|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 43/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafePoroshoklar ( ichish uchun)
Ichish uchun mo‘ljallangan poroshoklar retsepturaning taxminan - 40% tashkil etadi. Ularning texnologiyasining o‘ziga xosligi quyidagilardan iborat:
- aseptik sharoitda tayyorlanishi;
-dori moddalar kichik dozalarda bo‘lishi;
-to‘diruvchilar qo‘shilishi ( asosan saxaroza va glyukoza);
Tayyorlangan poroshoklarni qadoqlash uchun mumlangan kog‘oz ishlatiladi. Poroshoklar bir yoki ko‘pkomponentli ( asosan ikki) bo‘lishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar retsepturasida ko‘pincha quyidagi aralashmalar uchraydi:
1.Eufillin 0,003
Saxaroza 0,2
2.Dimedrol 0,005
Saxaroza 0,2
Tarkibida dibazol, fenobarbital, vitaminlar saqlovchi poroshoklar ham keng qo‘llaniladi.
In’eksion eritmalar.In’eksion eritmalar ham yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun qo‘llaniladi, lekin ularni o‘tkir zaruriyat bo‘lganda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Pediatriya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari
Yumshoq dori turlaridan bolalar amaliyotida rektal dorilar /shamchalar, kapsulalar, rektiolalar/ va surtmalar, kremlar, linimentlar ishlatiladi. Ular retsepturada 10 % atrofida uchraydi. Hozirgi paytda bolalarga mo‘ljallangan dorilarning umumiy hajmida rektal dorilarning miqdori o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmokda.
Agar 1990 y shamchalarga 3,4% (chet elda 17%) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda esa bu ko‘rsatkich 50% dan oshdi. Bu rektal dorilarni o‘ziga xos ijobiy taraflariga bog‘lik:
- dorilarning ayrim yoqimsiz hidi va mazasi bilinmaydi;
- dorilar tanaga tezrok so‘riladi, natijada tez ta’sirko‘rsatadi;
- og‘rik muammosi echiladi;
- allergik reaksiyalar kamayadi;
- oshqozon ichak shilliq pardalariga preparatlarning yallig‘lovchi ta’siri bo‘lmaydi.
Hozirda, tarkibida isitma tushuruvchi, analgetik, spazmolitik, aller-giyaga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan dorilar va gormonal preparatlar saqlovchi shamchalar taklif qilingan. Rektal dori turlarini, ayniksa bronxial va boshqa nafas yo‘llari kasalliklarini davolashda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Farmatsevtika sanoatida maxsus bolalarga mo‘ljallangan shamchalar hozirda ishlab chiqilmokda. Ulardan quyidagilarni misol keltirish:
|
| |