• 4. O‘quv materialini to‘g‘ri tanlash.
  • 5. Ta’lim mazmunining ko‘rgazmalilik tamoyili
  • Ta’limning ko‘rgazmalilik tamoyili.
  • Ta’lim va tarbiya mazmunining uyg‘unligi tamoyili




    Download 0,77 Mb.
    bet82/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    3. Ta’lim va tarbiya mazmunining uyg‘unligi tamoyili – bu kishilarga bilim va tarbiya berish jarayonidan iborat bo‘lib, bunda egallangan bilim va ko‘nikmalarni hayotga qo‘llay olishga o‘rgatiladi, hayotda ta’lim oluvchilarning ham intellektual, ham ma’naviy jihatdan uyg‘unlikda rivojlanishi ta’minlanadi.
    Yaxlit ta’lim - tarbiya jarayonida ikkala o‘zaro bog‘liq juftlik, ya’ni bilim berish va tarbiyaviy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda shakllangan ta’limiy – tarbiyaviy bilimlar va ko‘nikmalar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatish, obektiv borliqdagi qonuniyatlarni o‘rganish va uning amaliy munosabatlarini tarkib toptirishda namoyon bo‘ladi. Shu sababli ta’lim oluvchilarga bilim berishda egallangan bilimni amalda ishlatishga o‘rgatish bilan birga ta’lim tarbiyalovchi ham bo‘lishi kerak.


    4. O‘quv materialini to‘g‘ri tanlash.
    Bunda ta’lim mazmuniga oid quyidagi jihatlarga e’tibor beriladi: o‘quv materialini tanlashda mashg‘ulotning maqsadi, ta’lim oluvchilarning oldingi mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalariga, fan asoslariga oid bilimlarga, ta’lim oluvchilarning jismoniy rivojlanganligiga va shu kabilarga. O‘quv materiali mazmuni ta’lim oluvchilarning oldingi tajribalari va fan asoslari bo‘yicha olgan bilimlariga hamda mashg‘ulotning maqsadiga muvofiq holda tanlanadi.


    5. Ta’lim mazmunining ko‘rgazmalilik tamoyili – bu ta’lim vositalaridan foydalanishning didaktik tamoyilidir. Shu sababli o‘rganilayotgan tushunchalarning mazmunini ochib berishga oid manbalar (pedagogik hodisa va jarayonlar) ajratib olinib o‘rganiladi va o‘rgatiladi. Ajratib olingan manbalarning ko‘rgazmaliligini kuchaytirish uchun turli kodlash usullari (rangli, raqamli, harfli va shu kabilar) qo‘llaniladi. Manbalarni o‘qitish jarayonida ular bilan ishlash uslublaridan asosiylari kuzatish va tajriba o‘tkazish hisoblanadi.

    Ta’limning ko‘rgazmalilik tamoyili.
    O‘rganilayotgan hodisa va voqealarni jonli idrok etish asosida o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘quv materialini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishni ta’minlaydi.
    Ta’lim jarayonida ko‘rgazmali vositalardan to‘g‘ri foydalanish ta’lim oluvchilarning pedagogika, psixologiya, tarbiyaviy ishlar metodikasi, o‘qitish uslubi va texnikaga oid fanlarni puxta o‘zlashtirib olishga ularda malaka hosil bo‘lishiga yordam beradi. Agar ko‘rgazmali qurol biron fikrni bildirish uchun yordamchi vosita bo‘lsa, nutq asosiy qurol hisoblanadi. Ko‘rgazmali qurol kuzatishni rivojlantirish uchun qo‘llanilsa, nutq qisqa bo‘lib kuzatishning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi [4].


    Download 0,77 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim va tarbiya mazmunining uyg‘unligi tamoyili

    Download 0,77 Mb.