|
Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar
|
bet | 20/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org4. Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar. Yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib boriladi.
O‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari ota-onalar, oila, mahalla qo‘mitalari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan o‘zaro puxta hamkorlik qiladilar. (O‘zR 09.04.2007 y. O‘RQ-87-son Qonuni taxriridagi xat boshi)
5. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o‘quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta’minlanadi. Fan va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni o‘rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobitqadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning o‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniqyo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
|
| |