• Vazifa
  • Ilmiy muammo
  • Kasbiy tayyorgarlik
  • Kuzatish
  • Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети




    Download 0,77 Mb.
    bet87/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    Axborotli malaka – ta’lim-tarbiya masalalariga axborotlarni moslashtirish va talqin qilish malakasi.

    Axloq - shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi meyorlar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari, u ijtimoiy ong shakllaridan biri.

    Boshqarishtashkil etish, qaror qabul qilishga qaratilgan faoliyat, obektni o‘z xizmat vazifasi doirasida nazorat qilish, tartibga solish, ishonchli axborotlar asosida tahlil qilish va yakun yasash.

    Vazifa – maqsad va uni amalga oshirish bosqichlarining oydinlashtirilishi.

    Davlat ta’lim standarti – uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida shaxs (mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va mazmuniga qo‘yiladigan minimum talablar.

    Didaktika – ta’lim va o‘qitish nazariyasi hamda o‘qitish jarayonida tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi.

    Izohlash, tushuntirish – og‘zaki izoh, yoritilishi lozim bo‘lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.

    Ilmiy muammo – fan orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar.

    Istiqbolni belgilash malakasi – ijtimoiy va bilish jarayonlarini rejalashtirish va boshqarish.

    Kasbiy – pedagogik muloqot – pedagog va talabaning o‘zaro zich ijtimoiy-psixologik aloqasi tizimi bo‘lib, uning mazmuni axborotlar ayriboshlash, tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o‘zaro munosabatlarini tashkil etish hisoblanadi.

    Kasbiy tayyorgarlik – bo‘lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi.

    Kasbiy bilimdonlik – pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy tayyorgarlik birligi.

    Kuzatish – biror pedagogik hodisa bo‘yicha aniq faktik material olish maqsadini ko‘zlagan idrok etishning shakli.

    Ko‘nikma – o‘rganish natijasida qo‘lga kiritilgan, beixtiyor, avtomatik tarzda bajariladigan harakat. Ko‘nikmalar biror harakatni nazoratsiz, avtomatik tarzda bajarish qobiliyatidir.


    Download 0,77 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети

    Download 0,77 Mb.