Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda milliy istiqlol mafkurasiga asoslangan ma’naviy-axloqiy, madaniy-maishiy ishlar




Download 0,77 Mb.
bet76/146
Sana21.01.2024
Hajmi0,77 Mb.
#142672
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   146
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda milliy istiqlol mafkurasiga asoslangan ma’naviy-axloqiy, madaniy-maishiy ishlar
O‘zbekiston Respublikasida chuqur keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda, zamon talablariga javob beradigan oliy ma’lumotli iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashtirishgan uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini shakllantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Biz qiyin sharoitda kelajagimiz poydevorini qurib oldik. Bunga o‘rnimizga keladigan yosh avlod qanday baho beradi, loyihalarimiz, ishlarimizni taroziga solib ko‘rib nima deydi? Har birimiz mana shu savolni dilga tugib mehnat qilishimiz lozim. Mening ishonchim komilki, O‘zbekiston xalqi farovon turmush kechiradigan buyuk davlat bo‘ladi».1
Ma’lumki, qaysi davlatda kadrlar tayyorlash siyosati to‘g‘ri va omilkorlik bilan tashkil etilsa, o‘sha davlatda har doim taraqqiyot bo‘ladi.
Ta’lim har bir jamiyatning ajralmas qismi, madaniyati va rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichidir. Har qanday mamlakat istiqbolli rejalar tuzar ekan, avvalo ta’limga e’tiborni kuchaytiradi. Shu ma’noda mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab, birinchi Prezidentimizning «Kelajak bugundan boshlanadi», «Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi», «Tarbiyadan xech narsani ayamaymiz»2 degan da’vatlari ostida ta’limni isloh qilishga kirishildi.
Mamlakatimiz xalq xo‘jaligini yanada yuksaltirish, respublikaning aql zakovat salohiyatini o‘stirish, davlatimiz qudratini oshirish, uning mustaqilligini mustahkamlash uchun xizmat qiladigan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ishlab chiqildi. Ta’lim tizimining moliyaviy va moddiy ta’minoti qonuniy yo‘l bilan ijobiy hal etildi.
Faqat o‘tish davrining o‘zida bu dastur uchun 65 mlrd. so‘m ajratish ko‘zda tutilgan. 1999 yilda bu maqsadlar uchun 34 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 8-10 foizga teng qismi ma’rifat, ta’lim va tarbiyaga ajratilmoqda – bu katta miqdordagi mablag‘dir. Masalan, respublikamizda «Kadrlar tayyorlsh milliy dasturi» doirasidagi ta’lim xarajatlari 1999 yili 159,2 mlrd. so‘m, 2000 yili 248,8 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2001 yili 336, 1 mlrd. so‘m sarflangan.
1997 yilda tashkil topgan «Umid» va boshqa jamg‘armalar orqali iqtidorli yoshlar rivojlangan Davlatlardagi eng nufuzli o‘quv markazlarida tahsil olmoqdalar. Yoshlar xorij hayotini ko‘rib, xalqaro hayotiy tajriba orttirib, chet tillarini mukammal egallab, zamonaviy bakalavrlik va magistrlik darajasiga respublikamizning turli bosqichdagi kadrlar xorijiy ta’lim markazlarida tajriba va malaka orttirib kelmoqdalar. Bunday yondashuvlar ham O‘zbekiston ta’lim tizimining yorqin istiqboliga va uning mavqeini oshirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyoqarashi zamon talablariga mos ravishda o‘zgargan mutaxassislarimizga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Yangicha fikrlaydigan, yangi bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik yuritadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabi va haqiqat taqozosidir.
Bugungi kunda iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashning umumiy mazmuni va o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki:1
- u bozor iqtisodiyotining fundamental asosi;
- zamonaviy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri;
- aholi kasb ta’limining obro‘li sohasi;
- uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatimizda iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash tizimini barpo etish va rivojlantirish tajribasi katta ilmiy va amaliy qiziqish uyg‘otadi, chunki u zamonaviy iqtisodiy ta’limning ahvolini tahlil qilish va nazariy jihatdan izohlash, uning uzluksiz kasb ta’limi tizimi bilan uyg‘unlashtirish va samarali didaktik rivojlanishni bashorat qilish vazifalarini hal etish imkonini beradi.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, - «Iqtisodiyot, siyosat sohasidagi barcha islohotlarimizning asosiy maqsadi insonga qaratilgan. Mana shuning uchun ham milliy uyg‘oni g‘oyasini amalga oshirishga qobil yangi avlodni tarbiyalash ishi davlat ishi, uning ustivor vazifalaridan biri bo‘lib qoladi».1
Rivojlangan mamlakatlarda kasb ta’limi (shu jumladan oliy ta’lim)ning bosh maqsadi – raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va barcha toifadagi malakali xodimlarni tayyorlash orqali raqobatbardosh xizmat ko‘rsatishdan iborat.


Raqobatbardosh mutaxassislarsiz raqobatbardosh iqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekistonda mazkur masalani yechishda Kadrlar tayyorlash milliy modeli asos bo‘lib hisoblanadi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:2
- shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining asosiy subekti va obekti, ta’lim xizmatini talab etuvchi hamda amalga oshiruvchi;


Download 0,77 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   146




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda milliy istiqlol mafkurasiga asoslangan ma’naviy-axloqiy, madaniy-maishiy ishlar

Download 0,77 Mb.