10.2-jadval
Tannarx indeksining hisobi
|
O’tgan davr
|
Joriy davr
|
Tannarxning individual indekslari
|
Ishlab chiqarish xarajatlari, mlni. so’m
|
Mahsulot miqdori
|
Maxsulot birligining tannarxi, so’m.
|
Mahsulot miqdori
|
Maxsulot birligining tannarxi, so’m.
|
o’tgang dvar
|
joriy davr
|
shartli
|
ming dona
|
hissasi
|
ming dona
|
hissasi
|
|
|
|
|
A.
|
q0
|
d0
|
|
q1
|
d1
|
|
|
q0c0
|
q1c1
|
q1c0
|
1
|
2000
|
0.400
|
260
|
4560
|
0.570
|
253
|
0.973
|
520.0
|
1153.7
|
1185.6
|
2
|
3000
|
0.600
|
280
|
3440
|
0.430
|
277
|
0.989
|
840.0
|
952.9
|
963.2
|
|
q0
|
d0
|
|
q1
|
d1
|
|
|
q0c0
|
q1c1
|
q1c0
|
Jami
|
5000
|
1000
|
x
|
8000
|
1000
|
x
|
x
|
1360.3
|
2106.6
|
2148.8
|
10.2-jadvalda keltirilgan va hisoblangan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, alohida olingan zavodlarda mahsulot birligining tannarxi 2,7 va 1,1% ga pasaygan. Ikkala zavod bo’yicha tannarxning o’zgaruvchan tarkibli (o’rtacha daraja) indeksi teng:
I q1 c1 : q0 c0
c1 2106,6 : 1360,0 263,4 : 272,0 0,968
ya’ni o’rtacha
C
q1 q0
c 0 8000 5000
tannarx 3,2 % ga pasaygan.
Bu indeksni I
d1c1
263,4 : 272,0 0,968 holida ham hisoblash mumkin. g’ki
0
C d c
0
I Iqc : Iq 2106,6 : 8000 1,549 :1,6 0,968
C 1360,0 5000
O’zgarmas tarkibli (o’rtacha) indeks teng:
C
I q1c1 263,4 263,4 0,980
q1c0
0,570 260 0,430 260
268,6
Tarkibiy siljishlar indeksi teng:
I c0 d1
268,6 0,986
0
0
I C c d
272,0
Tannarxning bu uchala indekslari o’rtasida miqdoriy va mantiqiy bog’lanish mavjuddir, ya’ni
I o’zgaruvchan tarkibli
= I o’zgarmas
tarkibli
I tarkibiy siljishlar
=0,9800,986=0,968
Bu indekslar asosida har bir omil evaziga qilingan iqtisod ortiqcha sarf) summasini ham hisoblash mumkin. Masalan (C0d1-C0d0) q1=-3,4800=-27,2 mln. sum.
I qc I q I c ва qc qc0 q1 orqali tannarxni o’zgarishiga ta’sir qiluvchi
faktorlar qввС ning hissasini hisoblash mumkin. Bunda Iqc=(8000/5000) x
(263,4/272,0)=1,600 x0,968= 1,5495.
qc 8000 5000 272,0 263,4 272,0 8000 747,2
mln.so’m
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxi, tovar mahsulotiing bir so’miga qilingan xarajatlar dinamikasini xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari, ichki iqtisodiyotning sektorlari (MHT-93 bo’yicha) va OKED (ISIC)ning bloklari bo’yicha ham indekslar tizimi yordamida o’rganish mumkin.
Haqiqiy iqtisodiy-statistik tadqiqot, o’rganish ob’ektlari bo’icha dastlabki (yoki ishlov berilgan) ma’lumotlarni to’plash, ishlov berish, ko’rsatkichlar tizimini yaratish va ularni hisoblashdan boshlanadi. Bundan korxona (tashkilot)larning moliya statistikasi ham istisno emasdir. Korxona va tashkilotlar (xo’jalik yurituvchi sub’ektlar)ning moliya-xo’jalik faoliyatini o’rganishda moliyaviy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Moliyaviy ko’rsatkichlar – xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya- xo’jalik faoliyatining indikatorlardir. Ular yordamida moliya-xo’jlik jarayonlar tadqiq va tahlil qilinadi, korxonalar (tashkilotlar)ning moliyaviy natijalari, holati, barqarorligi o’rganiladi hamda yo’nalish va rivojlanish sur’atlari bashorat qilinadi. Ilmiy-amaliy ishlanmalarda moliya ko’rsatkichlari 6 ta asosiy guruhga ajratiladi: moliyaviy natijalar, moliyaviy barqarorlik, likvidlik, faoliyat (ish) faolligi, mulkiy holati, qimmatbaho qog’ozlar bozoridagi mavqei (vaziyati). Bu paragrfda xo’jalik yurituvchi sub’eklarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalouvchi ko’rsatkchlar ko’rib chiqiladi, boshqalari esa 10.3 da bayon qilinadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tarkibiga kiradi: mahsulot (ish, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum (yalpi va sof tushum), foyda (yalpi foyda, asosiy faoliyatdan olingan foyda, umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda, soliq to’langunicha olingan foyda, sof foyda), rentabellik ko’rsatkichlari va boshqalar kiradi. Bu ko’rsatkichlar amaldagi “Korxona (tashkilot) moliyaviy faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida”gi davlat statistikasi hisobotida (f.№1-f) mutlaq shaklida bevosita keltiriladi (rentabellik ko’rsatkichlaridan tashqari). Moliyaviy natijalarni hisoblash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.02.1999 yildagi № 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom”va unga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar (21) ga asoslangan holda amalga oshiriladi. Moliyaviy ko’rsatkichlarning boshqa turlari (guruhlari) qo’shimcha hisob-kitoblar qilish orqali hisoblanadi.
Sotishdan tushgan tushum-xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xo’jalik-moliya faoliyatining muhim ko’rsatkichidir. Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish jarayonida qiymatga ega bo’lgan mahsulot (ish, xizmat) yaratiladi, uning tovar qismning hajmi sotish narxlarida baholanadi va uni sotishdan tushgan daromad, sotishdan tushgan tushum deyiladi. Rivojlangan xorij mamlakatlar statistikasida ham sotuvdan tushgan tushum (Proceeds From Sales) va buxgalteriya hisobining xalqaro standartida esa (standart № 18 “Daromadlarni qayd qilish”) “Daromad” deyiladi. Bu ko’rsatkich firmalarning moliyaviy faoliyatining muhim ko’rsatkichi sifatida qaraladi va uning hajmiga ko’ra firmalarning reytingi va faolligi darajasi baholanadi.
Sotuvdan tushumi hajmini hisoblash xo’jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan hisobchilik siyosati (tartibi)ga ko’ra ikki usulda amalga oshirilishi mumkin:
xaridorga tovarning jo’natilishi (ishni bajarilishi, xizmatni ko’rsatilishi) va kontragentga tegishli hisob-kitob hujjatlarini topshirilishi (huquq tomoyili);
xaridor tomonidan tovar (ish, xizmat) haqini to’lanishi. Bunda naqd pulsiz hisob-kitoblarda korxonaga xizmat ko’rsatuvchi bankdagi hisob-kitob raqamiga pulni
kelib tushishi, naqd pullik operatsiyalarda-pul korxona kassasiga kirim qilinganidan so’ng (iqtisodiy tamoyil).
O’zbekiston Respublikasida asosan iqtisodiy tamoyilga asoslangan ikkinchi usuli keng tarqalgandir. Chunki, boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tovar va xizmatlar haqini va o’z xodimlariga mehnat haqini to’lash, byudjetga soliq va to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirishda jonli, real pulning ahamiyati kattadir. Ammo bu usul ham kamchiliklardan xolis emasdir, masalan, bo’nak (avans) to’lovlari mavjud bo’lgan sharoitda.
Sotuvdan tushgan tushum barcha taqsimlash ishlarining dastlabki bosqichidir, uning asosida xarajatlar qoplanadi, amartizatsiya fondi va foyda ko’rsatkichlari shakllanadi va hokazo. Shuning uchun bu ko’rsatkichning hajmini to’g’ri hisoblash muhimdir. Ma’lumki, hisobot shakli (forma № 1-f)da yalpi tushum bilan birga mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan sof tushum ko’rsatkichi ham keltiriladi. Bunda sof tushumning = yalpi tushum - mahsulotga solingan egri soliqlar (QQS, aktsizlar va boshqa soliq va ajratmalar). Bundan ko’rninadiki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda foyda ko’rsatkichlarini hisoblashda sof tushumlar ko’rsatkichiga asoslanadi (10.3-jadvalga qarang). Ma’lumki, sotishdan tushgan sof tushum asosida hisoblangan foyda va rentabellik ko’rsatkichlari tovar (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanuvchilar uchun tijorat (moliya) samara va samaradorlikni baholashda qo’llaniladi. Tovar (ish, xizmat) ishlab chiqarish yoki investitsiya loyihasini byudjet samarasi va samaradorligi (respublika va mahalliy byudjetga keltiradigan daromadlari)ni o’rganishda sotuvdan tushgan yalpi tushum ko’rsatkichidan ham foydalaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida iqtisodiy va sotsial rivojlanishning asosini foyda tashkil etadi. Foyda - bu xo’jalik-moliya faoliyatining yakuni, samarasidir. Foyda korxona (tashkilot)ning ichki ehtiyojlarini qondirish bilan birga davlat (respublika va mahalliy) byudjeti mablag’larini to’plashda, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar va xayru-ehsonlarni qilishning moddiy asosidir.
Statistikada foydaning bir necha ko’rsatkichlari: yalpi foyda, asosiy faoliyatdan olingan foyda, umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda, soliq to’lagungacha olingan foyda, sof foyda hisoblanadi. Foyda ko’rsatkichlarini hisoblanishi tartibi 10.3- jadvalda ko’rsatilgan. Bulardan tashqari respublika Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom va unga kiritilgan o’zgartirishlar (21)ga 1-ilova va 2-ilovasida keltirilgan ko’rsatmalar e’tiborga olingan holda soliq solinadigan baza aniqlanadi va uning asosida o’jalik yurituvchi sub’ektga daromad (foyda) solig’i solinadi va undiriladi. Rivojlangan mamlakatlar statistikasida firmaning xo’jalik-moliya faoliyatini va investitsiya imkoniyatini baholashda “Pul oqimi” (Cash Floy) ko’rsatkichidan ham foydalaniladi.
|