|
Toshkent kimyo texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti
|
bet | 6/11 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 4,73 Mb. | | #245546 |
Bog'liq Aziza11 Xom kartoshka asosan xalq tabobatida qo‘llaniladi. Husnbuzar, kuyishdan keyingi jarohatlar uchun kompresslar sifatida ishlatiladi. Haftasiga 3-4 marta 20-25 daqiqa davomida qo‘llaniladi. Maydalangan kartoshka oshqozon yarasida yordam beradi, yallig‘lanishni yengillashtiradi. Kartoshka sharbati ovqat hazm qilish muammolari uchun ichiladi, kuniga 3 marta 100 ml. Shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘idagi periodontal kasallik yoki yaralarni davolash uchun yuvish qo‘llaniladi. Albatta, bundan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi. Xom sabzavot qon bosimini pasaytiradi, shuning uchun gipotonik bemorlar uchun mumkin emas. Miqdorni oshirib yuborish holatlarida ovqat hazm qilish muammolari yuzaga kelishi mumkin. Zaharlanish belgilariga quyidagilar kiradi: isitma, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayt qilish. Bir dona o‘rtacha kattalikdagi piyoz quyidagilarni o‘zida mujassam qiladi: 13 gramm uglevod; 1 gramm yog‘; 1 gramm to‘yingan yog‘; 2,5 gramm kletchatka; 216 milligramm kaliy; 11 milligramm C vitamin; 0,178 milligramm B6 vitamini. Yurakni himoya qiladi.Immun tizimini mustahkamlaydi. Saratonning kelib chiqish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Hazm jarayonini yaxshilaydi. Antioksidantlarga boy bo‘lgan ushbu sabzavot nafaqat shamollashning oldini oladi, balki yurak va ichaklar faoliyatini me’yorda bo‘lishiga ham hissa qo‘shadi. Sabzining foydali tomonlari va bir kunda qancha miqdorda iste’mol qilish mumkinligi haqidagi quyida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etamiz. Sabzining 90 % ini suv tashkil qiladi. Sabzi ajoyib parhezbop mahsulot bo’lib, unda ko’p vitaminlar bo’lib, 90 %ini suv tashkil qiladi va bu uning kaloriyasi juda pastligidan dalolat beradi. Sabzining foydali xususiyatlari nimada? Kaloriyasining pastligi sabab ham sabzi juda foydali bo’lib, u soch, tirnoq va tishlarni mustahkam qiladi, terini esa tiniqlashtiradi. Sabzi tarkibida ko’pgina antioksidantlar navjud bo’lib, ular organizm yoshligini saqlab qolib, immunitetni ham mustahkamlaydi.
|
| |