|
Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети
|
bet | 73/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgTarbiya – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Bu esa, insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi, ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi.
Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko‘rsatadiki, faqat ma’naviyat-ma’rifat keng quloch yoygan, ilm-urfon taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish va unda bir-biriga mehr-oqibatli, kamolatli insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli va jamiyat fuqarolarida sog‘lom fikr, aql-idrok har doim ustuvor bo‘ladi.
Mustaqillik bizga ma’rifiy, madaniy, adolatli va insonparvar jamiyat qurish imkonini berdi. Endi bu jamiyatga har bir inson o‘z o‘rni, mavqeiga yarasha vijdonan hissa qo‘shmog‘i lozim.
Insonning ma’naviyati uning odobi, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlari zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o‘z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.
Sifat – alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir.
Fazilat – alohida shaxs, el, elat, xalq, ulusga taalluqli bo‘lgan ijobiy axloqiy sifatlar majmui.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi odob, axloq, madaniyat, ma’naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlanganligi bilan belgilanadi. Shu o‘rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida to‘xtalib o‘tish joizdir.
Odob – har bir insonning o‘zi bir inson yoki jamoa bilan bo‘lgan muloqotida hamda yurish-turishida o‘zini tuta bilishidir.
Axloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-odob normalari majmui.
Madaniyat – jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to‘plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi.
Ma’naviyat – inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasi.
Kamolotga erishgan, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash jarayoni uning doimiy, muntazam izchil va bir tizimga kirgan shaklda bo‘lishini taqoza etadi. Bu yo‘lda kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, professional fanlar singari g‘oyaviy mazmuni talabalarga yangi jamiyatning har bir mutaxassisiga zarur bo‘lgan ijtimoiy dunyoqarashni shakllantiruvchi tasavvurlar zahirasini hosil qilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitishga yangicha yondoshuv asosida axloq malakalarini hosil qilish mumkin. Talaba yoshlarda yagona pedagogik jarayonda ma’naviy-axloqiy odatlarni tarbiyalashda quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:
sho‘rolar hokimiyati davrida ta’lim sohasidan o‘rin olgan mafkuraviy mahdudlikdan xalos bo‘lish;
o‘zbek milliy mentaliteti va jahon sivilizatsiyasi yutuqlariga tayanadigan ma’naviy qadriyatlar tizimini mustahkamlash;
Sharq mutafakkirlari asarlarida ko‘tarilgan Komil inson g‘oyasi ta’limotlariga amal qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida ta’lim-tarbiya xususan hozirgi zamon yoshlari qanday bo‘lishi kerak degan ta’limotiga nisbatan javoblarga to‘la amal qilish kabilar.
|
| |