• Yoshlarning ma’naviy-axloqiy odatlarini tarbiyalashning vazifalari
  • -MAVZU. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA O’QUVCHILARNI TARBIYALASH




    Download 0,77 Mb.
    bet72/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    16-MAVZU. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA O’QUVCHILARNI TARBIYALASH

    Reja:
    1. Yoshlarning ma’naviy-axloqiy odatlarini tarbiyalash vazifalari.
    2. Kasb ta’limi muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning asosiy mohiyati va mazmuni.
    3. Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiya muammosi.
    4. Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda milliy istiqlol mafkurasiga asoslangan ma’naviy-axloqiy, madaniy-maishiy ishlar.


      1. Yoshlarning ma’naviy-axloqiy odatlarini tarbiyalashning vazifalari

    Hozirgi kunda yoshlarni barkamol inson, o‘z vatananing ilg‘or kishisi sifatida tarbiyalash eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan yoshlar davlatimizning kelajagidir.


    Mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohatlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yukasalishi va yangilanishi sari yuz tutgun bir paytda O‘zbekiston Respublkasi birinchi Prezidentining 1999 yil 3–sentabrdagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni zamiridagi g‘oyalar, ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir karra tasdiqlaydi.1
    Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun Insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg‘usi Bilan birgalikda yetilgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi. Tabiatga yaqinlik, jonajon ulkaning benihoya go‘zalligidan bahramand bo‘lish ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushinib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi.10
    Ma’naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat – tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim – tarbiyasiz ma’naviyatning bo‘lmasligi barchaga ayon haqiqatdir.
    Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir!” degan so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi.


    Download 0,77 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA O’QUVCHILARNI TARBIYALASH

    Download 0,77 Mb.