|
Ta’limning ko‘rgazmalilik tamoyili
|
bet | 83/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgTa’limning ko‘rgazmalilik tamoyili – bu ta’lim jarayonidagi sifatni oshirishga, ta’lim oluvchilarning bilim olishlarini osonlashtirishga (oydinlashtirishga) qaratilgan faoliyat bo‘lib, unda ta’lim oluvchilardagi o‘rganilayotgan jarayonlarni (narsa va hodisalarni) bevosita hissiy – amaliy jihatdan idrok qilish asosida bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish jarayoniga asosdir.
6. Ta’limda uzviylik va uzluksizlik tamoyili – bu ta’limda zarur fiziologik – psixologik qonuniyat hisoblanib, bilimni mantiqiy bog‘liqlikda o‘rganishni ta’minlab beradi. Bu tamoyil har bir fan bo‘yicha dasturiy va uslubiy tavsiyanomalar yaratishda joriy qilinadi va ular tushunchalar, dalillar va boshqa fikrlar orasidagi aloqadorliklardan kelib chiqqan qonun va qoidalar bilan amaliy ishlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Bu qonuniyat ta’limni tashkil etishning asosi hisoblanadi. Bunga amal qilmaslik ta’lim mazmuniga salbiy ta’sirni keltirib chiqaradi, ya’ni ta’lim oluvchilar tafakkurida o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan uzuq – yuluq bilimlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
7. Ta’limda onglilik va faollik tamoyili. Bunda ta’lim oluvchilar bilimini hayotda qo‘llay bilishlari uchun ta’lim mazmuni va unga mos ta’lim berish jarayonini faol fikrlash faoliyatiga aylantirishga to‘g‘ri keladi, ya’ni o‘qitishni shunday tashkil etish kerakki, bunda ta’lim oluvchilar bilimlarini dars mashg‘ulotlarida ongli va faol qatnashib egallab olsinlar. Shunda ta’lim oluvchilarda ong o‘sib, ijtimoiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik tarkib topadi.
Ta’limning onglilik tamoyili ta’lim oluvchilarda ta’rif, tushuncha va qoidalarni yodlash va esda saqlash bilan ularni egallash emas, balki bu bilimlarni hayotiy hodisalar va jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan mazmunini tushunishlaridadir. Bu tamoyil tafakkurini shakllantiruvchi qoida bo‘lganligi uchun ham ta’lim oluvchilarni muammoni mustaqil hal qilishga o‘rgatadi.
8. Ta’lim mazmunini ilmiy asosda tashkil etish tamoyili. Bu ta’lim oluvchilarni o‘qitish ishlarini faollashtiradigan, ongini o‘stiradigan, ilmiy dunyoqarashini kengaytiradigan, ularni mustaqil ta’lim olishga yo‘naltiradigan usullarga o‘rgatadi hamda pedagogik, texnik atamalardan to‘g‘ri foydalanishga odatlantiradi.
|
| |