• Elektr zaryadining saqlanish qonuni
  • Moddalardagi elektronlar miqdori.
  • Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti




    Download 0,57 Mb.
    bet4/10
    Sana04.06.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #260170
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    KULON QONUNI kurs ishi

    Elektromagnit ta’sir. Har qanday jism massasidan tashqari elektr zaryadi bilan ham xarakterlanadi. Va ular orasida na faqat gravitatsion, balki elektromagnit ta’sir ham mavjuddir. Bir xil ishorali zaryadlar itarishadi, turli ishoralilari esa tortishishadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki elektromagnit ta’sir gravitatsion ta’sirdan ko`p marta kuchliroqdir. Shu bilan birga gravitatsion ta’sir barcha jismlarga xos bo`lsa, elektromagnit ta’sir faqatgina zaryadlangan jismlargagina xos xususiyatdir. Elektromagnit ta’sirning kuchliligi jismdagi zaryad miqdoriga bog’liq bo`ladi.

    n

    Elektr zaryadining saqlanish qonuni. Juda ko`plab jumladan, o`z tajribalari asosida ingliz fizigi M.Faradey 1843 yilda tabiatning fundamental qonunlaridan biri elektr zaryadining saqlanish qonunini ta’rifladi: Istalgan yopiq sistemada, sistema ichida qanday jarayonlar ro`y berishidan qat’iy nazar elektr zaryadlarining algebraik yig`indisi o`zgarmaydi.
    Qi const
    i1

    bu yerda n- sistemadagi zaryadlar soni.


    Yopiq sistema deb tashqi jismlar bilan zaryad almashmaydigan sistemaga aytiladi.
    Elektr zaryadi paydo ham bo`lmaydi, yo`qolmaydi ham, u faqat bir jismdan ikkinchiga uzatiladi yoki shu sistema ichida qayta taqsimlanadi.
    Moddalardagi elektronlar miqdori.Erkin elektronlarining miqdoriga qarab moddalar o`tkazgichlarga, dielektriklarga va yarimutkazgichlarga ajratiladi. Butun hajmi bo`ylab elektr zaryadini erkin o`tkazuvchi moddalarga o`tkazgichlar deyiladi. Ular ikki guruhga bo`linadi: 1) birinchi tur o`tkazgichlar(metallar)-ularda zaryad (erkin elektronlar) kuchganda kimyoviy o`zgarish ro`y bermaydi; 2) ikkinchi guruh o`tkazgichlar (eritmalar) –zaryadning ko`chishi kimyoviy o`zgarishlarga olib keladi. Erkin elektronlari amalda mavjud bo`lmagan moddalar (shisha, plastmassalar)- dielektriklar deyiladi. Yarim o`tkazgichlar (germaniy, kremniy va hokazolar) – o`tkazgichlar va dielektriklar oralig`ida bo`ladi.

    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

    Download 0,57 Mb.