|
Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети
|
bet | 88/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgLaboratoriya ishi – asbob-uskunalar va boshqa texnik moslamalardan foydalangan holda talabalar bilan tajribalar o‘tkazish, biror hodisani maxsus jihozlar yordamida o‘rganish.
Ma’ruza – odatda oliy o‘quv yurtida biror fan mazmunini og‘zaki bayon qilishga asoslangan o‘quv jarayoni, metodi.
Malaka – shaxsning o‘zi egallagan bilimlari asosida ularning yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, ma’lum bir faoliyatni samarali bajarish qobiliyatidir.
Mafkura - g‘oya va qarashlar tizimi.
Metod – 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish usuli; 2) harakat qilish usuli, tarzi.
Metodika – biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq qo‘llanadigan metodlar.
Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo‘ladigan kishining ichik faoliyat mazmuni.
Muammoli o‘qitish – o‘quv mashg‘ulotini tashkil etish shakli bo‘lib, unda pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va uning hal qilinishida ta’lim oluvchilar faol mustaqil harakat qiladilar.
Pedagogik jarayon – ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va talabalarning maqsadli o‘zaro munosabatlari.
Pedagogik malaka – muayyan toifdagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik texnologiya – 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotga rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga qaratilgan pedagogning uzluksiz o‘zaro bog‘langan harakatlari tizimidir; 2) ta’lim-tarbiya metodlarini u yoki bu to‘plamini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogning uzluksiz, o‘zaro shartlangan harakatlari tizimidir; 3) ta’lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan, texnika hamda inson omillari, uning o‘zaro hamkorligi asosida o‘qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo‘llash hamda belgilashning tizimli metodidir.
|
| |