II-QISM. MAKROIQTISODIY STATISTIKA MASALALARI 10-BOB. KORXONA VA TAShKILOTLAR MOLIYaSI STATISTIKASI




Download 1,13 Mb.
bet112/206
Sana04.01.2024
Hajmi1,13 Mb.
#129927
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   206
Bog'liq
4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1

II-QISM. MAKROIQTISODIY STATISTIKA MASALALARI 10-BOB. KORXONA VA TAShKILOTLAR MOLIYaSI STATISTIKASI


    1. Xarajatlar statistikasi

Korxona va tashkilotlarning moliya-xo’jalik faoliyatini har tomonlama o’zida ifoda etuvchi ko’rsatkichlardan biri mahsulot (ish, xizmat) tannarxi yoki ishlab chiqarish va sotish xarajatlari bo’lib hisoblanadi. Xarajatlar joriy, keltirilgan va to’liq xarajatlarga bo’linadi. Bu bo’limda gap faqat joriy xarajatlar ustida boradi.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxi korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining pul shaklidagi ifodasidir. U mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish korxonaga nimaga (qanchaga) tushayotganligini ko’rsatadi. Xarajatlar darajasi ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko’rsatiladigan xizmat hajmi va sifatiga, xom ashyo, materiallar, yonilg’i, elektr energiyasi, jihozlardan foydalanishga va mehnat haqining sarflanishiga va boshqalarga bog’liq. Tannarxning o’zgarishi o’z navbatida korxona foydasi va rentabelligi, ishlab chiqarilgan mahsulot narxining o’zgarishiga olib keladi.
Tannarx tarkibini, tarkibiy tuzilishini, dinamikasini va bu ko’rsatkichning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarini aniqlash va baholash statistikasining vazifasidir. Bu vazifani bajarishda statistikaning barcha metodlari qo’llaniladi: guruhlash, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, variatsiya ko’rsatkichlari, indekslar va boshqalar.
Korxona xarajatlari iqtisodiy tabiati, tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonidagi tutgan roli turlichadir. Shu munosabat bilan ular turli belgilari bo’yicha guruhlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54- sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom”iga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlari iqtisodiy mazmunga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lingan:

    1. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:

  1. bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;

  2. bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;

v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatlariga ega bo’lgan ustama xarajatlar.

    1. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar: a) sotish xarajatlari; b) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf xarajatlar); v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;

    2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning umumxo’jalik xarajatlari: a) foiz bo’yicha xarajatlar; b) xorijiy valyuta bilan operatsiyalar bo’yicha manfiy kurs tafovutlari; v)




    • Bu xujjatga Respublika Vazirlar Mahkamasining 11.06.2003y. (№261), 16.06.2003y. (№270) va 15.10.2003y. (№444) sonli qarorlari bilan Uzgartirish va Kushimchalar kiritilgan(21)

qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash; g) moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar.
Bulardan tashqari daromad (foyda)dan olinadigan soliq to’lagunga qadar foyda (zarar)ni hisoblab chiqishda favqulodda zararlar miqdori ham e’tiborga olinadi va jami xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Shunday qilib, korxona (tashkilot) sarf- xarajatlari to’g’risidagi statistika hisoboti [shakl № 5-s (yillik)] da yuqoridagi 4ta guruh xarajatlar faqat asosiy faoliyat bo’yicha ko’rsatiladi, asosiy bo’lmagan faoliyat turlari (tarmoqlar) bo’yicha xarajatlar alohida-alohida ammo guruhlashtirilmagan holda yaxlit ko’rsatiladi.
Asosiy faoliyat bo’yicha barcha harajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar o’z navbatida Nizomda ko’rsatilgan standart moddalarga guruhlashtiriladilar.

Download 1,13 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   206




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-QISM. MAKROIQTISODIY STATISTIKA MASALALARI 10-BOB. KORXONA VA TAShKILOTLAR MOLIYaSI STATISTIKASI

Download 1,13 Mb.