|
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti
|
bet | 8/10 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #260170 |
Bog'liq KULON QONUNI kurs ishiElektrostatik maydon.Agar elektr zaryadi yaqiniga boshqa zaryad
keltirilsa unga kulon kuchi ta’sir qiladi. Demak zaryad atrofida maydon mavjud ekan. Bu maydonga elektr maydoni deyiladi. Agar zaryad harakatsiz bo`lsa maydonga elektrostatik maydon deyiladi.
Elektrostatik maydon vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi va uni faqat elektr zaryadi vujudga keltiradi. Elektr maydoni ham materiyaning maxsus ko`rinishlaridan biri bo`lib, u elektr zaryadiga bog’langan va zaryadlarning bir- biriga o`zaro ta’sirini uzatadi.
KULON QONUNINI MAVZUSINI “ASSOTSIATSIYALAR” VA “FIKRLAY OLASANMI” METODLARI BILAN YORITIB BERISH
Kulon qonuni va o’tilgan mavzularni “ Assotsiatsiyalar” metodi bilan tushuntirishdan maqsad, mavzuda ishlatilgan terminlarni eslab qolish va ularning qoidalarini mustahkamlash.
“Assotsiatsiyalar” metodi: Ta’rifi:
O`quvchilarning har bir guruhiga o’tilgan mavzuni mustaxkamlashda va yangi mavzuni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan so`z yoki so’z birikmasi yozilgan plakat beriladi. O`quvchilar ana shu so`z yoki so’z birikmasining to’g’risiga o’tilgan yoki yangi mavzuga tegishli fizik terminlarni yozib chiqadilar.Metodning qiziqarli tomoni bunda har bir guruhning terminlari bir-biriga o’xshamasligi kerak. Masalan: plakatda vertikal yo`nalish bo`yicha tanlangan mavzu bilan bog`liq bo`lgan tushuncha yoziladi. Ushbu so`zning har bir harfiga ishtirokchilar o`zlari bilgan fizik atamalarni yozib qoldiradilar. Masalan:
K - kalit……..
U - uzunlik….
Ch – chiziqli tezlik…..
Barcha plakatlar ilib qo`yiladi, o`qib eshittiriladi va har bir atama izohlab beriladi.
Foydalanish doiralari :
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda.
Afzalliklari :
Mulohaza yuritish jarayoniga barcha o`quvchilar fikrini jalb qilish, ishtirokchilarning emosional holati va bilimlarni tekshirish va mustahkamlashda yordam beradi.
Qiyinchiliklari:
Aniqlanmagan.
|
| |