|
turlariga boMgan narxlaming o‘rta muddatdagi sakrashlari, xaiqaroBog'liq Korporativ siyosat pdfturlariga boMgan narxlaming o‘rta muddatdagi sakrashlari, xaiqaro
nizolar (jumladan terrorizm, urushlar), krizis holatidagi yirik xaiqaro
bozorlar, rivojlanib va takomillashib borayotgan jahon globallashuvi
talablari, idrok qilinmaydigan tabiiy ofatlar (kataklizmlar).
Ichki fundamental omiilar - bu biror bir mamlakat yoki subyekt
(region) doirasida doimiy yoki davriy ta’sir etuvchi omiilar. Ularga,
masalan, quyidagilami kiritish mumkin: mulkchilik tizimi tuzilmasi,
jamiyatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modeli, tradision
boyliklar (qadr-qiymat, mentalitet, urf-odat), iqtisodiyotning moliyaviy
va tarmoqiy tuzilmasi (monetizatsiya darajasi. davlat tomonidan ichki
moliyaviy resurslami sarflanishi, inflatsiya, xususiylashtirish siyosati,
antimonopol, budjet-soliq, monetar siyosatlar, bozor infratuzilmasi
modeli va h.k.).
Alohida xo'jalik subyekti doirasidagi omillarga quyidagilami
kiritish mumkin: menejment; ichki me’yoriy hujjatlar; bozor segmentiga
orientatsiyalanishi; iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy va ishlab chiqarish
strategiyalari; psixologik muhit, an’analar, xulq-atvor va h.k. Bulaming
barchasida xizmatchi va ishchilar hamda shaxs omili katta ahamiyatga
ega.
Korporativ
siyosat
muhitiga
umuman
olganda
yuqorida
ko'rsatilgan barcha omiilar ta’sir ko'rsatadi. Bulaming hammasini
baravariga hisobga olish murakkab masaia hisoblanadi. Bu muhitni aks
ettirish uchun omillardan ichki fundamental va kompaniya doirasida
boMgan dominantlarini tanlab olish maqsadga muvofiq. Ulaming
asosiylari quyidagilar: iqtisodiy, moliyaviy; siyosiy va tashkiliy-
huquqiy; ijtimoiy; risk, tabiiy, obyektiv, subyektiv va h.k. omiilar.
|
| |