Zamonaviy ta’lim mazmunini belgilashga asos bo‘ladigan meyoriy va qonuniy asoslar




Download 0,77 Mb.
bet80/146
Sana21.01.2024
Hajmi0,77 Mb.
#142672
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   146
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

Zamonaviy ta’lim mazmunini belgilashga asos bo‘ladigan meyoriy va qonuniy asoslar
1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi [1,2].
Bu qonunda ta’kidlashicha ta’limning mazmuni har bir o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat baxt – saodati yo‘lidagi barkamol avlod qilib tarbiyalash bilan belgilangan.
Ushbu qonun va milliy dastur fuqarolarga ta’lim – tarbiya berish, kasb – hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
Ta’limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar bilan qurollashtirish alohida ahamiyatga ega. Bunda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan tarixiy va madaniy qadriyatlar hamda ular hayotining ma’nosi, jamiyatda insonning tutgan o‘rni, ta’lim – tarbiyasi, odob – axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi ta’lim taraqqiyoti uchun ham milliy maktab yaratishdagi yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon – e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik millatlararo do‘stlik munosabatlari, qahramonlik, qadrlik singari tuyg‘ularni tarbiyalashda o‘ta muhimdir.
Shu bilan birga ta’lim – tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ularning mazmuni ham “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun bilan mushtarakdir.
Ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqislarida yosh avlodga beriladigan ma’lumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tizimning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan – texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan – texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo‘lgan bugungi kunda ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumotmazmuni ta’lim oluvchilarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo‘lida ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’limning mazmuni, avvalo, barkamol va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi.
Ushbu maqsadni o‘zida aks etgan ma’lumot mazmuni quyidagi Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturlari, o‘quv rejasi va darsliklar mazmunida namoyon bo‘ladi.


Download 0,77 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   146




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy ta’lim mazmunini belgilashga asos bo‘ladigan meyoriy va qonuniy asoslar

Download 0,77 Mb.