111
FIZIKA, МАТЕМАТIКА va INFORMATIКА
2023/6
foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirib topish,
mustaqil oʻrganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni
ham oʻzlari keltirib chiqarishga oʻrgatadi. Oʻqituvchi bu jarayonda
shaxsni rivojlantirishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga
sharoit yaratadi [1]. Shuningdek, boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik
funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta’limda “Aqliy hujum”,
“Fikrlar hujumi”, “Tarmoqlar” metodi, Sinkveyn, BBB, “Beshinchisi
(oltinchisi, …) ortiqcha, 6х6х6, Bahs-munozara, Rolli oʻyin, FSMU
kabi metodlar, pedagogik texnologiyalar qoʻllanilmoqda. Shuning
uchun umumta’lim maktablarida malakali kasb egalarini tayyorlash,
ularni mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka oʻrgatishda zamonaviy
yondashish innovatsion texnologiyalarining oʻrni va roli nihoyatda
katta [3]. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratga oid malaka
va interfaol metodlar oʻquvchilarni bilimli, yuqori kompetensiyaga
erishishlarini ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, talaba yoshlarga zamon
talablari darajasida bilim beruvchi pedagog, avvalo, oʻzi ana shunday
bilimlar bilan qurollangan boʻlishi va ularni amaliyotga tatbiq eta
olishi kerak. Matematikani oʻqitishda talaba shaxsini fikrlashga,
oʻzgalar fikrini anglash, axborotlarni tahlil etish, ular ustida ishlash,
yechim topa olsih yoʻllarini qidirish, mulohaza yuritishga qaratilgan
boʻlib, mustaqil fikrlaydigan savodli shaxsni kamol toptirish asosiy
oʻrin egallaydi.
Matematika juda murakkab fan boʻlib, har bir oʻqituvchining vazifasi
talabalar tomonidan ushbu fanning asoslarini toʻliq oʻzlashtirishdir.
Matematika darslarida aqliy yuklamaning ortishi talabalarning
oʻrganilayotgan materialga qiziqishini, butun dars davomida faolligini
qanday saqlab qolish haqida oʻylashga majbur qiladi. Oʻqituvchi oldida
matematikani oʻqitishning maksimal samaradorligini ta’minlash uchun
oʻqitish vositalari va usullarini tanlash masalasi turibdi. Ayni paytda
maktablar zamonaviy kompyuterlar, interaktiv jihozlar, elektron
resurslar, internet tarmogʻi bilan ta’minlangan. Bu esa oliy ta’lim oʻquv