|
Xomashyo tavsifi. Frikadelka va qizil loviyali sho’rva
|
bet | 5/11 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 4,73 Mb. | | #245546 |
Bog'liq Aziza11 . Xomashyo tavsifi. Frikadelka va qizil loviyali sho’rva F rikadelka va loviya solib pishirilgan mana bunday sho’rva sovuq kunlarda organizmga juda xush yoqadi. Oddiy va har kunlik taomlardan zerikkan bo’lsangiz, unda shu sho’rvadan tayyorlang va yaqinlaringizni xushnud qiling.
M asalliqlar: 400 gramm mol go'shtidan qiyma 150 gramm piyoz 1 banka konservalangan qizil loviya 1-2 dona lavr yaprog'i ta'bga qarab ko'katlar 1-2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Go‘shtni salomatlik uchun foydali deb bo‘lmaydi, ammo bu undan butkul voz kechish kerakligini bildirmaydi. Go‘sht oqsil, B 12 va temir moddasining koni hisoblanadi. Organizmda muammo kuzatilmasligi uchun to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish kerak. Shifokorlar likopchaning to‘rtdan bir qismida go‘sht, qolganida sabzavotlar, dukkakli hamda o‘simlik mahsulotlari bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Mol go‘shti oqsil va ozuqa moddalarining manbayi. Agar uning tabiiysini tanlansa, antioksidant va E vitamining koni hamdir. Ammo ko‘mirda pishirilgan go‘shtni iste’mol qilmagan yaxshi. Chunki bu saraton xavfini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. K artoshkada organizm uchun muhim bo‘lgan antioksidant – fitonutrientlar mavjud. Vitamin B6 – “baxt gormonlari” (dofamin, serotonin, norepinefrin) ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi, stress, yomon kayfiyat bilan kurashishga yordam beradi, miya faoliyatini yaxshilaydi. C vitamini – antioksidant bo‘lib, organizmni erkin radikallardan xalos qiladi, immunitetni, turli kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Kaliy – asab tizimini, mushaklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, qon bosimini me’yorlashtiradi. Kalsiy – suyak to‘qimasini, tish emalini mustahkamlaydi. Kletchatka – organizmga to‘qlik hissini beradi, ichakning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
|
| |