|
Ta’lim mazmunini shakllantirish tamoyillari
|
bet | 81/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgTa’lim mazmunini shakllantirish tamoyillari.
Ma’lumki, ta’lim mazmuni insonni o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi hamda harakteri bilan belgilanadi. Shu sababli ham ta’lim mazmuni rejalashtirilgan maqsadga muvofiq holdagi yo‘nalish va hajm bo‘yicha shakllantiriladi. U tegishli meyoriy hujjatlar: ta’lim standartlari, o‘quv reja, o‘quv dasturlari shaklida rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Ta’lim mazmunini to‘g‘ri belgilanishi hamda unga zarur o‘zgartirishlar kiritishda ta’lim mazmunining yangilanib borish imkoniyatlari, ya’ni ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishni ham e’tiborga olish lozim. Belgilangan mazmun asosida o‘quv fanlari, o‘quv soatlari, mashg‘ulot turlari aniqlanadi va bunda ta’lim mazmuni tomoyillariga asoslanadi.
Ta’lim mazmuni tamoyillari ta’lim berishning ma’lum obektiv qonuniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, u ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli shaklda, turli mazmunda va har xil yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi. Quyida ta’lim mazmuni tamoyillari to‘g‘risida to‘xtalamiz:
1. Ta’lim mazmunining uzviyligi tamoyili – bu ta’lim jarayonida ta’lim oluvchiga yetkaziladigan ma’lumotlarning qat’iy mantiqiy izchillikka rioya qilinishidir. Bunda o‘rgatilgan bilimlar va shakllangan tasavvurlar oldingi o‘rganilganlaridan kelib chiqadi, ularni mustahkamlaydi, chuqurlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichi uchun propedevtik material sifatida shakllantiriladi. Mazkur tamoyil o‘qish jarayonida didaktikaning umumiylikdan xususiylikka (deduksiya) va aksincha xususiylikdan umumiylikka (induksiya) qoidasini va o‘quv fanlarining bir – biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lishini ta’minlaydi.
2. Ta’limning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili – bu ta’lim mazmunining amalda o‘z ifodasini topish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u ta’limni “Fan ta’lim amaliyot” kabi uzviylikda olib borish jarayonidir.
Ushbu tamoyil didaktikaning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib, ruhiy hodisalar bilan yaxlit ta’lim jarayonini tashkil etadi.
|
| |