|
Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiya muammosi
|
bet | 75/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgKasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiya muammosi
Axloqiy tarbiya mazmunining shakllanishida o‘zbek mutafakkirlarining alohida xizmatlari bor. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk mutafakkirlar tarbiya jarayoniga jiddiy qaraganlar va bu boradagi qimmatli fikrlarini dunyoga tanilgan asarlarida bayon etganlar. Ushbu asarlar nafaqat O‘zbek xalqining, balki butun insoniyatning rivojlanish jarayonida muhim ahamiyat kasb etgan. Ularning ilmiy qarashlari bugungi kunda ham insoniyat uchun dasturi amal bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Abu Nasr Forobiy - mashhur mutafakkir, qadimgi Yunon ilmi va falsafasining sharqdagi eng yirik targ‘ibotchisi. O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqkiyotiga asos solgan mutafakkir. Forobiy «Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o‘rganish kerak», «Substansiya haqida», «Falsafa manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi12. Farobiy bu asarlarida davlat tuzilishi va uni boshqarish, turli ijtimoiy nizolarning oldini olish hamda kamolatga erishgan ijtimoiy jamoani yaratish kabi masalalar ustida fikr yuritadi. Yetuk jamoani vujudga keltirish, komil insonni yaratish muammosini hal etish bilan bog‘liq ekanligini birinchi bor o‘rta asr sharoitida Forobiy olg‘a surdi. Uning «Ideal jamoa haqida», «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» kabi mashhur asarlari shu masalalarga bag‘ishlangan. Forobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zururligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubiyatlari haqida fikr yuritadi. Uning «Fozil odamlar shahri», «Ixso-al-ilm», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Jamiyatda mavjud an’ana va urf-odatlarda ham axloq meyorlari va mazmuni o‘z aksini topadi. Axloqiy tarbiyaning bir kategoriyasi sifatida axloqiy qadriyatlar qabul qilingan va bu axloqiy qadriyatlar axloqiy tarbiyaning mazmunini va meyorlarini belgilashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.Umuman qadriyatlar deganda milliy va umuminsoniy qadriyatlar tushuniladi. Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qadriyatlar kishilarning turli sohadagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar majmui bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. So‘ngra asta-sekin subekt faolligining orta borishi natijasida nisbiy mustaqil soha tarzida amal qila boshlaydi. Axloqiy mazmundagi qadriyatlar bolaning ongi va faoliyatini faollashtiradi, ish va so‘z biriligini ta’minlashga yordam beradi. Bunday qadriyatlar jumlasiga insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, mehr-muhabbat, poklik, kattalarga hurmat, muhabbat, xushmuomalalik, do‘stlik, saxiylik, sahovat, shirinso‘zlik
va boshqalar kiradi. Mazkur qadriyatlar negizida jamiyatda, oilada, maktabda bolani yuksak insoniy fazilatlarga ongli ravishda amal qilishga da’vat etish g‘oyasi yotadi.
Axloqiy tarbiya jarayonining dastlabki bosqichida shaxs axloq meyorlariga ma’lum darajada to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysungan holda ko‘r-ko‘rona amal qilsa, axloqiylikning yuqori darajasiga yetganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘r-ko‘rona bo‘ysunnish ongli idrok etishga yakka shaxsning axloq meyorlari va jamiyat axloq meyorlari o‘rtasida uyg‘unlikning hosil bo‘lishiga erishish lozimdir. Axloqiy madaniyatning muhim belgilaridan biri ham xuddi ana shu shaxs va jamiyat orasidagi uyg‘un munosabatning, axloqiy birlikning hosil bo‘lishidir.
Inson axloqiy madaniyatning eng oddiy meyorlarini ilk yoshligidan boshlaboq avval oilada, so‘ng o‘rtoqlari bilan bo‘ladigan munosabatlarida egallay boshlaydi. Bu ahloqiy meyorlarga amal qilishning motivlari turlicha bo‘ladi. Ota-onaga bo‘lgan hurmat va muhabbat bolani axloqiy talablarga amal qilishga va shu orqali ota-onaning hayrixohligiga va mehriga sazovor bo‘lishga undaydi. Bundan tashqari meyorlarga amal qilmaslik holatida jazolashdan foydalanish ham bolani ogoh bo‘lishga undaydi. O‘z tengqurlari bilan muloqotga kirishish ishtiyoqi, ichki ehtiyoj ham bolada axloqiy meyorlarga amal qilish motivatsiyasini uyg‘otadi. Bularning barchasi har bir yosh bolani axloqiy meyorlar bilan to‘qnashishiga va ularga amal qilishni o‘rganishiga yordam beradi. Bularning barchasi insonda axloqiy meyorlarga amal qilish malakasini va ko‘nikmasini hosil bo‘lishiga olib keladi. Ammo bunday axloqiy meyorlarga amal qilishni biz xali axloqiy onglilik darajasi deb ayta olmaymiz. Chunki bu holda axloqiy meyorlar ichki ehtiyojdan kelib chiqqan holda emas, balki tashqi ta’sirlarning natijasi sifatida vujudga keladi. Shunga qaramay axloqiy darajaning bu dastlabki pog‘onasi juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u boshlang‘ich nuqta sifatida keyingi rivojlanish uchun xizmat qiladi. Axloqiy rivojlanishning bu bosqichida atrof-muhitdagi axloqiy madaniyat darajasi eng muhim rolni o‘ynaydi.
Rivojlanishning barcha bosqichlarida jamiyatda qaror topgan axloqiy bilimlar yangi axloqiy bilimlar bilan to‘ldirilib birishi talab etilgan. Aytish joizki, bu qonuniy jarayondir. Demak, hozirgi vaqtda ham axloqiy bilimlarimiz qanchalik boy bo‘lmasin dialektik rivojlanish qonuni ushbu axloqiy bilimlarni yanada to‘ldirib borilishini talab etadi. Ayniqsa O‘zbekiston respublikasida ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlar bugungi kunda axloqiy qarashlarni qaytadan talqin etishni, fan va texnikaning rivoji natijasida erishilayotgan yangi bilimlardan axloqiy tarbiya jarayonida foydalanishni taqozo etishini nazarga olsak, bu vazifani qanchalik zarurligini his etamiz. Demak, biz axloqiy tarbiyani uchinchi vazifasini ham aniqlab oldik bu : - axloqiy bilimlarni yanada to‘ldirib borish, ilm-fan erishgan yangi bilimlardan va yutuqlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
|
| |