• (1.3-rasm)
  • Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti




    Download 0,57 Mb.
    bet3/10
    Sana04.06.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #260170
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    KULON QONUNI kurs ishi

    (1.1-rasm)


    Kimyoviy element atomida proton va elektronlar soni teng bo’lsa, ular elektr jihatdan neytral bo’ladi.


    Elektr zaryadi haqida tushuncha.Ebonit tayoqchani elektrlab, elektroskop

    sharchasiga tekkizilsa , uning yaproqchalari ochiladi (1.2-a rasm).Tayoqchaniyana bir bor mo’ynaga ishqalab, sharchaga tekkizsak, uning yaproqchalari kattaroq burchakka og’adi.


    Demak, jismning elektrlanganlik darajasini o’zgartirish mumkin.
    Jismlarning elektrlanganlik darajasini tavsiflovchi fizik kattalik
    elektr zaryadi deyiladi.
    Xalqaro birliklar sistemasida elektr zaryadning birligi qilib kulon (C) qabul qilingan.
    (1.2-rasm) Shoyiga ishqalangan shisha tayoqcha musbat zaryadlanadi, shoyining o’zi esa manfiy zaryadlanib qoladi. Bunga sabab nima?
    Sababi shuki, ishqalanish paytida shisha tayoqchadagi elektronlarning bir qismi shoyiga o’tadi (1.3-a rasm).Shoyida manfiy zaryadlar nisbatan ortib ketganligi sababli, shoyi manfiy zaryadlanib qoladi.Shisha tayoqchada esa musbat zaryadlar ortiq bo’lganligi uchun tayoqchada musbat zaryadlanadi.
    Mo’ynaga ebonit tayoqcha ishqalanganda, mo’yna atomlaridagi elektronlarning bir qismi ebonit tayoqchaga o’tganligi sababli tayoqcha manfiy, mo’yna esa musbat zaryadlanadi (1.3-b rasm)


    (1.3-rasm)




    Elektron, proton va ularning zaryadi. Qiymat jihatidan elektron zaryadiga teng bo’lgan zaryad elementar zaryad deyiladi.
    Elementar zaryad e harfi bilan belgilanadi. Bitta elektronning zaryadi

    𝑒 = −𝟏, 𝟔 ⋅ 𝟏𝟎−𝟏𝟗 C ga, bitta protonning zaryadi 𝒒 = −𝟏, 𝟔 ⋅ 𝟏𝟎−𝟏𝟗 C ga teng. Elektronning massasi 𝒎𝑒 = 𝟗, 𝟏𝟏 ⋅ 𝟏𝟎−𝟑𝟏 kg va proton 𝒎𝒑 = 𝟏, 𝟔𝟕 ⋅ 𝟏𝟎−𝟐𝟕 kg ga teng.


    Demak, elektron va protonning zaryadlari miqdor jihatdan o’zaro teng bo’lib, ular bir-biridan faqat ishora jihatidan farq qiladi.Tabiatdagi barcha zaryadlangan jismlar zaryadi elementar zaryadga karrali bo’ladi. Agar bir jismdan ikkinchi jismga N ta elektron o’tgan bo’lsa,
    𝒒 = 𝑵 ⋅ 𝑒 (1.1)

    birinchi jism +(𝑵 ⋅ 𝟏, 𝟔 ⋅ 𝟏𝟎−𝟏𝟗)C zaryadga, ikkinchi jism esa xuddi shunday manfiy zaryadga, - (𝑵 ⋅ 𝟏, 𝟔 ⋅ 𝟏𝟎−𝟏𝟗) C ga ega bo’lib qoladi.



    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

    Download 0,57 Mb.