Kasb ta’limi muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning asosiy mohiyati va mazmuni




Download 0,77 Mb.
bet74/146
Sana21.01.2024
Hajmi0,77 Mb.
#142672
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   146
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

Kasb ta’limi muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning asosiy mohiyati va mazmuni
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘liga asoslangan holda bozor iqtisodiyotiga to‘la ishonch bilan o‘tib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, «Siyosiy mustaqillik rivojlangan, o‘zaro mutanosib, to‘laqonli iqtisodiyot bilan mustahkamlanmas ekan, u bor-yo‘g‘i quruq, balandparvoz gaplar, soxta obro‘-e’tibor orttirish vositasiga aylanib qolaveradi».1
Mustaqillikning o‘tgan 16 yillik davri davomida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, inqiroz holatidan chiqarildi va uning ko‘pgina sohalarida barqaror o‘sishga erishildi. Bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirildi, hozirgi kunda esa iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni har taraflama erkinlashtirish amalga oshirilmoqda. Eng muhimi shu davr ichida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllanib, kishilarimiz ongiga singib bormoqda.2
«Istiqlol mafkurasi ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ezgu g‘oya-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi asriy orzu intilishlari, hayotiy ideallarini o‘zida aks ettiradi»3
Bu qo‘yilgan dastlabki qadamlarimiz natijasida shakllanib kelayotgan milliy iqtisodimiz yangi XXI asrda biz yashamoqchi bo‘lgan umumiy uyimiz, ya’ni yangilanayotgan vatanimizning hayotiy asosini, uning kelgusidagi taraqqiyot manbaini tashkil etadi.
Bugungi kunda xalqning boy zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «.. bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqlingini barchamiz anglab yetmoqdamiz»11.
Ta’lim-individning jamiyat hayotining turli sohalariga jamiyatda mavjud madaniyatga tayyorlash va moslashtirish vazifasini bajaruvchi ijtimoiy institutdir,
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, har qanday sohada bo‘lganidek ta’lim sohasida ham muammolar mavjud. Bu kabi muammolar mustaqil respublikamizni ham chetlab o‘tgan emas. Ushbu muammolarni hal etish hamda ta’lim sohasida zaruriy islohotlarni amalga oshirish maqsadida «Ta’lim to‘g‘risida» qonun va «Kadrlar tayerlash milliy dasturi» qabul qilindi. Qonun va milliy dasturga ko‘ra mamlakatimizda yagona uzluksiz ta’lim tizimi yaratilib, ta’lim islohoti va uning istiqbollarini quyidagi tamoyillar asosida belgilandi:
a) millati, dini, irqi, e’tiqodidan qat’iy nazar, barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyati yaratilganligi.
b) ta’lim tizimining uzluksizligi, ilmiyligi, dunyoviyligi va izchilligi.
v) ta’limda umummilliy, umuminsoniy, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarning ustuvorligi.
g) ta’limning insonparvarligi, demokratiyaliligi, ta’lim-tarbiya muassasalarining siyosiy partiya va boshqa ta’sirlaridan xoliligi.
Demak, yuqoridagi tamoyillar amalga oshirilayotgan ekan, jamiyatimizning har bir a’zosi, xoh duradgor, hisobchi, korxona rahbari yoxud mashhur siyosatchi bo‘lsin, bu sohaga yuksak hurmat-e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi lozim. I.A.Karimov ta’kidlagalaridek: «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, aqlli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart» degan shiori hamisha har birimizning diqqat markazimizda bo‘lishi shart.
Kasb ta’limi muassasalarida olib borilayotgan ishlarning mohiyati – uning milliy istiqlol mafkurasiga asoslangan, ma’naviy-axloqiy, huquqiy, vatanparvarlik, fuqaroviy, mehnat, madaniy-maishiy, ekologik va shu singari yo‘nalishlar bilan erishiladigan g‘oyaviy a’mol va ideallarga mos holda olib borilishi maqsadga molik masaladir. Bu muammolarni amalga oshirish barcha pedagoglarning oldida turgan yuksak vazifadir.
Mustaqillik sharoitida talaba-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda qator vazifalarni hal etish talab etiladi. Jumladan:
  • Har bir ta’lim oluvchining ongida davlat mustaqilligiga xalqning oliy g‘oyaviy-axloqiy qadriyati ekani, o‘z vatani bilan faxrlanish, uning xavfsizligini ta’minlash va O‘zbekistonning ulug‘ tarixiy o‘tmishiga, bozor munosabatlariga asoslangan yangi demokratik jamiyat qurishda tanlab olgan o‘ziga xos yo‘lini mustahkamlash, islom dini ruhi bilan sug‘orilgan oliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni to‘g‘ri tushuntirish va uni e’tiqodga aylantirish;


  • Ta’lim oluvchilarda umuminsoniy insonparvarlik axloqi, madaniyati meyorlarini, zamonaviy qadriyatlar ehtiyoji, o‘zi yuqori tutish va viqor saqlash, oilaviy tantanalarda o‘zini ko‘rsatishga urinish, xizmat vazifasidan shaxsiy maqsadlar uchun foydalanish ko‘rinishlariga murosasiz bo‘lish ruhini tarbiyalab borish ularning yuqori axloq malakalari bilan qurollantirishning garovi bo‘lib hisoblanadi.


Umuman olganda, axloqiy tarbiya tarbiyaviy ishlar kompleksida yetakchi o‘rin tutadi. Kasb ta’limi muassasalarida talaba-yoshlarda axloqiy tarbiyani amalga oshirishda avvalo axloqiy tushuncha va ishonch hissini yaratishdan boshlagan ma’qul. Chunki yoshlarda axloqiy tushuncha e’tiqodlarni tarkib toptirmay turib, axloqiy odatlarni, xatti-harakat bilan bog‘liq malaka va odatlarni hosil qilib bo‘lmaydi. Bunda asosan yoshlarga axloq-odob norma va qoidalari mazmuniga oid bilim berishga katta ahamiyat berish lozim.



Download 0,77 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   146




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasb ta’limi muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning asosiy mohiyati va mazmuni

Download 0,77 Mb.