|
Ta’lim mazmunida “Fan ta’lim amaliyot” integratsiyasining zarurligi
|
bet | 79/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgTa’lim mazmunida “Fan ta’lim amaliyot” integratsiyasining zarurligi
Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borish bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishlari lozim.
Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o‘rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg‘or fan va texnika – texnologiyalar tufayli inson atrof – muhit bilan faol hamkorlikda bo‘ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XXI asrning boshlarida fan va texnika misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo‘ldi.
O‘tgan yillar mobaynida yetuk olimlar yordamida kibernetika fanining texnik asoslari bo‘lmish kompyuterlarning o‘nlab, yuzlab turlari yaratilgan bo‘lib, ular hisoblash jarayonini yengillashtiradi. Shunga qaramay, bugungi kunda yaratilgan kompyuterlarning turli ko‘rinishlarini, ya’ni kompyuterlarni va mini – kompyuterlarni takomillashtirishga olimlar tezlik bilan kirishdilar. Kelgusi davr kompyuterlari sekundiga ulardan bir necha ming barobar tez ishlaydigan bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, bugungi dunda hisoblash ishlarini tezkor bajarish uchun ko‘plab kompyuterlar zarur.
Kompyuterlardan fizika, matematika, astronomiya, ximiya, giofizika, texnika va boshqa bir talay fan sohalariga oid turli xil murakkab matematik masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, atom energiyasi, qurilish, kosmik fazoni zabt etish va boshqa ko‘pgina sohalarning beqiyos rivojlanishini ularga hisoblash texnikasini keng ko‘lamda qo‘llanilayotganligining natijasi deb qarash mumkin. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, fizika, matematika, elektronika kabi fanlarning eng ulkan yutuqlarini mujassamlashtirigna kompyuterlar shu paytgacha yaratilgan har qanday hisoblash mashinalaridan ham ustinlik qiladi. Hozirgi kunda kompyuterlar qo‘llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko‘maklashmoqda. Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqish uchun juda ko‘r imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Turli xil jarayonlarni har tomonlama o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ma’lum tarzdagi hisoblash operatsiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarining modellashtirish va shu kabi ishlarni avtomatlashtirishni talab qiladi. Bu esa faqat hozirgi kunimiz kashfiyotlari emas, balki kelajagi porloq davlat barpo etish uchun jiddiy harakatlarning biridir.
Tadqiqotlar insonning uzoq yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini e’tiborga olib bu sohadagi olimlarning keyingi maqsadi odam turli organizmlarga mos ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirish “Sun’iy odam” yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi zamon fan – texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini tashkil qiladi va bunday bo‘lishi hozirgi davr taqozosi.
Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog‘i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish bo‘lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, “Internet” tarmog‘iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar va hakozolardir.
Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri bo‘lmish “XXI asr – intellektual asr” ning faol ishtirokchisi bo‘lish uchun ular mazkur davrning ta’lim – tarbiya sivilitsiyasining faol ishtirokchisi bo‘lmog‘i lozim va buning uchun zamonaviy ta’lim mazmunini yuqoridagi kabi fan va texnika yutuqlari bilan boyitib borish kerak. Buning uchun barkamol avlodni shakllantirishni quyidagicha amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
xalqimizning boy ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlariga suyangan holda ta’lim – tarbiyani rivojlantirishning jahon talablarini hisobga olib DTSni takomillashtirish,
shakllanishi lozim bo‘lgan barkamol avlodning ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasida boy milliy, madaniy – tarixiy an’analari, xalq urf – odatlari va umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy va pedagogik shakllar hamda manbalarni ishlab chiqish va joriy qilish,
uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv – axborot muhitini yaratish,
uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlari bazasida ta’lim jarayonining axborotli ta’minotini rivojlantirish,
uzluksiz ta’lim tizimida kompyuter – kommunikatsiyasi tarmoqlari (kompyuterlar, kompyuterli tizimlar, kasbiy kompyuterli o‘yinlar, elektron telekonferensiyalar va h.k.) dan keng foydalanishga erishish,
uzluksiz ta’lim tizimi – dagi yutuqlarni keng joriy etishda ommaviy axborot vositalaridan muntazam foydalanib borish mexanizmlarini asoslash,
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish,
uzluksiz ta’lim tizimida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini salmog‘ini kengaytirish, “Fan ta’lim amaliyot” integratsiyasining uzluksiz ta’lim tizimiga samarasini aniqlab borish,
uzluksiz ta’lim tizimiga ilg‘or rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashga erishish, hamkorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va h.k.
|
| |