|
Ta’limning uzluksizligini ta’minlash
|
bet | 19/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org1. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash. Ta’limning o‘z ichiga maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar ta’limining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy etiladi. Aspirantura va doktorantura faoliyati rivojlanib boradi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha raqobatbardosh ta’lim muassasalari vujudga keltiriladi.
Ta’lim muassasalarini hududiy yo‘nalishga o‘tkazish va tarkibiy tuzilmasini o‘zgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi ta’minlanadi.
2. Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko‘zlovchi tizimi vujudga keltiriladi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasb sifatini qo‘llab-quvvatlash ta’minlanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlariga mos yuqori malakali o‘qituvchilar tayyorlash bo‘yicha maxsus fakultetlar, shuningdek respublika viloyatlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun o‘qituvchilar va mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yuzasidan maxsus markazlar tashkil etiladi.
3. Ta’lim jarayonini mazmunan islox qilish. Kadrlarni o‘qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida isloh qilinadi. Ta’lim oluvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor beriladi.
Pedagog kadrlarning obro‘-e’tibori, mas’uliyati va kasb ko‘nikmasini oshirish yuzasidan sobitqadam davlat siyosati olib boriladi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ta’limning yangi shakl va uslublari, o‘quv, shu jumladan differensiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi.
|
| |