga aytiladi: (1 mol)=0.012 kg ugleroddagi atomlar soniga teng bo‘lgan molekulalar soni.
Molyar massa ( ) bilan belgilanadi va ( )dan xisoblanadi.
Molyar massa deb, 1 mol modda miqdoriga mos kelgan massaga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi; ya’ni: uchun bo‘ladi. Mol ta’rifiga binoan, har qanday moddaning bir mol miqdoridagi molekula yoki atomlar soni bir xil bo‘ladi. Bu songa Avogadro soni deb ataladi, ya’ni:
ni
e’tiborga olsak,
Moddadagi molekulalar soni:
Avogadro qonuni quyidagicha ta’riflanadi: “Bir xil temperatura va bir xil bosimda istalgan gazlarning teng hajmlardagi molekulalar soni bir xil bo‘ladi”.
Normal sharoitda, ya’ni t=00C, P=1 atomda 1 kmol gazning hajmi, ya’ni molyar hajm: bo‘ladi.
SHuningdek, molekulalar konsentratsiyasi:
bo‘ladi. Bunga Loshmidt soni deyiladi.
( -qatlam yuzi, d- qatlam qalinligi) yordamida molekulalarning o‘lchamlarini aniqlash mumkin:
Zaytun moyi molekulalarining o‘lchami quyidagiga teng:
Massasi 1 g, ya’ni hajmi 1 sm3 bo‘lgan suv tomchisida taxminan qancha molekulalar borligini hisoblaylik. Suv molekulasining diametri ni egallasa,1 sm3da ta molekula bo‘ladi.
Demak, atomning o‘lchami: D=10-8sm=10-10m,Suv molekulasining massasi: bo‘ladi.
Molekulalar tezligi kvadratining o‘rtacha qiymati: ( lar molekulalar tezliklarining modullari)
Har qanday vektor modulining kvadrati vektorning Ox, Oy, Oz koordinata qo‘laridagi proeksilari kvadratlarining yig‘indisiga teng, ya’ni:
bo‘ladi.Ularning o‘rtacha qiymatlari: bo’ladi
Molekulalarning harakati tartibsiz bo‘lgani uchun: bo‘ladi; shu sababli ni deb olsak, bo‘ladi.
Bunda bo‘ladi. Demak, tezlik proeksiyalarining o‘rtacha kvadratik tezlikning o‘zining o‘rta kvadratining uchdan bir qismiga teng ekan.
( - uch o‘lchovli fazo, ya’ni uch o‘lchovli koordinata sistemasini bildiradi).
|
| |